Sport va harakatli


Uchib kelayotgan to‘pni tepish



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

Uchib kelayotgan to‘pni tepish.
Uchib kelayotgan to‘pni 
tepishdagi 
ijro 
texnikasining 
xususiyatlari 
to‘pning 
harakat 
trayektoriyasiga qarab belgilanadi. Tushib kelayotgan yoki pastdan 
uchib kelayotgan to‘pni tepishda harakat strukturasi dumalab kelayotgan 
to‘pni tepishda qanday bo‘lsa, shundaydir. To‘pning harakat yo‘nalishi 
dumalab kelayotgan to‘pni tepishdagi singari bunda ham tayanch oyoqni 
aniq mo‘ljallab yerga qo‘yishga muayyan e’tibor berishni talab qiladi. 
Uchib kelayotgan to‘pning tezligi odatda yumalab ketayotgan to‘pdan 
ko‘ra ortiqroq bo‘lgani uchun, asosiy qiyinchilik uchib kelayotgan to‘p 
bilan oyoq uchrashadigan joyni mo‘ljal qilish va tepishdan iborat 
bo‘ladi. To‘pni burilib tepish, endigina sapchiganda tepish va boshdan 


151 
oshirib turib tepish texnikasini tahlil qilganda, struktura jihatdan ba’zi 
xususiyatlari mavjudligini ko‘rish mumkin. 
Burilib tepish
to‘pning uchish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun 
qo‘llaniladi. Bunda tushib kelayotgan yoki pastlab uchib kelayotgan 
to‘pni oyoq yuzining o‘rta qismi bilan tepiladi. Tayyorlov fazasida to‘p 
tomonga yugurishda qo‘yilgan so‘nggi qadamdagi depsinish zarba 
beruvchi oyoqning tortilishi bo‘lib xizmat qiladi. Tayanch oyoq tizza sal 
bukilib, to‘pning uchib ketishi mo‘ljal qilingan tomonga burilib kaftning 
tashqi yoniga qo‘yiladi. Gavda tayanch oyoq tomonga og’diriladi. 
Gavdani burish bilan birga oyoqning gorizontal tekislikdagi tepish 
harakati boshlanadi. Surib borish tugagandan keyin zarba beruvchi oyoq 
olg’a tomon harakatda davom etib, yerga tayanch oyoq bilan chalishib 
tushadi. 
Boshdan oshirib tepish
kutilmaganda nishonga tepib qolish yoki 
boshdan oshirib orqaga to‘p uzatib berish zarur bo‘lib qolganda, uchib 
kelayotgan va sakrab chiqqan to‘pga zarba berishda oyoq yuzining o‘rta 
qismi bilan bajariladi.
Oyoqni tortish to‘p tomonga yugurishda qo‘yilgan so‘nggi qadamdagi 
depsinish hisobiga bajariladi. Tayanch oyoq tovonidan boshlab oldinga 
qo‘yiladi. Gavdaning olg’a harakati tormozlanib, yuqoriga va orqaga 
tarzda bajariladi. Bu vaqtda tayanch oyoqda tovondan oyoq uchiga 
o‘tiladi. Ozroqqina surib borilgandan keyin zarba beruvchi oyoq pastga 
tushib, gavda to‘g’rilanadi. Oyoq bilan to‘p qancha pastroqda uchrashsa, 
to‘pning uchish trayektoriyasi shuncha baland bo‘ladi. To‘pni pastroq 
trayektoriya bo‘ylab yo‘naltirish uchun to‘p tayanch joy tepasida, 
o‘yinchining boshi bilan baravar bo‘lganida tepish kerak. Yiqila turib 
boshidan oshirib tepish ham shunga yordam beradi. Gavda orqaga 
og’ganda o‘yinchi ikki qo‘li bilan yerga tushib, chalqancha yotib qoladi. 
Orqaga 
zarba 
berish 
harakati 
yiqilayotganda 
ko‘rimliroq 
bajariladi.Yanada kuchliroq tepish uchun «qaychi» qilib sakrab, boshdan 
oshirib tepishdan foydalaniladi. Bunda bir oyoqda depsinib, tushib 
kelayotgan to‘p tomon sakraladi. Depsinuvchi oyoq yuqoriga 
harakatlanadi. Gavda orqaga og’a boshlaydi. Keyin depsinish oyog’i 
zarba beruvchi bo‘lib, yuqoriga keskin ko‘tariladi. Depsinuvchi oyoq esa 
past tushadi. Gavda gorizontal holatda ekanida to‘p orqaga tepiladi. 
Oldin ikki qo‘l, keyin ko‘krak yerga tegadi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin