19
birga jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturi bilan mos ravishda ma’lum
harakatni o‘rgatish uchun o‘yinni to‘g’ri tanlash muhimdir.
Har doim ham o‘yinni to‘g’ri tanlab olib, samarali ijobiy ta’lim-
tarbiyaga erishish mumkin emas u ko‘proq o‘yinni
tashkil qilish va
o‘tkazish jarayoniga bog’liq.
Ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalarini hal etishda
tarbiyani xususan didaktik printsiplarini umumiy qonuniyatlarini ochib
boruvchi ushbu pedagogikaga amal qilishi zarur.
Harakatli
o‘yinlar bilan shug’ullanish xarakteri bo‘yicha
tarbiyalaydigan bo‘lishi shart. O‘yini mazmunidan foydalangan holda
(mazmuni, harakat qilishi va unga kiruvchi o‘yin qoidalari), pedagog
ma’lum darajada o‘yinchilarni yurish-turishini,
muamalasini tashkil
etadi. Buning uchun u o‘ynaydigan jamoani yaxshi bilishi, o‘yinni
mazmunini o‘rganishi va yuqori pedagogik mahoratga ega bo‘lishi
kerak.
O‘yinda bolalarni o‘ziga xos xususiyati namoyon bo‘ladi. O‘yinda
ularni hulqini va xarakterini o‘rganib olganidan keyin, rahbar haddan
tashqari tez ta’sirchanligini, bahslashishni, noto‘g’riligini yoki o‘yin
qoidalariga rioya qilmasligini, vijdon yo‘qligini
va hulqidagi boshqa
salbiy tomonlarni oldini olish mumkin.
Jamoa o‘yinlarida rahbar o‘yinda maqsadga erishish uchun
o‘yinchilarni birgalashib harakat qilishga o‘rgatadi, bu o‘rtoqlik hissini,
jamoatchilik, topshirilgan vazifaga javobgarlikni his qilish, o‘zini ishini
oxirigacha yetkazishdagi qa’tiyligini tarbiyalashga yordam beradi (aks
holda komandadagi o‘rtoqlari qiynaladi).
Har bir o‘yinda maqsadga erishishda qiyinchiliklari bo‘ladi.
Shuning uchun o‘ynovchilar, o‘yin qoidalarini buzmasdan ularni yengib
o‘tishlari kerak. Bittagina qiyinchilikni yengib o‘tgandan keyin,
boshqasini oldinga surish kerak, chunki bolalar ularni yengib o‘tishda,
zo‘r berishlari kerak. Bu esa mehnatsevarlikni va irodani tarbiyalashga
yordam beradi.
Rahbar u yoki bu o‘yinni o‘tkazishda shuni belgilab olish kerakki, u
asosiy tarbiyaviy va ta’limiy vazifani aniqlashi kerak (masalan, to‘pni
otish va ilib olish nishonga uloqtirish malakalarini takomillashtirish,
20
yengil atletika, gimnastika mag’ulotlarida
egallagan malakalarini
mustahkamlash,
o‘ynovchilarda
jasurlikni
harakatni
bir-biriga
muvofiqligi, jamoatchilikni tarbiyalash joyni oriyentir olish malakalarini
tarbiyalash va b.q)
Bolalarni oldiga nisbatan aniq, yengil va tez hal qilinadigan
vazifalar qo‘yiladi. Masalan, “asirga” tushmaslik, raqiblarni qidirib
topish, o‘rtog’ini qutqarish, raqibni ustidan g’alabaga
erishishdan
iboratdir. Rahbar ayrim vaqtlarda ularni ko‘proq qiyin vazifalarni taklif
qiladi (masalan, to‘pni olib yurish va uzatishni, basketbol o‘yini uchun
halqaga to‘p tashlashni egallash).
Boshqarib boruvchi o‘rgatishni faol va ongli ravishda qilinganlik
printsipi hisoblanadi. O‘yinni o‘tkazishda, rahbar uni mazmunini va
vazifasini shuningdek o‘zini tuta bilish qoidalarini tushintirish shart.
O‘ynovchilarning ongli hulqi o‘yinni takomillashtirishga va uni ijodiy
boyitishga
imkon beradi; bunda o‘yin qatnashchilarini qiziqishi bir
muncha o‘yinni tarbiyaviy ta’sir etishi oshib boradi. Bolalarda o‘yinda
o‘z harakati va ishlariga ongli munosabatda bo‘lishga o‘zining yutuq va
kamchiliklarini tanqidiy muhokama qilishni, o‘rtoqlarini harakatini va
hulq-atvorini tahlil qilishga o‘rgatish kerak.
Agar o‘yin yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lsa faollik oshadi. O‘yinni
takrorlab turish juda foydali bo‘ladi, buni shug’ullanuvchilarni hulqi
ko‘proq o‘z aybiga tushinib boradi, harakat
malakalari takomillashadi,
o‘yinda o‘quvchilar faol qatnasha boshlaydi, eski o‘yin qoidalari
murakkablashadi, yangi vazifalarni yaratadilar (rahbar bilan birgalikda
yoki uni nazorati ostida).
O‘yinga qiziqqonligini ortirib borish bolalarni faollashtirishga ta’sir
etadi, buni ko‘proq bog’liqligi shundaki uni o‘tkazishga unga
tayyorgarlik ko‘rishida. Bolalarni faoligini o‘yindagi tashkilotchilik
malakalarini tarbiyalash uchun foydalanish lozim. Rahbar ularga
yetakchilar, kapitanlarni raisni topshirish bilan maydonchani belgilashga
hakamlik qilishga jalb etish bilan bolalarni mustaqil o‘ynashga o‘rgatishi
kerak. Ularga o‘yinni tashkil qilish va hakamlik
qilishda sekin-asta
ko‘proq mustaqillikka imkon beradi. Tanlangan kapitanlar kamondani
harakatiga rahbarlik qiladi, o‘yin qatnashchilarini orasidan ajratilgan,
hakam, o‘yin qoidalariga aniq rioya qilishni kuzatadi. Rahbar o‘yinni
21
borishida hakamga taktik jihatdan yordam beradi va o‘ynovchilarning
o‘zini to‘g’ri tutishiga yo‘naltiradi.
Dostları ilə paylaş: