147
10.3 TO‘P TRAYEKTORIYASI XUSUSIYATLARI
To‘pga oyoq bilan zarba berishning asosiy usullari ikki xil
bajariladi: to‘g’ri zarba berish, burama zarba berish. To‘g’ri zarba
berganda zarba impulsining yo‘nalishi to‘pning og’irlik markazi o‘qidan
yoki bevosita uning yaqinidan o‘tadi. Burama zarba berish uchun esa
zarbaning yo‘nalishi to‘p og’irlik markazi o‘qida anchagina chetdan
o‘tishi kerak.
Amalda yuqorida ko‘rsatilgan hamma usullar to‘g’ri zarba berish
mumkin. Faqat oyoq yuzining tashqi qismi bilan shunday zarba berish
sal noqulayroq. Burama zarba berish oyoq kaftining ichki tomoni bilan,
oyoq yuzining ichki qismi va ayniqsa tashqi qismi bilan eng samarali
bajariladi. To‘g’ri zarba berilganda to‘pning uchish trayektoriyasi
kuchning qo‘yilish joyiga bog’liq. Zarbaning qo‘yilish joyi gorizontal
tekislik bo‘ylab to‘pning o‘rta qismiga to‘g’ri kelsa, to‘p to‘g’riga
pastlab uchib boradi. Zarba joyi vertikal o‘qqa nisbatan o‘zgarsa,
to‘pning uchib chiiish azimuti o‘zgaradi (gorizontal tekislikda o‘ngga
yoki chapga suriladi).Agar kuchning qo‘yilish joyi gorizontal o‘qdan
pastroqqa to‘g’ri kelsa, unda to‘pning uchib chiqish burchagi o‘zgaradi.
Zarba sirtining vertikal va gorizantal o‘q atrofida burilishi azimutning
ham uchib chiqish burchagining ham (yuqorilab o‘ngga, yuqorilab
chapga) o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. To‘pning uchish trayektoriyasi
burama zarba berilganda anchagina o‘zgaradi. Zarbaning yo‘nalishi
to‘pning og’irlik markazi o‘qidan o‘tmaydi. Bu hol to‘pni anchagina
aylantirib yuboradi. To‘p gorizontal o‘q atrofida (tagidan tepilganda),
veritikal o‘q atrofida (pastiga burama tepganda) va qiya o‘q atrofida
(yuqorisiga burama tepganda) aylanishi mumkin.Qattiq aylanib
uchayotgan to‘p havo qarshiligiga uchrab, boshlangich trayektoriyasini
o‘zgartiradi (Magnus effekti). Masalan, to‘p vertikal o‘q atrofida aylanib
borayotgan bo‘lsa, uchish trayektoriyasi aylanish tomoniga og’adi.
Qattiq aylanayotgan to‘p yerdan sapchib qaytganda uning keyingi uchish
yo‘nalishi o‘zgaradi. Trayektoriya to‘p aylanayotgan tomonga
qiyshayadi.
To‘pning
uchish
xususiyatlarini
bilish
futbolchi
harakatining
ishonchliligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: