Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

Tovon bilan tepish 
o‘yinda kamroq qo‘llaniladi. Buning sababi 
bajarishning murakkabligida, zarba kuchi va aniqligi juda kamligidadir. 
Bunday tepishning afzalligi esa uning raqib uchun kutilmaganligida. 
Tayyorlov fazasi tayanch oyoqni to‘p yoniga qo‘yishdan boshlanadi. 
Oyoqni tortish uchun uni to‘p ustidan oldinga uzatiladi. Ishchi faza-
tepish oyoqni orqaga keskin harakatlantirish bilan bajariladi. Zarba 
berish paytida oyoq taranglashgan bo‘lib, oyoq kafti yerga parallel 
turadi. Tovon bilan chalishtirma zarba berish shunday tepish 
variantlaridan biri hisoblanadi. O‘ng oyoq bilan shunday beriladigan 
bo‘lsa, tayanch oyoq to‘pning o‘ng yoniga qo‘yiladi. Zarba beruvchi 
oyoq oldinga o‘tkazib tortiladi-da, tayanch oyoqqa nisbatan chalishtirib, 
keskin orqaga harakatlantirib zarba beriladi. Ozroqqina surib 
borilgandan keyin oyoq harakati tormozlanadi. 
To‘pni tayanch oyoq tovoni bilan tepsa ham bo‘ladi. Bunda tayanch 
oyoq to‘pdan o‘tkazib, 10-15 sm nariga qo‘yiladi. Shundan keyingi 


150 
qadamda oyoqni balandlatib orqaga harakatlantirib beriladi. Shu turtki 
berishning o‘zi tepish harakati hisoblanadi.
Harakatsiz to‘pni tepish.
Boshlang’ich, jarima va erkin to‘p 
tepish, burchakdan to‘p tepishda, shuningdek darvozadan to‘p tepishda 
o‘yinchi harakatsiz yotgan to‘pni tepadi. Zarba berishning barcha 
usullaridagi ijro texnikasining yuqorida zikr etilgan struktura 
xususiyatlari harakatsiz yotgan to‘pni tepishga ham to‘lig’icha taalluqli 
bo‘lib, faqat taktik vazifalar qandayligiga qarab tayyorlov fazasida 
yugurib kelishning uzoq-qisqaligi va tezligi har xil bo‘ladi. 
Dumalab kelayotgan to‘pni tepish.
Dumalab kelayotgan to‘pni 
tepishda ham zarba berish asosiy usullari va turlarining hammasi 
qo‘llaniladi. Bunday zarba berishdagi texnik harakatlar yerda harakatsiz 
yotgan to‘pni tepishdagi harakatlardan farq qilmaydi. Asosiy vazifa o‘z 
harakati tezligini to‘p harakatining yo‘nalishi va tezligi bilan 
muvofiqlashtirib olishdan iborat. To‘pning quyidagi asosiy harakat 
yo‘nalishlari bor: o‘yinchidan nari ketish, o‘yinchi ro‘parasidan, yon 
(o‘ng va chap) tomondan, shuningdek shu yo‘nalishlar oralig’idan 
kelish.Tayanch oyoqni yerga qo‘yish, ya’ni kichik fazani qanday 
bajarishning xususiyatlari ana shu yo‘nalishlarga qarab belgilanadi. 
O‘yinchidan nariga dumalab ketayotgan to‘pni tepishda tayanch oyoq 
to‘pdan nariroq o‘tkazilib uning yon tomoniga qo‘yiladi. Ro‘paradan 
dumalab kelayotgan to‘pni tepishda tayanch oyoq to‘pga yetib 
bormaydi. Agar to‘p yon (o‘ng yoki chap) chap tomondan dumalab 
kelayotgan bo‘lsa, uni to‘pga yaqinroq oyoq bilan tepgan ma’qul. 
Hamma hollarda ham tayanch oyoqni to‘pdan qancha oraliqda qo‘yish 
to‘pning harakat tezligiga bog’liq bo‘lib, buni zarba berish harakati 
vaqtida to‘p tayanch oyoq bilan tenglashib qoladigan qilib mo‘ljallash 
kerak. Ana shu holat zarba berish uchun eng qulay hisoblanadi. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin