Sport va harakatli


HARAKATLI O‘YINLARNING PEDAGOGIK



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

1.4 HARAKATLI O‘YINLARNING PEDAGOGIK 
AHAMIYATI 
 
Hozirgi paytda milliy xalq o‘yinlarining asosiy vazifasi o‘z 
mazmuni va metodikasi bilan bolalarni jamiyatimiz talablariga muvofiq 
ravishda 
tarbiyalashni 
ta`minlash, 
ularda 
ahloqiy, 
irodalilik 
imkoniyatlarini rivojlantirish, ijodkor va bunyodkorlarga xos bilim, 
ko‘nikma 
hamda 
malakalarni, 
o‘quvchilarga 
xos 
xarakterli 
xususiyatlarni sifatlarni shakllantirishdan iboratdir. 
Qadimiy tarbiya sistemasida o‘yinlardan shaxsan shakllantirish 
vositasi sifatida keng foydalanilgan. Muqaddam pedagogik fikr 
namoyondalari o‘yinning tarbiyaviy ahamiyatini g‘oyat ziyraklik bilan 
fahmlashgan. Ular har qanday vaziyatga nisbatan o‘yin vaqtida 
bolalarning hulq-atvorlarini bilib olish, ularning salbiy va ijobiy 
sifatlarini osonroq aniqlash, noo‘rin harakatlarni bartaraf etishning 
yaxshiroq choralarini qo‘llash mumkin dyeb hisoblashgan. Shuning 
uchun o‘sha davrlardayoq bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olib, 
ularga mos o‘yinlarni tanlash masalasi qo‘yilgan. Bolani yoshiga 
muvofiq ishlar va o‘yinlar bilan mashg‘ul qilish zarur deya topilgan. 
Pedagoglar zimmasiga ana shunday o‘yinlarni tanlash vazifasi 
yuklangan.
Yunon faylasufi Platon fanlarni o‘yinlar yordamida o‘rganishni 
tavsiya etgan. O‘yinda bolalar o‘z qobiliyatlarini yaxshiroq namoyon 
yetadi, deb hisoblagan. Shuningdek Platon: «Odamlarga yoqimli 
fanlarni zo‘rlab yemas, balki o‘yinlar orqali o‘qitib, ana shunda kimning 
nimaga moyilligini yaxshiroq ko‘rasan», deya ta`kidlaydi. 
Qadimgi faylasuflardan Aristotel ham bolalarning bo‘sh vaqtini 
mazmunli o‘tkazish uchun o‘yinlardan foydalanish zarurligini, o‘yinlar 
dilxushlikdan iborat bo‘lib, hordiq chiqarishga yordam berishini 
uqtirgan. 
O‘rta asrlar pedagoglari bolalarni jismoniy kamol toptirish uchun 
katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatganlar – jismoniy tarbiya metodikasini ishlab 


11 
chiqib, unda o‘yinlarga katta o‘rin berganlar. Feodal tarbiyasining 
maqsadi 
zadogonlar 
oilasidagilarga 
otda 
yurishni, 
suzishni 
qilichbozlikni, shaxmat o‘ynashni, nayza va qalqondan foydalana olishni 
o‘rgatishdan iborat bo‘lgan. Oddiy xalqning xizmati esa feodalning 
farovonligi uchun mehnat qilish edi.
G.V.Plexanov ibtidoiy o‘yinlar va jismoniy mashqlar biologik 
omillardan emas, balki odamlarning mehnat faoliyatidan kelib 
chiqqanligini ilmiy jihatdan isbotlab byerdi. Ayrim kishi hayotida o‘yin 
myhnatdan oldin paydo bo‘lsa ham, umuman, jamiyatda yesa u faqat 
mehnatni aks ettiradi. Ya`ni G.V.Plexanovning ta’biri bilan aytganda, 
«O‘yin – mehnat farzandi» sifatida vujudga kelgan. Biroq G.V.Plexanov 
o‘yin haqidagi masalani ko‘rib chiqishda anglashilmovchilikka yo‘l 
qo‘ygan. U hayvonlarning harakatidagi zoologik moslashish va o‘yin 
orasidagi tubdan farqlanishning mohiyatini aniqlashdan chetlab o‘tdi. 
Ye.A.Pokrovskiy 
o‘ning maxsus kitobi («Detskiye igri, 
preimushyestvenno russkiye»)da o‘yinlarni bolalarni jismoniy tarbiya 
amaliyotida keng qo‘llash to‘g‘risida fikr bildiradi.
Xalq o‘yinlarini o‘rganish, ishtirokchilarning o‘zaro munosabati va 
hulqi o‘yin tanlashda uni ta`limiy vazifalariga mos kelishini, 
shuningdyek, o‘yinda pedagog bosh rolni o‘ynashi lozimligini ko‘rsatib 
o‘tadi.
Shu bilan birga P.F.Lyesgaft harakatli o‘yinlarning vazifasi va rolini 
aniqlab, asosiy uslubiy ko‘rsatmalarni keltiradi, o‘yin materiallarini 
ikkita guruhga bo‘ladi. Bular 1-guruh oddiy o‘yinlar, 2-guruh murakkab 
o‘yinlardir. 
P.F.Lyesgaft o‘zining jismoniy mashqlar sistemasida o‘yinlarni 
jismoniy tarbiya vositasi sifatida ifodalaydi. O‘yin yordamida bola 
hayotga tayyorlanishni aytadi. P.F.Lyesgaftning harakatli o‘yinlarni 
o‘tkazish uchun qo‘ygan talablari hozirgi paytgacha o‘z kuchini yoki 
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, chunki u har bir o‘yin oldiga aniq 
maqsadlar qo‘yishi, o‘tkazilayotgan o‘yinlar qatnashuvchilarning kuch 
va qobiliyatlariga mos kelishi, o‘yin bilan shug‘ullanuvchilarga ijobiy 
emotsional ta`sir ko‘rsatishi lozimligini, o‘yinlarni sistemali tarzda va 
muntazam 
ravishda 
o‘tkazish, qatnashuvchilarning faolligi va 
mustaqilligini oshirishga harakat qilish zarurligini uqtirgan edi.
O‘yin pedagogik omil bo‘lishi uchun unga pedagogik vazifa ongli 
va maqsadga muvofiq ravishda bog‘lanishi, undan tarbiyaviy maqsad 
hamda vazifalarni hal qilish uchun foydalanilishi shart. Milliy xalq 
o‘yinlariga xos xususiyatlarning boyligi ham ularda xilma-xil tarbiyaviy 


12 
vazifalarning bajarilishini ta`minlaydi.
S.A.Shaminov o‘yinlarning tarbiyaviy imkoniyatlarini ifodalab 
shunday yozgan yedi: «O‘yin go‘yo soyadan, bola bilan birga tug‘ilgan, 
uning hamrohi. Ishonchli do‘stiga aylangan lekin biz uni uzoq yil davom 
etishi uchun yaxshi deb hisoblaymiz. O‘yin katta, ba`zan ko‘z ilg‘amas 
tarbiyaviy rezervlari, g‘oyat keng pedagogik imkoniyatlari tufayli 
insonlar e`tiborini qozonadi». 
Milliy xalq o‘yinlaridan foydalanish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun 
o‘yin bolaning o‘z faoliyati ekanini, undagi tashabbuskorlikni va 
mustaqillikni saqlash hamda rag‘batlantirish zarurligini hisobga olish 
kyerak. 
Milli xalq o‘yinlari tarbiya jarayonida faoliyatning bir turi sifatida 
namoyon bo‘ladi, binobarin, ular ijtimoiy bo‘lib, mehnat va o‘qish bilan 
chambarchas bog‘liqdir. O‘zbek xalq o‘yinlarining ana shu eng muhim 
xususiyatlari ularning tarbiyaviy imkoniyatlarini tahlil qilish ehtiyojini 
tug‘diradi. 
Milliy xalq o‘yinlarining tarbiyaviy jihati haqida gap borar ekan, 
shuni alohida ta’kidlash lozimki, ular eng avvalo bolalarda o‘z 
mahallasiga, qishlog‘iga, shahriga, tabiatga, mamlakatimizda yashovchi 
barcha xalqlarga muhabbat uyg‘otadi, hurmat va ehtirom hislarini, milliy 
g‘ururni tarbiyalaydi. Eng muhimi, o‘zbek xalqining milliy 
madaniyatiga, o‘tmishiga va hozirgi turmushidagi, milliy an`analari 
hamda qadriyatlariga muhabbat uyg‘otadi.
Shuningdyek, o‘quvchilarni halollikka, sahovatlilikka o‘rgatadi, 
kattalarning tajribasini bolalar va yoshlarga o‘tkazishning asosiy vositasi 
sifatida xizmat qiladi. O‘g‘il va qizlarda mehnatga ongli munosabatni 
shakllantiradi. Ularning kuchli, chaqqon, epchil, chidamlilik, serharakat, 
ziyrak, topqir, botir, jasur, o‘zaro hamkor bo‘lishlariga yordam beradi.
A.S.Makarenkoning o‘g‘il va qiz bolaning shaxsiy muvaffaqiyati 
bilangina emas, balki, xususan o‘z komandasi yoki tashkilotining 
muvaffaqiyatlari bilan ham faxrlanish ruhida tarbiyalash zarurligi haqida 
aytgan gaplarni hech qachon unutmaslik kerak. Shuningdek, bolalarda 
har qanday maqtanchoqlikni bartaraf etish, raqib kuchiga hurmat- 
e`tiborni tarbiyalash, ularga uyushqoqlikning, mashq qilishning va 
komandada intizomli bo‘lishining ahamiyatini tushuntirish zarur. 
Nihoyat, bolalarning o‘z muvaffaqiyatlari va mag‘lubiyatlariga jiddiy 
munosabatda bo‘lishiga erishish kerak. 
O‘quvchilar o‘yinni yaxshilab o‘zlashtirib olishlari uchun uni bir 
necha marta qaytarish, bunda ular o‘yindan qanchalik mamnun bo‘lsalar, 


13 
uni shunchalik puxta eslab qolishlarini unutmaslik kyerak. 
Milliy xalq o‘yinlarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan biri shuki, ular 
bolalarda do‘stlik,insonparvarlik, baynalminalchilik, xalqlar o‘rtasidagi 
do‘stlik va hurmat kabi ma`naviy-siyosiy tuyg‘ularni shakllantirishga 
katta ta`sir ko‘rsatadi

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin