Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi


 Yakka (individual) harakatlar



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/38
tarix01.12.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#170606
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy

 
4.4. Yakka (individual) harakatlar
Har bir basketbolchi jamoada bajaradigan vazifasidan qat’iy 
nazar, hujumda katta faollik ko’rsatishi lozim. Buning uchun u 
hujum usullarini puxta va malakali egallagan bo’lishi, o’yin 
sharoitini diqqat bilan kuzatishi, aniq vaziyatga eng mos pozisiya va 
harakatlarni tez xamda to’g’ri tanlay olishi kerak.
Joy tanlash va himoyachi taqibidan qutilish.
To’psiz hujum 
qilayotgan basketbolchi to’pni qabul qilish, to’pli sherigiga 
himoyachini taqibidan ozod bo’lishida yordam berishi uchun 


39 
maydonda ma’lum pozisiyani tanlaydi. Joy tanlash to’htashlar, 
burilishlar bilan birga yo’nalish malakalarini tezlik bilan o’zgartirib 
maydonda harakat qilish bilan bajariladi. Savatga tushmay 
o’tayotgan to’pni ilish uchun joyni to’g’ri tanlash katta ahamiyatga 
ega. 
Ko’rsatilgan usullardan tashqari chalg’itishlar.
To’p bilan 
harakat qilayotgan basketbolchi eng avval himoyachidan qutilishga 
va savatga to’p otishga harakat qiladi yoki o’ziga bir necha 
himoyachilarni diqqatini jalb qiladi va himoyachidan bo’shagan 
sherigiga to’p uzatadi. 
To’pni uzatish.
Eng asosiysi taktik harakat bo’lib, savatga 
hujum uyushtirishning natijasi uzatishning yo’nalishiga va o’z 
vaqtida bajarilganligiga bog’liq. Basketbolchi uzatishdan oldin uning 
qaysi tomonga va qaysi basketbolchiga uzatilishi lozimligini hal 
qilish bilan birga mavjud vaziyatda yahshiroq samara keltira oladigan 
uzatish usulini va vaqtni tanlashi lozim.
To’pni yerga urib yurish. 
Bu to’pli basketbolchining asosiy 
yakka joydan joyga ko’chish vositasi bo’lib hisoblanadi. O’yinning 
o’zgaruvchan vaziyatini kuzata bilish to’pni yerga urib yurushda 
katta ahamiyatga ega.
Savatga to’p otish. 
Bu katta mas’uliyat bilan bajariladi, chunki 
to’p savatga tushmasa, uni raqib egallab olishi mumkin. Basketbolchi 
har gal savatga to’p otishdan avval o’zining va raqib jamoa 
basketbolchilarining maydonda joylashishini, shchitga nisbatan 
o’zining pozisiyasini hisobga olishi, qulay holatni egallashi lozim.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin