146
(«Chxaidze paradoksi»). Bunga oyoqning massasi kichikroq qismi
(boldir va oyoq kafti qismi) tezligini oshirish uchun unga kattaroq
massali bo‘g’indagi harakat miqdorini (mv) asta-sekin o‘tkazib berish
kerakligi sabab. To‘pga boldir bilan oyoq kaftini shiddatli qilichdek
harakatlantirib zarba beriladi. Zarba berish paytida oyoqning to‘piq bilan
tizza bo‘g’imini qotirib tutish kerak. Zarba beruvchi oyoqning «qattiq
richagga» aylanishi zarba beruvchi bo‘g’im massasini ko‘paytirish
imkonini beradi.Zarba paytidagi o‘zaro ta’sir boshlanishida oyoqning
to‘pga tekkan joyi to‘pning shaklini o‘zgartiradi – deformatsiyalaydi.
Oyoq bilan to‘pning birgalikda surilish tezligi nolga tenglashguncha to‘p
qisila boradi. Keyin elastik kuchlar to‘p shaklini tiklaydi-da, to‘pning
tezligi muayyan miqdorga qadar keskin ortadi. Bu tezlik zarba
berayotgan oyoqning zarba boshidagi tezligidan sal kamroq bo‘ladi.
Energiyaning bir qismi sarflangandan qolgan deformatsiyaga va
qizitishga ketadi.
Futbol to‘pining elastik deformatsiyasi anchagina. Deformatsiya
fazalari bilan shaklning tiklanishi 0,008-0,013 sekundga yaqin davom
etadi. Oyoq to‘pga tegib turgan vaqtni mumkin qadar uzoqroq davom
ettirish kerak, chunki to‘pning uchish tezligi berilgan kuch (F) bilan shu
kuch ta’siri qancha vaqt (t) davom etganiga bog’liq. Shunday qilib
ishchi fazasi surib borish degan faoliyat bilan tugaydi. Bunda zarba
beruvchi oyoq to‘p bilan birga harakat qilib boradi. Surib borish kattaroq
kuch impulsi (Ft) hosil qilish imkonini beradi va o‘z navbatida bu
to‘pning uchish tezligini oshiradi. Bundan tashqari to‘pning harakat
yo‘nalishi ham ko‘p jihatdan surib borish yo‘nalishi bilan belgilanadi.
Yakunlovchi faza
-keyingi harakatni boshlash dastlabki holatga
o‘tish. Zarba berilgandan keyin oyoq yuqorilab olg’a tomon harakatda
davom etadi. Zarba paytida tayanch sathi ustida bo‘lgan gavda og’irlik
markazi o‘qi oyoq harakati tomonga ko‘chadi. Shu tariqa keyingi
harakatlar uchun eng yaxshi sharoit vujudga keladi.Oyoq bilan to‘p
tepishning ko‘p usullariga bu singari harakat strukturasi xosdir.
Yuqorida bayon etilgan talablarga qat’iy rioya qilish turli usullarda
anchagina kuch bilan to‘p tepish imkonini beradi. Biroq taktik
mulohazalar ko‘pincha harakat fazalarini bajarish vaqtini qisqartirish,
amplituda va muskullar kuchayishini kamaytirishini taqozo etadi.
Bundan tashqari, to‘p tepishning bir qancha usullari texnikasida ba’zi
spetsifik xususiyatlar ham bor.
Dostları ilə paylaş: