Sport fiziologiyasi fanidan ma’ruzalar matni Ma’ruza Kirish


Ma’ruza 19. Sport o‘yinlarining fiziologik tasnifi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə34/35
tarix17.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#61710
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
спорт физ

Ma’ruza 19. Sport o‘yinlarining fiziologik tasnifi

Reja:

1.Futbolning fiziologik tasnifi
2.Futbolchilarning somatik uzgarishlari
3.Futbolchilarning vetativ uzgarishlari.

Futbol vaziyatga boglik nostandart xarakatlar bajariladigan sport turidir. Xozirgi zamon fudbol uyini ancha kuchlanishni talab etishi bilan ta’riflanadi. YUkori malakali fudbolchilar jismoniy rivojlanishning kursatkichlari urtacha xisobda kuydagicha : buyi 177 sm, vazni 74,3 kg, kukrak kafasining aylanasi 43 sm, oyoklarining uzunligi 53,6 sm, fudbolchida xarakat apparati ishga yaxshi tayorlangan bulishi kerak. Fudbol bilan shugillanuvchilar xarakat apparatining takomilligi, gavda muaozanatini yaxshi saklay olishi, tez yugurishi, chidamliligi bilan farklanishi kerak.


Fudbol uyinida sezuv organlari bilan xarakat apparatining faoliyati chambarchas boglangan bulishi shart . kaptokka ancha kuchli va takomillashgan xolda zarba berish uchun xar ikkala oyok bilan ishlay oladigan, ya’ni kaptokni tepa oladigan bulishi zarur. Bu kobiliyatga kup yillar mashk kilish natijasida erishiladi. Fudbolchilarda urtacha xisobda ung kulning kisish kuchi-55 kg, gavdaning tiklanish kuchi 155 kg ni tashkil etadi.
Fudbol uyini kuchli xayajonlanish bilan utadi. Xayajonlanish patik-adrenal sistemaning kuzgalishi bilan ta’riflanad, bu shiddatli muskul faoliyatini bajarilishini ta’minlaydigan funksiyalarning ortishini yuzaga keltiradi.
Fudbolchining xarakat malakalarijuda xilma-xil va murakkabdir. Ular kaptok uchun tinimsiz kurash bilan boglik bulgani sababli xarakatlarning yukori darajada uygunlanishini talab etadi.
Markaziy nerv sistemasining kuzgaluvchangligi ortadi. Mashk kilish ta’sirida yoruglik va tovushga xarakat reaksiyasining latent davri asta – sekin kiskarib boradi. Urta xisobda Latent davri tayyorlanish davrida yoruglikka-203, tovushga-174,8 ms, musobaka oldidan yoruglikka- 148, tovushga-118,6 ms ni tashkil etadi.
Analizatorlar. Fudbol bilan shugillanishda kurish, xarakat va eshitish analizatorlari katta axamiyatga ega. Bunda kurish analizatori asosiy rol uynaydi. Kurish fudbolchining butun uzini tutishi va uning xarakatlarini belgilaydi.
Urtacha xajmdagi mashklar bilan odatdagi mashk kilishda kuzning kurish maydoni ayniksa yashil rangga kattalashadi. Fudbol uyinida kuzning tur kavatini markaziy kismi xam chekka kismi xam birday katta axamiyatga ega. Tur kavatini cheka elementlari (tayokchalar) maydonni chamalashni ta’minlaydi.markaziy elementlar (kolbachalar) kaptokka anik zarba berish, kaptokni anik uzatish vashunga uxshashlarda katta axamiyatga ega. Fudbolchilarda kuzning elektr aktivligi kuchayadi. Bunday uzgarishlar uyindan keyin bir necha soat saklanadi. Fudbolchining muffakiyatli faoliyati uchun vestibulyar apparatning yaxshi turgunligi zarur axamiyatga ega. Uyin jarayonida fudbolchining xarakat analizatori sezuvchangligi ortadi. Analizatorlarning etarli rivojlanmaganligi sport ustaligining takomillashishiga salbiy ta’sir kursatadi.
KON. SHiddatli musobakada uyinlari utkazilganidan keyin kupincha konda kand mikdorining pasayishi kuzatiladi va kand mikdori 80-90 mg% gacha tushishi mumkin. Mashk kilish va musobaka uyinlarida konda gemoglobin mikdori ortadi. Miogen leykotsitoz yuzaga keladi. Miogen leykotsitozining neytrofil fazasi namoyon buladi. Xujumchi va yarim ximoyachi futbolchilarda boshka fudbolchilarga nisbatan konda xloridlar ancha kamayadi.
KON AYLANISH. Malakali fudbolchilarning tinch xolatida bradikardiya kuzatiladi, yurakning dakikalik kiskarishi 48-54 atrofidabuladi. Jismoniy ish bajarishda yurakning bir dakikada kiskarish soni 140-200 mm.s.u. gacha ortadi. Fudbolchilarda shiddatli musobaka щyinlaridan keyin elektrokardiogrammaning sezilarli uzgarishlari belgilanadi. Bu RO va OT oraligining kamayishida ifodalanadi. Kupchilik fudbolchilarda yurak kattalashgan buladi. Ulardan 70% tida chap korincha gipertrofiyasi, 21% tida xar ikkala korincha gipertrofiyalangan buladi. YUrak xajmi 820 dan 1140sm 3 buladi.
NAFAS. YUkori malakali fudbolchilarda upkaning tiriklik sigimi 5 l atrofida bulib, mashk bajarishdan keyin 0,1-0,3l ga kamayadi. Nafas olish tezligi dakikasiga 33-60, upka ventiyasiyasi 150% l\dak ni tashkil etadi. Nafas chikarilgandan keyin nafasni ushlash muddatli 30-60 soniyaga teng. YUkori klasslifudbolchilarda nafas fazalari xarakat bilan moslashadi. Odatda tezlik va kuch bilan bajariladigan xarakatlar (kaptokni tepish) nafas chikarish bilan kuzatiladi. Uyin davomida fudbolchi urtacha xisobda 7-10 km masofani yugurib utadi. Bu organizmning anaerob imkoniyatlariga yukori talab kuyadi.
Fudbolchilarda MKU urtacha xisobda 4,4 l/dak. (3,2-5,3l/dak) yoki 62,5 ml/dak./kg ga barobar. Uyin vaktida kislorod uzlashtirish ancha uzgaradi va MKU ning 60-96% atrofida buladi.
ENERGIYA SARFI. Uyinning shiddatiga , sportchilarning jismoniy chinikkanligiga va malakasiga boglik buladi. Taxminan uyin davomidagi energiya sarfi 1500-2000 kkal ni tashkil etadi.
AYIRUV FUNKSIYALARI. Uyin vaktida ter bezlari faoliyati kuchayishi bilan siydik ajralishi kamayadi, siydikning solishtirma ogirligi ortadi. Uyindan keyin siydik tarkibida sut kislotasining mikdori kupayadi, siydikda oksil paydo buladi. Bunday xolat kupincha darvozabon va ximoyachilarga nisbatan xujumchilarda yuzaga keladi. Uyinning shiddatli vametereologik sharoitlariga karab, asosan ter ajralishi xisoboga 3-4 kg gacha vazn yukotadi. Uyindan keyin bir kun utishi bilan gavda vazni tiklanadi.
Foydalinilgan asosiy adabiyotlar:

1.Sport fiziologiyasi. I.G. Azimov.SH.S. Sobitov.Tashkent 1993


2.Umumiy va sport fiziologiyasidan amaliy mashgulotlar I.G. Azimov, A.K. Xamrakulov, SH.S.Sobitov,Toshkent,»Ukituvchi» 1992.

Kushimchalari:


1.Fiziologiya cheloveka. Pod.obщ.red.prof. N.V. Zimkina, M. FiS 1975.
2.Sportivnaya fiziologiya. Pod red.prof. YA.M. Kotsa.M.,FiS, 1986.
3.Fiziologiya sporta. Farfel V.S. M.,FiS, 1960.
4.Problemы fiziologii sporta. Pod.obщ.red.V.S. Gippenreytra, M., FiS, 2003 g.



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin