Oddiy yurish – insonni joydan-joyga ko’chishidagi tabiiy usuldir. Bunda insonlar kundalik hayotida bevosita foydalanib keladi.
Sayrda yurish – tabiat qo’ynida, bog’ va hiyobonlarda sayr etib yurishdir. Bunda insonnnig markaziy asab tizimi faoliyati yaxshilanadi va sog’likni tiklashda tavsiya etiladi.
Safda yurish – bu yurish turi asosan qurolli kuchlar harbiy qismlari, bo’linmalar, sport tashkilotlari va turli sport tadbirlarini tashkil etishda keng qo’llaniladi.
Tantanali yurish – turli rasmiy marosimlar va tantanalarda foydalaniladi. Jumladan, “Baxtiyor Ona” va “Mustaqillik” monumentlari poyiga gulchambarlar qo’yishda tantanali yurish ifoda etiladi.
Tog’li sharoitda yurish (poxodda yurish) – bunda turli qiyalik va balandliklarga ilonizi yo’nalishida ko’tarilish va tushish demakdir. U boshqa yurishlarga nisbatan kishidan jiddiy e’tibor va havfsizlik choralariga rioya etishni talab etadi.
Sportcha yurish – bu yurish turi boshqa yurish turlariga nisbatan o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Sportcha yurish oddiy yurishga nisbatan 2-2.5 marta yuqori tezlikda ijro etilishi va qadamlar uzunligi bilan farqlanadi. Oddiy yurishda qadamlar uzunligi 50-60 sm.ni tashkil etsa, sportcha yurishda esa 100-120 sm.ni tashkil etadi.
XULOSA Yurish paytida muskullar ishi harakatga keltiruvchi kuch manbai bo’lib xizmat qiladi. Lekin inson tanasidagi ichki kuchlar, muskullarning tortish kuchi o`z-o`zicha odamni joydan joyga o’tkaza olmaydi.Buning uchun tashqarikuchlar ham og’irlik kuchi muhitiningqarshiligi va tayanch reaksiyasi zarurdir.
Oddiy yurish paytida tayanuvchi oyoq oldingi tayanch vaqtida tizza bug’imida bir oz bukiladi. Sondagi to`rt bosh muskulning oyoqning tizza bug’imining yozadigan muskul sifatidagi tusqinlik qilish ishi oldingi, tayanch vaqtidagi to’xtatib qo’yish ta`sirini yumshatadi.
Sportcha yurishdagi oldingi tayanch vaqtida oyoqning tizza bug’imi to’g’ri bo’ladi, shuning uchun tayanchning eng boshida to oyoq tagi yerga tekguncha, oyoq tagi orqa bukuvchilarning (oldingi katta boldirning barmoqlarni yozadigan umumiy uzun muskulning va boshqa barmoqni yozadigan uzun muskulning) yo’l berishi ishi xisobotiga amortizatsiya qilgan bo’ladi.
Depsinish fazasi oyoqning vertikal momentidan oyoq tagi yerdan uzulganga qadar davom etadi.Oddiy yurishda shu payt tossan va tizza bug’imlaridagi oyoq yozadigan muskullarning tupik bug’mining oyoq tagi bukuvchi muskullarningyenguvchi ishi hisobiga oyoq depsinadi.Sportcha yurishdagi depsinish fazasida tizza bug’imi muskullari dinamik ish bajarmaydi.
Vertikal paytda UOM pasayishi tosning tayanch oyoq tos-son bo’g’imiga nisbatan “osilib” past tushishi natijasidir. Bu paytda o’ng va chap tos-son bo’g’imini birlashtiruvchi chiziq bir tomonga og’gani, siltanuvchi oyoqning tizzasi esa tayanch oyoq tizzasidan ancha pastda ekani 24-rasmda ko’rinib turibdi. Bu harakat haddan ortiq bo’lmasligi kerak, chunki u tananing UOM yo’lining to’lqin-simonligini oshiradi. Qo’sh tayanch holatiga o’tish paytida siltanuvchi oyoq sonini ko’tarish va shu bilan ketma-ket oyoq tagi bilan depsinish UOM balandligini ko’taradi (yoki pasaytirmaydi). Qo’sh tayanch holati oldidan tayanch oyoqni to’g’rilash va elkani bir qadar ko’tarish ham shunga yordam beradi. Tez yuruvchi tananing UOM yo’li to’lqinsimonligini kamaytirish va uni to’g’ri chiziqqa yaqinlashtirish uchun yuqorida ko’rsatilgan harakatlarni nazarda to’tishi kerak.
Sportcha yurish paytida UOMning to’g’ri chiziqli yo’ldan yon tomonga chiqishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Chetlanish yurganda tayanchlar siljish o’rta chizig’ining goh u, goh bu yonida bo’lishi natijasidir. Oyoq taglari tashqariga burilgan ekani va ularning ikki parallel chiziq bo’ylab erga qo’yilishi yon tomonlarga tebranishni oshiradi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun, tez yuruvchilar oyoq tagi ichki tomonini to’g’ri chiziqqa yaqinroq qo’yishga intiladilar (25-rasm). Faqat ayrim hollardagina, sportchining shaxsiy xususiyatlariga qarab, oyoq tagi sal tashqi tomonga burilib erga qo’yiladi.