Sport faoliyati


Milliy harakatli o ‘yinlarning ijtimoiy-ma’naviy turmush bilan bog‘liq]igi



Yüklə 409 Kb.
səhifə7/12
tarix05.04.2023
ölçüsü409 Kb.
#93756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1Lazizjon diplom ishi

2.2 Milliy harakatli o ‘yinlarning ijtimoiy-ma’naviy turmush bilan bog‘liq]igi
Ijtimoiy-ma’naviy turmushni soglom turmush tarzining tarkibiy qismi desa boladi. Chunki unda inson hayoti, mchnati, oilaviy munosabatlar, kiyinish, so‘zlashish san’atiga qiziqish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish kabi juda ko‘p faoliyatlar, yumushlar, xatti-harakatlar o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Ijtimoiy turmush, madaniyat gashtini suruvchilar quyidagilami o‘zlariga odat qilib oladilar: — to‘yimli ozuqa, mevalami tanlab iste’mol qilish; — dam olish kunlari, bo‘sh vaqtlar va bayramlarda teatr, kino, konsert, futbol, to‘ylarga borish; — mavsumiy va muhitga (to‘y, turli marosim, mehmondorchilik va h.k.) qarab kiyinish; — oilaviy bo‘lib o‘yin maydonlariga muntazam borish, tennis, badminton, futbol kabi harakatli o‘yinlar o‘ynash; — suv omborlari, istirohat bog'lariga borib ko'ngil ochish, dam olish, suzish; — yaqin qarindoshlar va qadrdonlardan xabar olish, ulami mehmondorchilikka taklif etish; — mahalla, qo‘ni-qo‘shnilar bilan yaqin aloqada bo‘lish; — har kuni ertalab gimnastika qilish, turli o'yinlarni bajarish va h.k. Hozirgi davrda sog‘lom turmush tarzini kcchirishga intiluvchi kishilar kun sayin ko‘paymoqda. Ular yon-atrofidagilarni, oila a’zolarini sport bilan shug‘ullanish, ertalabki va kechki paytda gimnastika mashg‘uloti bilan bir qatorda qiziqarli harakatli o‘yinlami bajarishga da’vat etadilar. 24 Ijtimoiy-ma’naviy turmush sharoitidagi harakatli o‘yinlardan miiqsadli foydalanish, bunda mavjud bo‘lgan o ‘yin to‘plamlari (kitoblar)ni yig‘ish lozimdir. Har bir oila barcha a’zolarining birgalikda sport bilan shug‘ullanishlaii, turli milliy harakatli o‘yinlami o'ynashlari ahillik, mehribonlik, bir-birini qadrlash, hurmat qilish kabi ijobiy fazilatlami mustahkamlash bilan bir qatorda, ularning jismonan sog‘lom, baquwat bo‘lishlari, hatto chiniqishlarini ta’minlaydi. Shu sababli harakatli o‘yinlar (arg‘amchida sakrash, ko‘z. bog'lash, bekinmachoq, to‘pli estafeta va h.k.) hamda sport o‘yinlarining elementlari bilan shug‘ullamshni odat tusiga aylantirish lozim. Eng muhimi esa «Quvnoq startlar» televizion o‘yinlaridagi mashq harakatlarni takrorlash, Navro‘z, Mustaqillik kuni bayramlari hamda boshqa ommaviy-madaniy sport tadbirlaridagi har xil harakatli o‘yinlami tomosha qilish, ulami amalda bajarish yaxshi samara berishi aniqdir. Yana bir tomoni shundaki, ba’zi ijodkorlar, san’atkorlar, nashriyot va bank xodimlari imkoniyat darajasida sportning u yoki bu turi bilan muntazam shug‘ullanishlari natijasida o‘zlari tashkil ctgan qiziqarli sport musobaqalarida faol qatnashmoqdalar. Ularning ba’zilari hatto mahalla, bolalar sporti va boshqa jamg‘armalaiga tnoddiy yordam ko‘rsatmoqdalar. Xotin-qizlar spartakiadalari, «Mahallamiz pahlavonlari», «Kichkintoylar-pahlavonchalar» kabi sport musobaqalarining dasturidan asosan milliy harakatli o‘yinlaming joy egallashi e’tiboiga sazovordir. Mustaqillik yillari davrida yaratilayotgan sahna asarlari (teatr, kino, ochiq maydonlardagi tomoshalar va h.k.)da kurash, futbol, 25 qilichbozlik, sharqona yakka kurashlar va boshqa bir qator o'yinmashqlaming qo‘llanilishi ijtimoiy-madaniy turmushimizdagi yangi o‘zgarishlardan darak beradi. Demak, milliy harakatli o‘yinlar sport turlariniug qismlari (elementlari) bilan tutashib ketmoqda. Ular ijtimoiy turmushmadaniyatimizga chuqur singib bormoqda. Bu jihutlami talabayoshlar puxta o ‘rganishlari lozim bo‘ladi.

Yüklə 409 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin