9
olmasligi mumkin. Huddi shunday sport o’yinlarida ham avvallari o’smirlar va
yoshlar jamoasidagi eng etakchi, mahoratli sportchilar ko’pincha kattalar jamoasida
unchalik yahshi va samarali harakat qila olmaydilar.
Yakka (individual) maksimal natijaga erishish tamoyili musobaqa
imkoniyatini chegaralangan tarzda oshishiga bo’lgan talab sifatida qaralishi kerak
hamda sport turining spestifikasi va sportchining yakka (individual) hususiyatlari
nuqtai nazaridan optimal bo’lishi kerak. Shuning
uchun chuqurlashtirilgan
mutahassislik tamoyili o’smirlar sportida kechki ko’p yillik mashg’ulot
boskichlarida ko’zga tashlanadi.
Sportchi umumiy va mahsus tayyorgarligining birlik tamoyilini amalga
oshirish ham muhim o’rin tutadi. O’smir sportchining yoshi va sport malakasi
qanchalik kichik bo’lsa, uning har tomonlama tayyorgarligiga
shunchalik katta
ahamiyat berilishi lozim, chunki o’smirlar sportida bolalarning har tomonlama
garmonik o’sishi zarurligi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yosh
sportchilarning bir hil ishdan tez charchab qolishini va unta bo’lgan qiziqishning
yo’qolishini, boshqa sportga o’tishini, o’yin mavqeining o’zgartirishi va bosh-
qalarni ham inobatga olish lozim.
O’smirlar sportida chegaralangan yuklamalarga bo’lgan
doimiylik va
solishtirma birlik tamoyili doimiylikka urg’u berib amalga oshiriladi, bunda katta
yuklamalar katta sportchilar mashg’ulotiga solishtirganda, tabiiyki, kam ishlatiladi
Dostları ilə paylaş: