Sport va harakatli o'yinlar o'qitish metodikasi ( basketbol)



Yüklə 64,08 Kb.
səhifə24/25
tarix02.04.2022
ölçüsü64,08 Kb.
#54615
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Sport va harakatli o\'yinlar o\'qitish metodikasi ( basketbol)

1. 3. Taktik tayyorgarlik.

Basketbol o’yini taktikasi, to’pni egallab turgan jamoa nima qilishi hamda to’p raqibda bo’lganda jamoa nima qilmog‘i lozimligini belgilaydi.

To’pni egallagan jamoa, o’yinchining shaxsiy harakatlari, guruhli yoki jamoa harakatlari yordamida hujum tashkil qiladi. Basketbol taktikasi ikkiga, hujum taktikasi va himoya taktikasiga bo’linadi.

Bolalar basketbolida trenerlar ayniqsa, o’yinchilarning hammasi jamoa bo’lib o’ynashlariga e’tibor berishliklari lozim.

Yosh basketbolchilarga taktikani o’rgatish trenerning o’quv-trenirovka ishida eng qiyin va ko’p mehnat talab qiladigan narsalardan biridir.

Har bir trener agar bola texnik tayyorgarlik jihatdan bo’sh tayyorlangan bo’lsalar, ularni taktikaning asoslariga o’rgatib bo’lmasligini biladi. Shuning uchun o’yin taktikasiga darrovdan o’rgatmasdan, balki mashg‘ulotlarda yarim yilcha shug‘ullangandan so’ng o’rgatilgani ma’qul. Shaxsiy taktik harakatlar elementlarini esa o’quvchilarga birinchi mashg‘ulotlardanoq o’rgatsa bo’ladi.

Shug‘ullanuvchilarni taktik priemlarga o’rgatishda ularni oldiga oddiy taktik vazifalar qo’yilsa, o’quvchilar ularni yechib birinchi taktik malakalarni egallaydilar.

Misol uchun: to’pni uzatish va ilishni o’rganayotganda shug‘ullanayotganlarga

eriklarni qaerda joylashganiga qarab u yoki bu usul bilan uzatishni ularning o’zlari tanlaydilar. Agar taktik vazifalar murakkabligi jihatidan asta-sekin qiyinlashib boradigan bo’lsa, shug‘ullanuvchilar elementar taktik g‘oyalarni qiynalmasdan o’zlashtirib, keyinchalik esa ancha murakkab taktik vazifalarni oson yecha oladilar.

Yosh shug‘ullanuvchilar o’yin taktikasini yaxshi mustahkam faollashlari uchun ularni sistemali ravishda taktik tayyorgarlik haqida bilim bilan boyitib, suhbat o’tkazib borish lozim.



Yüklə 64,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin