II.BOB.
SPRINTERLARDA MUSHAKLAR ISHINING ASOSIY TAVSIFLARI VA ULARNING ANATOMIK-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1. Milliy harakatli о‘yinlar mazmunida mehnat faoliyatlari
XXI asrda texnika va kompyuter har bir jabhaga, har bir inson hayotigajadal kirib bormoqda. Hozirgi davrda mehnat, o‘qish va ijodiy faoliyatni texnika, kompyutcrsiz bajarishni tasavvur qilish qiyin. Bu esa aksariyat ko'pchilik kishilaming kam harakat qilishi yoki ortiqeha toliqishlariga (charchashlariga) sabnb boMmoqda. 0 ‘zbekiston sharoitida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilami quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Aqliy mehnat qiluvchilar. ijodkorlar, nashriyotchilar, muhandislar, shifokorlar, o‘qituvchilar, kompyuterda ishlovehilar. 2. ОШЬ-turib ishlovehilar. yigiruvchilar, tikuvchilar, KVqimachilar, avtoulov haydovchilar va h.k. 3. Og‘ir jismoniy mehnat qiluvchilar. quruvchilar (uy-joy, yo‘l va h.k.), dala mehnatkashlari, zavod-fabrika ishchilari, cho‘ponlar va h.k. Ta’kidlash lozimki, mazkur guruhdagi mehnatkash va xizmatchilaming ish faoliyatlari, harakatlarida ham har.xil sharoitlar mavjud bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, har bir mehnatkash, ijodkor, olim, rahbarxodimlaro‘zlariningharakatchanligini ongli va ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan bilishlari lozim bo‘ladi. Bu esa mehnat samaradorligini oshirish, sog'lom-tetik bo‘lib yurish, aqliy va jismoniy jihatdan barkamollikka erishishga sabab bo‘ladi. Bunda jismoniy mashqlar, turli xil harakatlarni o‘zida m uj assaml ashtirgan harakatli o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan, har bir kasb-hunar egasi, eng awalo, salomatligi, yashash sharoiti, bo‘sh vaqtini hisobga olgan holda mashqlar, 20 o'yinlar bilan shug‘ullanish tartibini (rejimini) aniq belgilashi, unga tiNloydil amal qilishi kerak bo‘ladi. Bu jarayonlami ijro etish uchun quyidagi tartib (rejim)lardan Ibydalanish tavsiya etiladi: 1. Ertalabki gimnastika va o‘ziga mos, ma’qul o‘yinlar bilan shug'ullanish. 2. Mehnat jarayonida (har 2—3 soatda 5—10 daqiqa) va ishdan kcyingi bo‘sh vaqtda (uy sharoiti, yaqin atrofdagi maydonlar, trenn jyorlar va h.k.) istagan mashqlar, o‘yinlar bilan shug‘ullanish. Uy, turmush va mehnat sharoiti hamda kasb-hunar turlari lnVyicha milliy harakatli o‘yinlardan foydalanishda quyidagilarga c’tibor berish maqul bo‘ladi: Aqliy mehnat qiluvchflar: — yurish va yugurishda qo‘l, gavda harakatlari hamda bir oyoqlab, qo‘sh oyoqlab hakkalash, sakrash; — daraxt yoki maxsus moslamalarda osilish, tortilish, oshib tnshish; — xiyobonlar, soya-salqin joylarda sayr qilish, 10—15 qadamlab chuqur nafas olish va nafas chiqarish; — hamkasblar, tengqur do£stlar va oila a’zolari bilan to£p o‘yinlarinibajarish, «Qo£l tekizish» (turtish), «Uchinchi ortiqcha», «Qarmoq», «Qopqon», «Mushukvasichqon» kabio£yinlami o£ynash; — mashg‘ulotdan keyin yuvinish, yozgi paytlarda cho£milish (havza yoki vannada). 0 ‘tirib-turib mehnat qiluvchilarga ham yuqoridagi tadbirlar mos keladi. Shuningdek, o‘zlari yoqtirgan mashqlar, sport turlari clementlari va harakatli o£yinlardan foydalanish, eng muhimi esa soglomlashtiruvchi markazlarga (trenajyor zallariga) qatnashmaqsadga muvofiqdir. 21 QurilLshlar, zavod-fabrika mehnatkashlari: — ertalabki gimnastika, yengil harakatli o‘yinlar; — mehnat jarayonida 5—10 daqiqa davomida yengil mashqlar, o‘tirgan holda bilak kuchini sinash bahslari, qisqa sayrlar, yoz faslida cho‘milish (havza yoki dushda); — domino, narda, karta, shaxmat-shashka o‘yinlari; — yelka urishtirish, «Eshak mindi», «Turtish» kabi o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishlari mumkin. Dala mehnatkashlari (paxta, don ekinlari, polizlar, o‘t o‘rishda mashgu‘lbo‘lganlar, chorvadorlarvah.k.) sharoit va imkoniyatlari, salomatlik, yosh va kayfiyatlariga qarab (xohish, istak) quyidagi o‘yinlar bilan mashg‘ul bo'lishlari mumkin: ayollar va qizlar: — «Orqang kuydi», «To‘qqiz tosh», «Qo‘limdagini top», «Topishmoqlar», «Uchinchisi ortiqcha», «Arg'amchida sakrash» (skakalka) va boshqa о‘yinlar; — ariq, kanal, hovuzlarda cho‘milish, kim o'zarga suzish va shu kabi suv o‘yinlari; — soya-salqin joylarda yotib dam olib, topishmoqli qo‘shiqlar aytish va h.k. erkaklar va о ‘spirin yigitlar: — voleybol, futbol o‘yinlarining elementlarini o'ynash; — bilak kuchini sinash, yelka urishtirish, tortishmachoq o ‘yinlari; — ariq, kanal, hovuzlarda to‘p otib o'ynash; — eshak, ot, tuyalarni choptirish, ulaming ustida ag‘darish o'yinlari; — xo‘roz, qo‘chqor, kaklik, bedana urishtirish o‘yinlari; 22 qo‘lga o‘rgatilgan qirg£iy (lochin), burgut, zag‘cha va boshqa (|iishlar bilan ov qilishni o£rganish, ov qilish; - daryo, ariq, zovurlarda baliq tutish. Xulosa tariqasida yakunlash mumkinki, barcha turdagi mehnat lamyonlarida qo£llaniladigan jismoniy mashqlar, harakatli o£yinInming turlari va sonlari beqiyos ko£pdir. Ulami bilish va ijtimoiy (urmush hamda mehnat sharoitlarda qo'llay bilish har bir insonning hayotiga singib ketishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |