142
Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro etiladigan
yugurish qadamlari bilan harakterlanadi. Qadam tashlash siklining birida
(qo‘shaloq qadamda) siltanuvchi oyoqni oldiga chalishtirib o‘tkaziladi.
Yugurish paytda havoda uchish fazasi juda qisqa.
J u f t l a m a q a d a m t a sh l a b yu g u r i sh d
a n taktik jihatdan
kerakli holatga o‘tishda (masalan, o‘yinchi oldini to‘sib olishda)
foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida foydalaniladi,
keyinroq o‘yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish
texnikasining turli
priyomlari sifatida ijro etiladi.
Juftlama qadam tashlab yugurish oyoklarni sal bukib bajariladi. Birinchi
qadamni harakat yo‘nalishiga yaqin oyoqdan boshlab, yon tomonga
tashlanadi. Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi.
Depsinish va siltanish
harakatlarida zo‘r berish yuqori tomonga emas, balki yon tomonga
yo‘naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: