So‘zlashuv nutq uslubi. Nuqiy kompetentlikka rioya qilish. Sohaga oid ilmiy mavzuning og‘zaki taqdimoti



Yüklə 103,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix16.12.2023
ölçüsü103,04 Kb.
#183019
1   2   3
o\'zbek tili 11\'12,13

Badiiy asar tahlili (ixtiyoriy). 
Badiiy asar tahlili Tahlil va talqin tushunchalari, ularning tushunish 
jarayonidagi nisbati haqida. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi obyektiv va 
subyektiv jihatlar haqida. Kontekstual va immanent tahlil. Tahlil metodlari. 
Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda keng qo`llanilib, ular badiiy 
asarni tushunish jarayonining bir-biriga bog’liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, 
uning mazmun mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt 
hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda “analiz” deb yuritiladigan istilohning sinonimi 
sifatida tushuniladi. Analiz esa, ma’lumki, butunni anglash uchun uni qismlarga 
ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan 
aloqasi butunlikning yuzaga chiqishidagi o`rnini o`rganishni ko`zda tutadi. Ayrimlar 
badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, “uni qismlarga ajratish jonsiz 
tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas” degan qarashga tayanib, tahlilga qarshi 
chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zero, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham – 
o’qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o’qish tushuniladi. Bu xil 
o’qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni qismlarga ajratarkan, uning badiiyat 
hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o`quvchi ongi va ruhiyatiga ta’sir qilayotgan, 
uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo`layotgan omillarni o`rganadi. Talqin 
atamasini biz “interpretatsiya” istilohining sinonimi sifatida tushunamiz. Talqin 
badiiy asarni sharhlash, uning mazmun mohiyatini, undagi badiiy konsepsiyani 
idrok etish demakdir. Keng ma’noda “talqin” so’zi o’zga tomonidan aytilgan gap 
yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni 
ma’lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi 
tushunishning o`zigina emas, tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi 
tushunishning o`zigina emas, tushuntirish hamdir) ma’nolarini anglatadi. 


Yuqorida aytdikki, badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin amallari har 
vaqt hozir, ular tushunish jarayonining ikki qirrasidir. Aytaylik, “o`quvchi badiiy 
asarni tushundi” degani, mohiyatan, “o`quvchi asarni o`zicha talqin qildi” deganidir. 
Ayni paytda, uning asarni tushunishida tahlil unsurlari ham mavjud, zero, oddiy 
o`quvchi ham tushunish jarayonida asar qismlarini (mas., alohida epizodlarni, 
personajlarni, ularning turli holatlardagi xatti-harakati, gap-so`zlarini va h.), 
ularning o`zaro mazmuniy aloqalarini tasavvur qiladi. Ilgari ham aytganimizdek, 
konkret badiiy asar turli o`quvchilar tomonidan turlicha tushunilishi mumkin. Biroq 
shunisi ham aniqki, o`quvchilar ongidagi minglab talqinlarni umumlashtiradigan 
mushtarak nuqtalar ham mavjud. Demak, konkret asar talqinlari nechog`li turfa 
bo`lmasin, ularning chegaralarini belgilab beruvchi muayyan asos, deylik, yadro 
(javhar) mavjudki, barcha talqinlar shu yadro atrofida hosil bo’ladi. Bu yadro esa – 
badiiy asarning o`zi, badiiyat hodisasini o’zida moddiylashtirgan badiiy matndir. 
Ayon bo`ldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni obyektiv va subyektiv ibtidolardan 
tarkib topar ekan: agar bu o`rinda talqin qilayotgan shaxsni subyektiv ibtido deb 
olsak, badiiy matn obyektiv ibtidodir. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agar 
talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni yetarli darajada bilmasa, asar qismlarini, 
ularning o`zaro aloqalarini yetarli tasavvur qilolmasa, uning talqini subyektivlik kasb 
etadi. Boshqa tomondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi, obrazning 
esa assotsiativ tafakkur mahsuli ekanligini e’tiborga olsak, talqinning subyektsiz 
mavjud emasligi ayon haqiqatdir. Chunki ijodkorning assotsiativ fikrlashi mahsuli 
o’laroq yaratilgan va asarda aksini topgan obrazning mazmun qirralari faqat 
subyekt ongidagina (ya’ni, uning ham assotsiativ fikrlashi asosida) qayta tiklanishi 
mumkin bo`ladi. Aytilganlar tushunish jarayonida tahlil va talqin har vaqt 
hozirligining yorqin dalilidir. Oddiy o`quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy 
asarni talqin qilarkan, tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kelgani 


uchun ham ilmiy sanaladi. Shu ma’noda tahlil badiiy asarni tadqiqotchi sifatida 
o`qish 
va 
uqish 
demakdir. 
Yuqoridagilardan ma’lum bo`ladiki, badiiy asar tahlilining maqsadi – asarni 
tushunish (asarni baholash ikkilamchi maqsad). Xo`sh, “asarni tushunish” deganda 
nima nazarda tutiladi? Bu masalada ham adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud: 
ayrimlar asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishni nazarda 
tutsalar, boshqalari asarda tasvirlangan narsalardan (obyektiv ibtidodan) kelib 
chiqadigan mazmunni tushunishni nazarda tutadilar. Bu qarashlarning birinchisiga 
ko`ra tushunish jarayonida tahlil yetakchilik qilsa, ikkinchisida talqinning mavqei 
ustunroq ekanligi tayin; birinchisi badiiy asarni uning ichki va tashqi aloqalarini 
birlikda olib o`rganishni (kontekstul tahlil) taqozo etsa, ikkinchisi badiiy asarga 
alohida mavjudlik sifatida qarab, uning ichki aloqalarini o’rganish (immanent tahlil) 
bilan cheklanadi. Biroq mazkur qarashlarning ikkisini ham mutlaqlashtirib 
bo`lmaydi, bu o`rinda “oraliq” mavqening egallangani, har ikki yo`sindagi tahlilning 
ham mavjudligini, ularning bir-biridan ko`zlagan maqsadi va ahamiyati jihatidan 
farqli ekanligini tan olingani to`g`riroq bo’ladi. Tushunish jarayonining nazariy 
muammolarini o’rganuvchi soha – germenevtikaning asosiy qoidasi shuki: qismni 
butun, butunni qism orqali tushunish darkor. Bu qoida yuqoridagi tahlil 
yo’sinlarining ikkisiga ham birdek aloqador.Faqat bu o`rinda immanent tahlil 
“kontekst” tushunchasini asar doirasi bilan cheklab olsa, kontekstual tahlilda 
“kontekst” tushunchasining ko`lami kengayib boradi (konkret asar “yozuvchi 
biografiyasi”, “muallif yashagan davr shart-sharoitlari”, “muallifning ijodiy merosi”, 
“asar yaratilgan davr adabiyoti”, “milliy adabiy an’analar” kabi kontekstlar doirasiga 
kiradi). Kontekstual tahlil asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni 
tushunishga yo`l ochsa, immanent tahlil asarda tasvirlangan narsalarga (va, albatta, 
undagi muallif obraziga) tayangan holda o`quvchiga o’z mazmunini shakllantirish 
imkonini beradi. Mutaxassisdan farqli o`laroq, oddiy o`quvchilarning asarni 


tushunishida immanent tahlil unsurlari yetakchilik qiladi (shu bois ham o’quvchilar 
ongida konkret asarning turfa talqinlari mavjud). Zero, aksariyat o`quvchilar uchun 
konkret asarning qay maqsadda, qanday omillar ta’sirida yozilgani ahamiyatsiz- ular 
asarning o`zinigina taniydilar,uning o`zidangina zavq oladilar. Aksincha, 
adabiyotshunos uchun bularning bari muhim, chunki asarni tarixiylik tamoyiliga 
tayanib, biografik yoxud sotsiologik metodlar (kontekstual tahlil) asosida tekshirib 
chiqarilgan xulosalar adabiy-nazariy tafakkur rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etadi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda badiiy did tarbiyasiga ham 
bilvosita ta’sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy didga bevosita ta’sir qilishga 
urinishning esa adabiyotga ziyon keltirishi ehtimoli ko`proq. Buni qanday 
tushunmoq kerak? Gap shundaki, o`zining ijtimoiy hayoti davomida badiiy asar turli 
talqinlarga duch keladi, zero, har bir konkret davr uning mazmun qatlamlaridan 
birini aktuallashtiradi. Ikkinchi tomondan, kitobxonlardagi ijodiy o’qish 
imkoniyatlari turlicha, shunday ekan, kitobxonlar ichida chinakam badiiy asarning 
hali hech kim e’tibor qilmagan mazmun qirralarini ochishga, uning hali hech kim 
ilg’amagan voqelik bilan aloqalarini ko`rishga qobillari har vaqt bo`ladi. Agar 
biografik yoki boshqa xil metodlarga tayanib amalga oshirilgan talqinni yagona, eng 
to`g`risi deb bilib, shu talqinni barcha o`quvchilarga singdirmoqchi bo`lsak, bu bilan 
ijodiy o`qish imkoniyatlarini cheklagan, badiiy didga jiddiy zarar yetkazgan bo`lib 
chiqamiz. Masalan, aksariyat kishilarda sho`ro davrida yozilgan asarlarning o`sha 
davrda amalga oshirilgan talqinlari o`rinlashib qolgan. Bu esa davr adabiyoti haqida 
muayyan tasavvur, munosabatga asos bo`ladiki, yuqoridagi mulohazalardan kelib 
chiqilsa, ularni ilmiy jihatdan to`g`ri deb bo`lmaydi. Demak, talqinlar yangilanishi 
zarur. Zero, adabiyotshunosning vazifasi ham mavjud talqinlarni bilish emas, balki 
ularga tayangan (ularga ba’zan qo`shilib, ba’zan inkor etib) holda asarni bugungi 
kun nuqtayi nazaridan talqin qilish va baholashdir. Xulosa qilib aytsak, badiiy asarni 
alohida butunlik sifatida ham, kontekst doirasida ham tushunish (tahlil va talqin 
qilish) mumkin, faqat har ikkisining ham o`z o`rni, vazifasi va maqsadi tayinli 


ekanligini unutmaslik darkor. Badiiy asarni kontekstual tahlil qilishda unga turli 
jihatlardan yondashish mumkinki, shu asosda bir qator tahlil metodlari haqida 
gapirish mumkin bo`ladi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda badiiy did 
tarbiyasiga ham bilvosita ta’sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy didga bevosita 
ta’sir qilishga urinishning esa adabiyotga ziyon keltirishi ehtimoli ko`proq. Buni 
qanday tushunmoq kerak? Gap shundaki, o`zining ijtimoiy hayoti davomida badiiy 
asar turli talqinlarga duch keladi, zero, har bir konkret davr uning mazmun 
qatlamlaridan birini aktuallashtiradi. Ikkinchi tomondan, kitobxonlardagi ijodiy 
o’qish imkoniyatlari turlicha, shunday ekan, kitobxonlar ichida chinakam badiiy 
asarning hali hech kim e’tibor qilmagan mazmun qirralarini ochishga, uning hali 
hech kim ilg’amagan voqelik bilan aloqalarini ko`rishga qobillari har vaqt bo`ladi. 
Agar biografik yoki boshqa xil metodlarga tayanib amalga oshirilgan talqinni 
yagona, eng to`g`risi deb bilib, shu talqinni barcha o`quvchilarga singdirmoqchi 
bo`lsak, bu bilan ijodiy o`qish imkoniyatlarini cheklagan, badiiy didga jiddiy zarar 
yetkazgan bo`lib chiqamiz. Masalan, aksariyat kishilarda sho`ro davrida yozilgan 
asarlarning o`sha davrda amalga oshirilgan talqinlari o`rinlashib qolgan. Bu esa davr 
adabiyoti haqida muayyan tasavvur, munosabatga asos bo`ladiki, yuqoridagi 
mulohazalardan kelib chiqilsa, ularni ilmiy jihatdan to`g`ri deb bo`lmaydi. 

Yüklə 103,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin