Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi


“Baliqchilar va baliqchalar” o’yini



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/82
tarix24.12.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#193051
növüУчебник
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82
“Baliqchilar va baliqchalar” o’yini . 
Maydоnchaning uchdan ikki qismini dеngiz dеb faraz qilinadi. Uyinchilardan 
ikkitasi baliqchi, qоlganlari «baliqchalar» bo’ladi. «Baliqchalar» dеngizda suzib 
yuradilar (suzganday bo’lib yuradilar). Baliqchi-lar esa qirg’оqqa kеlib, qo’l 
ushlashib turadilar. Hamma «Baliq-chilar baliq оviga chiqadilar!» dеb хitоb 
qiladilar. Kеyin dеn-gizga kirib «baliqchalar»ni o’rab оlib bitta-bitta tuta bоshlay-
dilar. Tutilgan «baliqcha» baliqchilar bilan qo’l ushlashib qоl-gan «baliqchalar»ni 
tuta bоshlaydi. Har bir tutilgan «baliqcha» «baliqchalar»ga qo’shilavеradi, ya’ni to’r 
kеngayib bоradi. Kеyin baliqchalarning ikki chеtdagisi bir-biriga yaqinlashib, qo’l 
ushla-shib оlishadi, binоbarin, to’r bеkiladi. O’rtada qоlgan «baliq-cha»lar to’rni 
yana kеngaytirishadi. Barcha «baliqchalar» qo’lga tushgach, eng kеyin qo’lga 
tushgan ikki «baliqcha» baliqchi rоlini o’ynaydi. O’yin shu tariqa davоm 
ettiriladi.Qo’lga tushgan «baliqchalar» qo’llarni ajratib to’rdan chiqib kеtishlari 
mumkin emas. 
 
11-14 yoshdagi o‘quvchilar uchun darsga kiritiladigan harakatli o‘yinlar 
jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari o‘rnini bosa boshlaydi. 
O‘qituvchi harakatli o‘yinlarni o‘tkazganda V-V1I sinf o‘quvchilari 
organizmning ular yoshiga mos ravishda rivojlanishi kerakligini unutmaslik 
kerak.SHuning uchun darsda o‘yinlar tashkil qilish, o‘tkazish va mashg‘ulotlar 
vaqtida o‘yin materiallarini bolalarga asta-sekin to‘liq berish zarur. O‘yin paytida 
bolalarning juda keskin harakat qilmasligiga qarab turish xar bir bolaning o‘ziga 
yarasha munosabatda bo‘lishi muhum ahamiyatga ega. 
O‘quvchilarga o‘rgatiladigan harakatli o‘yinlar tashkiliy to‘zilishi harakatlarning 
mazmuni jixatdan birmuncha murakkab bo‘ladi. Sport elementlarini o‘z ichiga olgan 
o‘yinlarga shuningdek sport o‘yinlariga ko‘proq o‘rin beriladi. 


20 
V-VII sinflarda harakatli o‘yinlarni darsning ikkinchi va uchunchi qismlarida 
o‘tkazgan ma’qul. Darsning asosiy qismida birorta murakkab sport o‘yinini 
o‘rtanishga zamin tayyorlash uchun ba’zi bir o‘yinlarni kiritish mumkin bundan 
maqsad o‘quvchilarni sport o‘yinlariga tayyorlashdir.
Ma’lumki VIII-IX sinf o‘quvchilari ijtimoiy va ishlab chiqarishga oid ishlar 
bilan shug‘ullanadilar.Bu xol ulardan harakatli o‘yinlar uchun ajratilgan vaqtni tejab 
sarflashni talab etadi ular ko‘proq sport bilan shug‘ullanadilar. 
Harakatli o‘yilarni o‘tkazishda o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga 
olishda eng avvalo o‘quvchilarni yoshiga, jinsiga va fiziologik xususiyatlarini 
e’tiborga olishni taqozo etadi. Bundan tashqari o‘yinlarni qay holatda, qaerda, 
o‘tkazilishi muhim ahamiyatga egadir. Harakatli o‘yinlar o‘z vazifasiga ko‘ra bilim 
beruvchi, sog‘lomlashtiruvchi, davolovchi hamda hordiq chiqaruvchi bo‘limlarga 
bo‘linadi. Milliy o‘yinlardan foydalanish jarayonida boshlang‘ich maktab 
o‘quvchilarining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak: 
Harakatli o‘yilarni o‘tkazishda o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga 
olishda eng avvalo o‘quvchilarni yoshiga, jinsiga va fiziologik xususiyatlarini 
e’tiborga olishni taqozo etadi. Bundan tashqari o‘yinlarni qay holatda, qaerda, 
o‘tkazilishi muhim ahamiyatga egadir. Harakatli o‘yinlar o‘z vazifasiga ko‘ra bilim 
beruvchi, sog‘lomlashtiruvchi, davolovchi hamda hordiq chiqaruvchi bo‘limlarga 
bo‘linadi. Milliy o‘yinlardan foydalanish jarayonida boshlang‘ich maktab 
o‘quvchilarining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak: 
Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va o‘zaro 
muomalasiga, munosabatiga qiziqadi. 
Bolalar xalq o‘yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali jo‘shqin his-
tuyg‘uli jihatlarini aks ettiradilar. 
Milliy o‘yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda 
yashayotganini his etgan holda o‘z istagini amaliyotga tadbiq qiladi.
Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida 
namoyon bo‘lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o‘chmas iz 
qoldiradi.


21 
Shu bobni xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o‘yinlaridan foydalanishda, 
ularni qo‘llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab 
etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil 
bo‘ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog 
YA.N.Komenskiy ham o‘z vaqtida ta’kidlagan edi. 
Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib 
turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga soluvchi 
yurish-turish shakllarining to‘g‘riligini talab etadi. 
Bolalarning 
bu yoshida tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarini 
muvozanatligini yuzaga keltirishda kattalar talabining tizimliligi va o‘zini tuta 
bilishga odatlantirish katta rol o‘ynaydi. 
Milliy o‘zbek o‘yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab o‘quvchilari sevib, maroq 
bilan o‘ynamoqdalar. Bunday o‘yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki 
hovlilar va bog‘, parklarda dam olish soatlarida o‘ynaladi. Muhim sifatlarni 
rivojlantirishga mo‘ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga doir 
bayon qilingan material, ko‘proq o‘yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni tushuntirish 
va faol dam olish uchun, qisqacha pauzalar bo‘lgan kichik dozada uzluksiz 
bajariladi. O‘yin mashqlaridan keyin bo‘shashtiradigan, ohista yuriladigan 
mashqlarni yoki diqqat-e’tiborini o‘stiradigan mashqlarni berish lozim. 
Har xil maktab yoshidagi bolalar bilan harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va 
o‘tkazish turli-tuman tusga ega bo‘ladi. Harakatli o‘yinlar o‘tkazish metodikasi 
bolalarning ruhiy va fiziologik xususiyatlariga, ularning umumiy rivoji va 
tayyorgarligiga bevosita bog‘liq. Bolalar bilan ishlash amaliyoti harakatli o‘yinlar 
o‘tkazish metodikasi to‘rtta asosiy yosh guruhiga mos ravishda ko‘rib chiqilishi va 
har birining yosh xususiyatlariga ko‘ra barcha bolalarning o‘yinga qiziqishiga 
nisbatan o‘zaro yaqinligini ko‘rsatadi. Bu guruhlar quyidagilarni tashkil etadi: 1-2-
sinf o‘quvchilari: 7-9 yoshli bolalar; 3-4-sinf o‘quvchilari: 9-11 yoshli bolalar; 5-9-
sinf o‘quvchilari: 12-15 yoshli o‘smirlar va AL va KHK o‘quvchilari: 16-18 
yoshdagi yoshlar. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin