Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

Sakrash. 
To‘xtash va burilish priyomlarining ba’zilarini ijro etishda 
sakrashdan foydalaniladi. Sakrash zarba berishning ayrim usullari
to‘pni oyoqda, ko‘krakda, kalla bilan to‘xtatib qolish va ba’zi fintlar 
texnikasining tarkibiy qismiga kiradi. O‘yinda oldinga, yon tomonlarga, 
yuqoriga hamda shularga yaqin yo‘nalishlarda sakraladi. O‘yindagi 
vaziyat ko‘pincha maksimal uzun sakrashni talab qilmaydi. Bunda 
sakrashning samaradorligi futbolchining koordinatsion qobiliyati bilan 
belgilanib, futbolchi turli dastlabki holatlardan fazo, vaqt va kuch 
xarakteristkalari optimal bo‘lgan harakatlar qilish kerak bo‘ladi.
Barcha xil sakrashlarda depsinish, havoda uchish va yerga tushish 
fazalari bo‘ladi.Sakrashning ikki xil priyomi bor: bir oyoqda depsinib 
sakrash va ikki oyoqda depsinib sakrash.
B i r o yo q d a d e p s i n i b s a k r a sh oldinga, yon tomonlarga, 
yuqoriga bajariladi. Bunday sakrashda aktiv depsinib, ikkinchi oyoqni 
silkitib, gavda og’irlik markazining o‘qi sakrash tomonga o‘tkaziladi. 
Sakrashning trayektoriyasi va kuchi o‘yindagi vaziyatga bog’liq. Bir 
oyoqda yoki ikki oyoqda yerga tushiladi. Qisqa masofali, qattiq 
amortizatsiya keyingi harakatlarga tezroq va samaraliroq o‘tish imkonini 
beradi. Og’irlik markazi o‘qining proyeksiyasi tayanch yuzasining 
chegarasida yoki undan tashqarida bo‘lishi ham shunga yordam 
beradi.Sakrab to‘pga kalla urayotganda ko‘pincha maksimal baland 
ko‘tarilish kerak bo‘ladi. Bunda yugurib kelib depsinadigan oyoqni 
taqqa to‘xtaydigan qilib (tayanchga nisbatan burchak hosil qilib) qo‘yish 
yordam beradi. Sal cho‘nqaygandan keyin yuqoriga yoki yuqorilab-


143 
oldinga tomon aktiv depsinish kerak bo‘ladi, bunda qo‘llarni ko‘krak 
baravar silkitib ko‘tarish depsinishning samarasini oshiradi.
I k k i o yo q d a d ye p s i n i b s a k r a sh. Bunday usul bilan 
oldinga, oldinlab-yon tomonga va oraliq yo‘nalishlarida sakraladi. 
Turgan joydan sakraganda o‘yinchi depsinish oldidan tezda salgina 
cho‘nqayadi. Oyoqlarini aktiv to‘g’rilash bilan birga gavda og’irlik 
markazining o‘qi sakrash tomoniga o‘tkaziladi va qo‘llar silkitiladi. 
Yugurib kelib sakrayotganda so‘nggi qadamda bir oyoqni taqqa 
to‘xtaydigan qilib qo‘yiladi. Cho‘nqayish paytida ikkinchi oyoq 
birinchisi yoniga tezlik bilan juftlanadi. Depsinish havoda uchish va 
yerga tushish fazalari turgan joydan sakragandagi kabi bo‘ladi.
To‘xtash. 
Harakatlanish texnikasida to‘xtashga harakat yo‘nalishini 
o‘zgartirishning samarali vositasi deb qaraladi. To‘satdan to‘xtab 
qolganda, raqiblarning qayerda, joylashganiga qarab turib to‘p bilan 
ham, to‘psiz ham o‘sha ketayotgan tomonning o‘ziga yoki qarshi 
tomonga otilib ketiladi, o‘ngga yoki chapga qochib qolinadi.To‘xtashda 
ikki xil priyom qo‘llaniladi: sakrab to‘xtash va tashlanib to‘xtash.
S a k r a b t o‘ x t a sh uchun sal yuqoriga qisqaroq sakrab, 
siltangan oyoqda yerga tushiladi – bunda turg’unlik bo‘lsin uchun shu 
oyoq sal egiladi. Ammo ko‘pincha yerga ikki oyoqlab tushiladi. 
T a sh l a n i b t o‘ x t a sh so‘nggi yugurish qadami hisobiga 
bajariladi. Bunda siltangan oyoqni oldinga uzatib, tovonga tiralinadi-da, 
keyin oyoqni rostmana yerga qo‘yiladi. Tashlanib to‘xtash oyoqlarni 
anchagina bukib, ikki oyoqqa tayanib qolish bilan xarakterlanadi. 
Barcha xil to‘xtashlardan keyin, odatda, turli yo‘nalishlarda harakat 
davom ettiriladi. Shuning uchun to‘xtashdagi so‘nggi holat keyingi 
harakatning start holati bo‘lishi kerak. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin