0 ‘zbek xalq milliy o‘yinlarini ikki toifaga ajratish mumkin: 1. Murakkab harakatli o‘yinlar (kurash, ot o‘yinlari, dorbozlik, arqon tortish, bilak kuchini sinash, tosh (girya) ko‘tarish va h.k). 2. Oddiy harakatli o‘yinlar («Xo‘rozlar jangi», «Oq terakmi, ko‘k terak», «Chillik», «Orqang kuydi», «To‘qqiz tosh», «Bo‘ron», «Shuvoq» va h.k). Ta’kidlash joizki, kurash, ot o'yinlari (poyga, sakratish, raqs), tosh (girya) ko‘tarish kabilar mustaqil sport turi bo‘lib hisoblansa-da, ularning qismlari (elementlari)dan o‘ym sifatida foydalanilmoqda. Xalqimizning milliy harakatli o‘yinlari mamlakatimiz hududida qadimgi davrlardan beri qo‘llanilib kelinayotgan o‘yinlardir. Lekin ular orasida Markaziy Osiyo, Yevropa mamlakatlaridan u yoki bu sabab bilan kirib kelgan va chuqur o‘mashib, milliylashib ketgan harakatli o‘yinlar ham oz emas. Masalan, «Mushuk va sichqon», «Qarmoq», «Qopqon», «Bayroquchunkurashish», «Yelkaurishtirish» («Xo‘rozlar jangi») va boshqa o‘yinlami shular sirasiga kiritish mumkin. Yuqorida ta’kidlangamdek, o‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish va rivojlanish tarixi qadimgi ajdodlar va avlodlar tarixiga borib taqaiadi. Arxeolog, akademik Yahyo G ‘ulomov, arxeolog, tarixchi yosh olim Toshnazar Omonjo'lov va boshqa bir qator mutaxassislarning ilmiy izlanishlaridan harakatli o‘yinlarga oid qiziqarli ma’lumotlar olish mumkin. Ularning ta’kidlashicha, Samarqand (Afrosiyob, ()monqo‘ton, Registon atrofi), Surxondaryo (Termiz, Dalvarzin Icpn, Teshiktosh), Toshkent (Sirdaryo bo‘ylari va uning atroflari, 11 Qurama tizma tog‘lari, Chotqol tog‘ etaklari) va boshqa viloyatlarda o‘tkazilgan qazilma ishlarida harakatli o‘yinlami tasvirlovchi ashyolar topilgan. Shuningdek, toshlarga o‘yib chizilgan shakllar va rasmlarda ov qilish, ov qurollari, hayvonlar bilan olishish, parrandalar va hayvonlami qo‘lgao‘rgatish kabi holatlar qadimgi ajdodlarimiz davridagi harakatli o‘yinlardan dalolat beradi. Hozirgi davrda xalqimiz orasida mashhur boMgan milliy oLyinlardan kurash, ko‘pkari-uloq, poyga, dorbozlik, qilichbozlik, nayza uloqtirish, tosh ko‘tarish kabilar eng qadimgi harakatli (murakkab) o ‘yinlar hisoblanadi. Ulaming kelib chiqish va taraqqiy qilish jarayonlari haqida manbalar juda ко‘p. Bundan uch ming yil awal yaratilgan «Avesto» kitobida yoshlar va keksalaming salomatligini yaxshilash, uzoq umr ko'rish maqsadida turli vositalar hamda usullardan foydalanish yo‘llari ifoda etilgan. Bunda tozalikka e’tiborberish, to'g'ri ovqatlanish, dam olish, uyqu kabi hayotiy ehtiyojlarga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek, sof havoda sayr qilish, terlab mehnat qilish, tana (gavda) a’zolarini harakatlantiruvchi va chiniqtiruvchi amallar (mashqlar, o‘yinlar)ni muntazam ravishda bajarib borish ko‘rsatilgan. «Hadislar»da dangasalik, turli kasalliklar va nojo£ya harakatlaming oldini olishda har bir mo‘min-musulmon jismoniy mehnat qilishi, turli harakatli o‘yinlami bajarish, a’zolarni toza tutish zarurligi uqtiriladi. Bulami eslatishdan maqsad shuki, turli xil harakatli o‘yinlar kiyinish, tozalikka e’tiborberish, o‘yinlarda halol qatnashish, so‘ngra yuvinib taranishni talab etadi. Demak, milliy harakatli o‘yinlarning mazmun va maqsadida jismoniy sifatlarni o‘stirish, insoniy fazilatlarga rioya qilish kabi ijobiy xususiyatlar mujassamlashgan. 12 «Alpomish» dostonidagi pahlavonlik, jasurlik, merganlik, chavondozlik kabi xislatlar Alpomish va Barchinoy timsollarida yuqori ko‘tarinki ruhda tasvirlangan. Alpomishning yoshlik davrlarida bobosidan qolgan yoyni (to‘qson botmon) ko‘tarib turishi faqat alplar avlodi ekanligidan dalolatgina bo‘lib qolmasdan, balki qir-adirlarda mol boqib, ot choptirib, kurashib yurganligining ham mahsulidir. Ayniqsa, Barchinoy qo‘ygan shartlami (kurash, otda poyga, yoydan o ‘q otish, merganlik — ming qadamdan tangani urish) bajarishda to‘qson alpning sardori ko‘kaldoshni yenggani afsona bo‘lsa-da, uning negizida qandaydir haqiqatlar yotadi. Ya’ni qadim zamonlarda Surxon o‘lkasida Boboxon tog‘lari orasida yashab, pahlavonlikni mashq qilgan yigit-qizlar ko‘p o‘tgan. Ularning avlodlari hozirgi kunda ham kurashda jahon chempionlari unvoniga sazovor bo‘lmoqdalar. Ana shu xususiyatlar e’tiborga olinib, yurtboshimiz va hukumatimiz tomonidan xalq milliy o'yinlarini zamonaviy ruhda o‘tkazishga keng yo‘l ochib berildi. Jizzax (1995—1996) va Termizda (1998) xalq milliy o‘yinlariga bag‘ishlab ilk bor «Alpomish o‘yinlari» respublika festivallarining o'tkazilib, ularda kurash, ko‘pkari-uloq, poyga kabi murakkab harakatli o ‘yinlar hamda «Bo‘ron», «Shuvoq», «To'qqiz tosh», «Orqang kuydi», bilak kuchini sinash, arqon tortishish kabi milliy harakatli o ‘ym lar namoyish etildi. Ma’lumki, barcha jabhalarda xotin-qizlar faoliyati diqqat rnarkazida turadi. Xalq milliy o‘yini sifatida «To‘maris o‘yinlari» Respublika festivali 1999-yil Jizzaxda katta tantana bilan o‘tkazildi. Navbatdagi festivallar Shahrisabz, Guliston, Namangan shaharInrida tashkil etildi. 13 Muhim tomoni shundaki, mazkur festivallarda o‘zbek xalqining milliy madaniyati, mehnatsevarligi, nehr-oqibati tarannum etildi. Har yili o‘tkaziladigan Navro‘z, Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan ommaviy-madaniy sport tadbirlarida sport turlari qatorida milliy harakatli o‘yinlardan namunalar namoyish qilinmoqda. Mamlakatda uzluksiz ta’limning tarkibiy qismi sifatida ko‘p bosqichli sport musobaqalari — «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» o'tkazish an’anaga aylandi. Ulaming dasturlarida, ayniqsa Universiadaning ochilish va yopilish marosimlaridan milliy harakatli o'yinlar ham haqli ravishda o‘rin olmoqda. 0 ‘zbekxalq milliy harakatli o'yinlarining mohiyati, ulaming turlari va qo‘llanish usullari haqida anchagina ilmiy maqolalar, to‘plamlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. 1991—2006-уШаг davomida o‘tkazilgan respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar to‘plamlarida yangi o‘yinlar yoritildi. Shu bilan bir qatorda milliy harakatli o‘yinlami o‘quv jarayonlariga ko‘proq kiritish masalalariga e’tibor kuchaydi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim olayotgan talabalar va o‘quvchi-yoshlar o‘quv jarayonlariga milliy harakatli o'yinlami chuqurroq singdirish yo ‘lga qo ‘yilmoqda. Mazkur muammolar bo‘yicha yo‘lboshchilik qilayotgan mutaxassis olimlar joylarda yetarlicha ko‘paydi. Bu o‘rinda, J.T.Toshpolatov, 0 ‘.N.Ibrohimov, Q.Alimov (Termiz DU), A.Q.Atoyev, XABotirov (Buxoro DU), H.T.Rafiyev, RAQosimova, J.E.Eshnazarov(SamDU), HAMeliyev, B.Bo‘riboyev, O.Muqimov (JizDPI) kabilaming ilmiy-ijodiy va tashkilotchilik faoliyatlari e’tiborga sazovardir. Shuningdek, R.Abdumalikov, R.Salomov, O.O.Po‘latov 14 (O 'zD JTI), K.M.Mahkamjonov (TD PU ), A.Sh.Qosimov, I .Xo'jayev (Toshkent viloyat malaka oshirish instituti) kabHaming ilmiy-ommabop risolalari, maqolalari ham maqsadga qaratilganligi bilan e’tiboiga molik. Mazkur o‘quv qo‘llanmaning so‘nggi bobi (amaliy mashg‘ulotlar) iste’dodli mutaxassis olim T.S.Usmonxo‘jayevnmg nashr ishlari asosida tayyorlandi. T.S.Usmonxo‘jayev dastlabki ilmiy-izlanish faoliyatini harakatli o‘yinlarga bag‘ishlagan bo‘lib, shu o‘rinda H.Tojiboyev bilan hamkorlikda 1963-yilda «Harakatli o‘yinlar» to‘plamini nashrdan chiqarishga muyassar bo‘lgan. Uning keyingi davrlardagi ilmiy-pedagogik faoliyati boshqa muammolarga qaratilgan bo‘lsa-da, u harakatli o‘yinlami to‘plashni davom ettirdi. Natijada «1001 o‘yin» (1991), «Milliy harakatli o‘yinlar» to‘plamlarini tayyorlab, respublikadagi ko‘p mingli mutaxassislaming mushkulini osonlashtirdi. E’tiborli jihati shundaki, «Milliy harakatli o‘yinlar» to‘plami 500 ga yaqin o'yinlar haqidagi m a’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Ularning tarkibida 100 dan ortiq o‘zbek xalq milliy harakatli o'yinlarimng borligi quvonchli hodisadir. Lekin aytish joizki, o'yinlaming aksariyat qismi maktab o£quvchilarigagina qaratilgan. Slniningdek, xalq iste’molida bo‘lgan «Poda to‘p», «Eshak mindi», «Quloq cho‘zma», «Piyoda poyga», «Oqsuyak», «Bo‘ta soldi» kabi sol'milliy harakatli o‘yinlar e’tibordan chetda qolib ketgan. Shu sababdan, «Milliy harakatli o ‘yinlar» fanini o'qitish jarayonida lalabalarga yangi o‘yinlarni izlab topish, ulami qayd qilib olish kabi vazifalartopshirilishizarur. Shuningdek, dasturga kiritilmagan milliy harakatlami ham izchil o‘rganish va bo‘lajak mutaxassislaiga tauishtirish maqsadga muvofiqdir. 15 Xulosa sifatida aytish mumkinki, o‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlari ijtimoiy-tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Ulami o‘quv yurtlarida kengroq o‘rgatish, aholi turar joylarida maxsus o‘yinlar tashkil etish lozim bo‘ladi. «Chillik», «Podato‘p», «Oq suyak» kabi o‘yinlarning mazmun va mohiyati jihatidan o‘ta zarurligi, hamda ba’zi sport turlaridan ustun turishini chuqurroq o‘rganish, ulami sport darajasiga ko‘tarish yo‘llaiini izlash kerak.