89
mashq mashg’ulotlari yoki musobaqalarda yuzaga keladigan vazifalar hal qilinadi.
Bevosita deaktullashtirish va bilvosita deaktuallashtirish mavjud. Yosh sportchiga
raqib tayyorgarligining ojiz tomonlarini ko’rsatish bevosita deaktuallashtirish
bo’lsa, yosh sportchining kuchli tomonlarini ta’kidlab va ajratib ko’rsatish
bilvosita deaktullashtirishdir.Bunday verbal ta’sir o’tkazishda o’ziga ortiqcha
ishonch pay do bo’lishining oldini olish uchun murabbiydan muayyan pedagogik
taktni talab qiladi.Bu metod kuchsiz va qo’zg’aluvchan asab tizimiga ega yosh
sportchilarga nisbatan ishlatilganda ko’proq samara beradi.
Verbal ta’sirning yuqorida ko’rsatilgan barcha vositalari murabbiy
tomonidan qo’llanilishi mumkin, zero hozirgi vaqtda murabbiy tarbiyaviy ish va
yosh sportchilarni psixologik tayyorlash muammolaridan chetda turishi mumkin
emas.
Stol tennisidagi yuqori natija sportchi tomonidan musobaqalar Sharoitida
erishilgan salohiyatni amalda qo’llashga yo’naltirilgan, hajmi, jadalligi va
mazmuniga ko’ra turli-tuman bo’lgan ishni bajarishni ko’zda tutadi. Ruhiyatning
muayyan xususiyatlariga ega bo’lgan shaxsgina juda ulkan zo’riqishlarga dosh
berib, bunday sharoitlarda samarali harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: