Sport va harakatli


Oyoq yuzining o‘rta qismi bilan tepishni



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

Oyoq yuzining o‘rta qismi bilan tepishni 
bajarish texnikasi ko‘p 
jihatdan oyoq yuzining ichki qismi bilan tepishga o‘xshaydi, lekin uni 
bajarish detallari bir oz farq qiladi. Yugurib kelish chizig’i, to‘p va 
nishon taxminan bir chiziqda bo‘ladi. Oyoqni orqaga tortish ham, zarba 
berish harakati ham qat’iyan sagittal tekislikda (oldinga-orqaga 
yo‘nalishida) bajariladi. Tayanch oyoqning tovoni to‘pning yon 
tomoniga qo‘yiladi – bunda oyoq bilan to‘p baravarlashadi. Tepish 
harakati davomida to‘p tayanch oyoq kafti tovonidan yumalab uchiga 
ko‘tariladi. To‘p bilan tizza bog’imini birlashtirib turuvchi shartli o‘q 


149 
zarba paytida qat’iyan vertikal bo‘ladi. Bu holat surib borish vaqtida 
saqlanib qoladi.To‘p bilan oyoqning to‘qnashish sathi kattagina ekani 
zarba berishni anchagina aniq bajarish imkonini beradi. Yugurib kelish, 
oyoqni orqaga tortish va tepish bir tekislikda bajarilgani uchun harakat 
tizimi biomexanika jihatidan kerakligicha ishlatiladi hamda boshqa 
usullariga nisbatan kattaroq kuch bilan tepiladi. Biroq oyoq yuzining 
kafti yerga tegib ketib, oyoq og’rishi va lat yeyishi mumkin. Bu esa 
ehtiyot 
tormozlanish 
oqibatida 
ko‘pincha 
harakat 
amplitudasi 
o‘zgarishiga, zarba kuchi kamayishiga, uning samaradorligi pasayib 
ketishiga olib kelishi mumkin.
Oyoq yuzining tashqi qismi bilan tepish 
burama zarba berish 
paytida eng ko‘p qo‘llaniladi. Oyoq yuzining o‘rta va tashqi qismlari 
bilan tepishdagi harakatlarning struktarisi o‘xshash bo‘lib, farqi bunda 
tepish harakati vaqtida boldir bilan oyoq kafti ichkari tomon buriladi. 
Oyoq uchida tepish 
kutilmaganda, tayyorgarlik ko‘rmay turib, 
nishonga tepib qolish zarur bo‘lib qolganda bajariladi. Bundan tashqari 
bu tepish raqibdagi to‘pni tashlanib yoki shpagat qilib tepib yuborishda 
ancha samaralidir. Tepish paytida yugurib kelish ham to‘p va nishon 
ham, bir chiziqda bo‘ladi. Yugurib kelganda so‘nggi qadamdagi 
depsinish, tepish uchun oyoqni tortish uchun ham hisoblanadi. Tepish 
harakati tizza sal bukilgan tarang oyoqda bajariladi. Tepish paytida oyoq 
uchi sal ko‘tarilgan bo‘ladi.Oyoq uchining zarba beruvchi sathi juda 
kam bo‘lgani uchun bu usulda, to‘p yumalab ketayotgan bo‘lsa, tepish 
unchalik aniq chiqmaydi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin