Individual harakatlar
Har bir basketbolchi komandada bajaradigan vazifasidan kat’i nazar, hujumda katta aktivlik kursatishi lozim. Buning uchun u hujum usullarini puxta va malakali egallagan bo‘lishi, o‘yin sharoitini dikkat bilan kuzatishi, konkret vaziyatga eng mos pozitsiya va harakatlarni tez xamda tugri tanlay olishi kerak.Bunda maydonda uz maksadlarini bajarishda kurkmaslik va ijodkorlik xal kiluvchi axamiyatga egadir. Hujumchining individual taktik harakatlari ikki vazifani xal kiladi: uz harakatlarini bajarish uchun ma’lum sharoitlar yaratish va konkret vaziyatga karab texnik priyomlarni samarali kullash.Bu vazifalarni bajarish uchun basketbolchilar to‘psiz va to‘p bilan harakat kiladilar.
Joy tanlash va himoyachi ta’kibidan kutulish asosiy to‘psiz harakatlardan hisoblanadi.To‘psiz hujum qkilayotgan basketbolchi to‘p kabul kilish, to‘pli sherigiga himoyachidan ozod bo‘lishda yordam berish uchun maydonda ma’lum pozitsiyani tanlaydi.
Joy tanlash tuxtashlar, burilishlar bilan birga yunalishni, priyomlarni va tezlikni uzgartirib, maydonda harakat kilish bilan bajariladi. Maydonda harakat kilish – yunalishi buyicha rakib shiti tomonga yoki uning qarama-karshisiga, to‘p tomonga yoki uning qarama-qarshisiga bajarilishi mumkin. Savatga tushmay kaytayotgan to‘pni ilish uchunjoyni tugri tanlash katta axamiyatga ega. Bunda hujumchi to‘pni ilib olish uchun himoyachining oldida to‘pning yulini tusgan xolda joylashadi. Umuman, to‘pni qabul qilib olish uchun himoyachining ta’kibidan qutulib, qulay pozitsiyaga chikishi tugri joy tanlash bilan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |