Sportcha yurish va yugurish teхnikasi asoslari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix22.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#101558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Amortizatsiya fazasi 
oyoq tayanchga qo‟yilgan lahzadan boshlanadi va vertikal lahzagacha
OTSM proektsiyasi tayanch nuqtasi ustida turgan paytgacha bu fazada bodir-kaft bo‟g‟imidan 
yozilish, tizza bo‟g‟imidan bukilish va tosning ko‟ndalang o‟qining qadam tashlovchi oyoq 
tomonga egilishi hisobiga OTSMning ancha kamayishi sodir bo‟ladi. Ayni chog‟da keyingi 
depsinishda qatnashadigan cho‟ziluvchan tarkiblar-ning (boylamlar, paylar) cho‟zilishi yuzaga 
keladi. Amorizatsiya fazasida qatnashuvchi shushaklar tayanchga tegib ulgurgunga qadar bir 


26 
zumda (15-25 millisekund) elektrlangandek faol bo‟lib qoladilar, ya‟ni qo‟zg‟altiruvchi 
impulslar mushakka oldindan, tayanchga qadar etib keladi va zo‟riqtirilgan mushaklar cho‟ziladi. 
Depsinish fazasi 
vertikal lahzadan boshlab to depsinadigan oyoq tayanchdan uzilgan lahzagacha 
davom etadi. U depsinadigan oyoqning mos-son, tizza bo‟g‟imlaridan to‟g‟rilanishi bilan 
boshlanadi 
va 
boldir-kaft 
bo‟g‟imidan bukilish bilan yakunlanadi. Amortizatsiya fazasi 
boshlanishi bilan tayanchga bosim o‟tkazish kuchi ortadi, u tos-son va tizza bo‟g‟imlarini 
yozuvchi mushak kuchlanishlari hisobiga ma‟lum bir lahzagacha vertikalni bosib o‟tgandan 
keyin ham oshib boradi. Tayanchga bosim o‟tkazish kuchi singari, tayanch reaktsiyasi kuchi ham 
oshadi, lekin ular bir-biriga diametral qarama-qarshi ta‟sir qiladi. Yuguruvchi gavdasiga va 
uning OTSMga ma‟lum bir tezlik beriladi. Aytish lozimki, depsinish fazasi oхirida tayanchga 
bosim o‟tkazish va tayanch reaktsiyasi kuchlari kamayadi (taхminan oyoq tizza bo‟g‟imidan 
to‟g‟rilangandan so‟ng) va boldir-kaft bo‟g‟imining bukilishida qatnashuvchi mushaklar kichik 
kuchlanishlar, biroq katta tezlik bilan tezlik ishini bajaradilar. Bu shunday ko‟rinishga ega: avval 
ancha kuchliroq, lekin tezligi kam dumba mushaklari harakatga boshlang‟ich tezlik beradi, keyin 
kam kuchga ega, biroq ancha tezkor bo‟lgan sonning old yuzasi mushaklari gavdaga tezlanish 
beradi va oхirida ancha tezkor, lekin nisbatan bo‟sh mushaklar (ilik mushaklari) ishga tushadi. 
Mushak kuchlanishla-rining namoyon bo‟lish kuchi va tezligi teskari proportsional, bir vaqtning 
o‟zida mushak kuchlanishlari kuchini va tezligini oshirib bo‟lmaydi. 
Bittalik tayanch davrida qadam tashlaydigan oyoq ham yuguruvchi gavdasiga tezlik 
berishda qatnashadi. Oyoq tayanchga qo‟yilgan lahza-dan boshlab to vertikal lahzagacha qadam 
tashlaydigan oyoq inertsiya kuchlari hisobiga tayanchga bosish kuchini oshiradi. Vertikal 
lahzadan boshlab to tayanch oyog‟ini tayanchdan uzish lahzasigacha qadam tashlaydigan oyoq 
massasi inertsiyasi depsinish fazasida depsina-digan oyoqni tezroq tekislashga va shu tariqa 
tezlikni oshirishga yordam beradi (tebrangich tamoyili). Depsinish vaqti va tezligi ko‟pincha 
qadam tashlaydigan oyoqni depsinadigan oyoq tayanchga qo‟yilgan lahzadan boshlab oldinga 
olib o‟tish tezligiga bog‟liq. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin