Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi


Tarbiya berish vazifalari



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/82
tarix24.12.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#193051
növüУчебник
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82
3.Tarbiya berish vazifalari. 
Jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanish tanda, 
bolalarda, joriy qilingan tartibga rioya qilish odatini, hamda, xalq o‘yinlari bilan, 
iloji bo‘lsa, xar kuni muntazam ravishda shug‘ullanish ishtiyoqini uyg‘otish, ularda 
maktab va uyda shu o‘yinni bilan mustaqil shug‘ullana olish layoqatini 
rivojlantirish, ularni o‘z tengqurlari va o‘zlaridan kichik bo‘lgan bolalar jamoasida 
o‘yinlarni tashkil qilish, ularni birgalikda bajarishga o‘rgatish lozim. O‘quvchilarda 
xalq milliy o‘yinlariga mehr bilan, shu o‘yin natijalariga qiziqish bilan va sportchilar 
erishadigan g‘alabalariga havas bilan qarash tuyg‘usini tarbiyalash lozim. 
Milliy xalq o‘yinlarini o‘rganish jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mexnat 
tarbiyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Xalq 
o‘yinlarini bajarish chog‘ida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik, intizomlik
kamtarinlik, mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik, do‘slik tuyg‘usi 
hamkorlik, zamon bilan hamnafas bo‘lib ishlay olish qobiliyati, topshiriqlarni 
mas’uliyat bilan bajarish) ni tarbiyalash, shuningdek, irodaviy xususiyatlar (jasorat, 
qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan engish, chidamlik va 
hakozolar ) ni namoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va imkoniyatlar vujudga 
keladi. 
To‘g‘ri tashkil qilingan milliy halq o‘yinlari bolalar aqlining rivojlanishiga qulay 
imkoniyatlar yaratadi, zero, bunday vaziyatda asab tizimining ham, boshqa barcha 


25 
a’zolar tizimlarning ham faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlar paydo bo‘lishi, 
shubhasiz. 
Xalq milliy o‘yinlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar xalqona an’analariga 
sodiq holda yaxshi tarbiya ko‘radi, o‘rgangan narsalarini puxta eslab qoladi. 
Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) ning, 
shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, 
umumlashtirish va hakozolar) ning, barchasi rivojlana boshlaydi. Milliy o‘yinlar 
jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish layoqatini bolalarda 
tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o‘zlaridagi 
ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari 
tufayli erishadilar. Bolalarda ijobiy hissiyotlarni, odamlar bilan samimiy va quvnoq 
munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash, shuningdek, yuz bergan salbiy ruhiy 
holatlarni tez bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish nihoyatda muhim 
ahamiyatga ega. Buning zarurligi ijobiy hissiyotlar organizmdagi barcha a’zolarga 
foydali ta’sir ko‘rsatishida, harakat malakalarining jadal va mustahkam 
shakllanishini ta’minlashida ko‘rinadi. 
Milliy xalq o‘yinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga 
oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalq o‘yinlarini bajarish jarayonida estetik zavqni 
idrok qilish va o‘ziga singdirishni, go‘zallik, nafosat, ma’nodorlik, qad-qomat, 
liboslar bejirimligi, o‘z atrofidagi barcha narsalarni tushunish, to‘g‘ri qadrlashni 
rivojlantirish, estetikaga va o‘z xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikka bo‘lgan 
moillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va barcha hatti-harakatida qo‘rslik, 
dag‘allikka aslo yo‘l qo‘yilmaslikni rivojlantirish lozim bo‘ladi. Milliy o‘yinlar 
bilan shug‘ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Bolalarning 
salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari shakllanadi, mehnat faoliyati 
uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalarni mehnatga tayyorlashda 
jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy o‘yinlarining tutgan o‘rnini ularga 
tushuntirish va bu tushunchani ularning ongida shakllantirish g‘oyat muhim 
ahamiyatga ega. 


26 
O‘quvchilar jismoniy tarbiyasining vazifalari doimo, jumladan, milliy xalq 
o‘yinlarini o‘rganish va o‘rgatish jarayonida ham uyg‘un holda hal etiladi. Bu 
vazifalar butun jismoniy madaniyat tizimining bolalarga ta’sir etishi tufayligina 
muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin. buning uchun maktabning butun pedagogika 
jamoasi birgalikda ahil xarakat qilishi, maktabda mashg‘ulotlarni tashkil etishning 
turli shakl va usullaridan, ayniqsa, milliy xalq o‘yinlarida, barcha vositalari yaxlitligi 
(kompleksi) dan foydalanish talab etiladi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin