144
burilish tomonga aktiv depsinib bajariladi. Silkinch oyoqning kafti ham
shu tomonga aylantiriladi.Sakrash unchalik baland bo‘lmasa ham to‘la-
to‘kis bajariladi.
T a ya n ch o yo q d a b u r i l i sh n i n g ikki turi bor. Birinchisida
burilish yo‘nalishidan uzoqdagi oyoqqa tayanib burilinadi.
Bunda
futbolchi gavda og’irlik markazi o‘qining proyeksiyasini tayanch sath
chegarasidan chiqarib, tayanch oyoq uchida burilish tomonga aylanadi.
Ikkinchisida harakat yo‘nalishiga yaqin
oyoqqa tayanib burilinadi, gavda
og’irlik markazining o‘qi burilish tomonga ko‘chadi. O‘tkaziladigan
oyoqni ham shu yo‘nalishda tayanch oyoqning old tomoniga chalishtirib
qo‘yiladi. Burilish sal bukilgan tayanch oyoq uchida bajariladi.
10.2
MAYDON O‘YINCHISINING TEXNIKASI
Maydon o‘yinchisining texnikasi ikkita kichik bo‘limdan
iborat. Bulardan biri harakatlanish texnikasi bo‘lsa, ikkinchisi to‘pni
boshqarish
texnikasidir.
Maydon
o‘yinchilari
harakatlanish
texnikasining yuqorida tahlil
qilingan xilma-xil priyomlari, usul va
turlarining barchasidan foydalanadilar. To‘pni
boshqarish texnikasiga
quyidagi priyomlar guruhi kiradi: zarba berish, to‘pni to‘xtatish, to‘pni
olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to‘pni olib qo‘yish. Bundan
tashqari, qo‘lda bajariladigan spetsifik priyom-yon chiziqning
nariyog’idan to‘pni tashlab berish ham to‘pni boshqarish texnikasiga
kiradi. O‘yin vaqtida qaysi priyom qancha miqdorda ijro etilishi
futbolchilarning o‘yindagi funksiyalariga bog’liq. Priyomlarning ijro
etish sifati esa maydon o‘yinchilarining
hammasida yuksak darajada
bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: