To'rtinchi navbatdagi vorislar yon tomoni bilan bog'liq bo'lgan eng
yaqinlaridan boshlanadi. Bu shaxslar voris bo'lishi uchun yuqorida ko'rsatilgan
navbatdagi vorislar bo'lmasligi lozim.
Ammo, vafot etgan shaxsning «kambag'al bevasi» (xotini) haqida
Yustinian Novellarida vorislik ko'rsatilmagan. Lekin bu munosabatlar pretorlar
huquqlari bilan amalga oshishi mumkin degan taxminlar mavjud. Ammo, hech
qanday o'z mulkiga ega bo'lmagan kambag'al bevalar vorislikning sub'yekti
bo'lib, boshqa merosxo'rlardek qolgan merosning 1|4 qismi bo'yicha
meros olish
huquqiga ega bo'lganlar, lekin olgan meros massasi (hajmi) yuz funt oltindan
oshib ketmasligi lozim bo'lgan. Agar hech qanday vorislari bo'lmagan taqdirda
mulk egasiz deb topilib, davlat xazinasiga, monastr va cherkov muassasalariga
o'tkazilgan.
Dostları ilə paylaş: