Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi


Yuqori malakali sportchi tayorlashda sport saralashi nazariyasi va uslubiyoti



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/82
tarix24.12.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#193051
növüУчебник
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82
Yuqori malakali sportchi tayorlashda sport saralashi nazariyasi va uslubiyoti 
asoslari
Sport saralashi, bu — mavjud qatnashchini sport faoliyatiga kiritish yoki 
kiritmaslik va uni amalga oshirish haqidagi ilmiy bashorat jarayonidir. 
Sport saralashidan sport faoliyatining barcha qatnashchi-lari: sportchilar, 
murabbiylar, hakamlar, sport shifokor-lari, ilmiy kompleks guruhlarining 
mutahassislari o’tishadi. Ko’pincha, ma’lum bir murabbiyning terma jamoaga tayin-
lanishi, unga kiritiladigan kuchli sportchidan ko’ra, sport natijasiga sezilarli ta’sir 
ko’rsatadi. Har bir nomzodga saralash ohir-oqibat qoniqarli yoki qoniqarsiz natija 
berishi mumkin. Qoniqarli saralash — guruh va jamoaga kiri-tilish, o’yinga 
zahiradagi sportchini kiritish, murabbiyni tayinlash; qoniqarsiz saralash esa, 
haydalish (chetlatilish), chiqarib yuborilish, o’yinga qatnashish huquqidan mahrum 
etish, asosiy sportchining zahiradagilar orasiga o’tib qolishidan iborat. 
Sport saralashi sport faoliyati jarayonida doimiy ravishda davom etadi. 
Demak, yangi o’yinchi sport guruhiga qo’shilsa, u bilan ishlash qaysidir sabablarga 
ko’ra, mashg’ulotlarni tugatishi (to’htatishi) to’g’risidagi qaror qabul qilinmaguniga 
qadar davom etadi. Sport saralashi amalga oshirilishi davomidagi vaqt turli hajmda 
bo’lishi mumkin (bir necha soniyadan tortib, to bir necha yilgacha). Masalan, yosh 
sportchilarni boshlang’ich saralash kelajakdagi ko’p yillik sport faoliyatini hisobga 
olgan holda o’tkaziladi. Aksincha, musobaqa faoliyati davomida sportchilarni 
almashtirish, ko’pincha bir necha soniya davomidagi kelajak faoliyatning o’zida aks 
etadi (gandbolda raqibni 7 metrli jarima to’pi otayotgan paytda darvozabonni 
almashtirish singari). 
Sport saralashi jarayoni o’ziga uch bosqichni qamrab olgan: talablar 
mazmunini aniqlash (kelajak faoliyatni ko’rsatib beradigan); aniq nomzodlar 
imkoniyatining bashorati; qoniqarli yoki qoniqarsiz qaror qabul qilish. 


12 
Zamonaviy sport saralashi nazariyasida sportchilarni sara-lashga katta e’tibor 
beriladi. Bunda quyidagi atama va tushuncha-lar ishlatiladi. 
Sport orientastiyasi — sportchining imkoniyatlari eng ko’p darajada 
yoritiladigan, namoyon bo’ladigan sport turi-ning aniqlanishi. 
Selekstiya — sportchilarni tajribasiga ko’ra tanlanishi. 
Jamoalarni jamlash — jamoalarni musobaqalarda qatnashishi uchun 
shakllantirish, shu bilan birgalikda jamoa tarkibining bellashuvlar paytidagi 
jamlanishi. 
Stabil ko’rsatkichlarning namoyish etilishi yosh sportchining individual 
rivojlanishini aniq bashorat qilishga yordam beradi, chunki tengdoshlari orasida har 
qanday ko’rsatkichlar bo’yicha tashabbuskorligi kelajakda ham saqlanib qoladi. 
Masalan, sportchi tanasining uzunligini 9—11 yoshidayoq deyarli aniq aytib berish 
mumkin. Aksincha, tana og’irligini aniq aytib berish ancha murakkab. Shuning 
uchun, har bir sport turida zarur va muhim ko’rsatkichlar guruhi aniqlanadi, ularga 
qarab ko’p yillik tayyorgarlik jarayonidagi saralash amalga oshiriladi. Masalan, 
engil atletikachilarni tanlashda oyoq va tana, gavda uzunligi, jismoniy tayyorgarligi 
va harakat faolligi katta ahamiyatga ega. Murakkab koordinastiyaga ega sport 
turlarida (masalan, gimnastika) sportchining yangi harakatlarga o’rganishi, 
ko’nikishi alohida qiziqish uyg’otadi. Sportchining tayyorgarligiga ko’ra, saralash 
uchun sport natijalari yanada katta ahamiyatga egadir. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin