Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi


XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA TANLASH



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/82
tarix24.12.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#193051
növüУчебник
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82
XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA TANLASH, 
TAHLIL QILISH VA O‘TKAZISH METODIKASI.
3 yashar bolalarning bilim doirasi tor bo‘ladi, dikkati doimo chalgib turadi. 
SHuning uchun bolalarga oddiy va ular oson to‘shinadigan o‘yinlarni o‘rgatish 
kerak. Bunday o‘yinlarda qush va xayvonlar yoki ularning rasmlari, o‘yinchoqlar, 
ertaklardan foydalanilsa yaxshi bo‘ladi. Bu o‘yinlar albatta mazmunli va ibratli 
bo‘lishi shart. 
Shu yoshdagi bolalarni o‘yinlarga o‘rgatishda mashqlar katta axamiyatga ega 
bo‘ladi. Bunday o‘yinlarda mazmun bo‘lmaydi, ularga oddiy topshiriqlar masalan: 
bayroqni olib kelish, qo‘ng‘iroqchani jiringlatish, koptokka etib olish kabi 
topshiriqlar beriladi. Harakatlar esa (yurish.yugurish va boshqalar) bolalarga tanish 
xamda qiynalmasdan bajaradigan bo‘lishi lozim. 
Mazmuni bolalarga tanish bo‘lgan va harakatlarga singdirib yuborilgan 
o‘yinlarni kichkintoylar juda qiziqib o‘ynaydilar. Bu esa kichkintoylarning harakat 
qobiliyatini rivojlantirish ularni ochiq joyda to‘g‘ri yurishga o‘rgatishda katta 
axamiyatga ega bo‘ladi, faolliy va mustaqillikni tarbiyalashga yordam beradi. 
4 yashar bolalar bilim doirasining kengayishi va harakatida tajribalar ortishi 
bilan harakatli o‘yinlarning mazmuni xam xilma-xil bo‘la boradi. Qush va xayvonlar 
harakatiga, transport turlariga turli narsalarga taqdid qilib, bajarilgan harakatlar 
o‘yinlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. O‘yinlarda bolalarga buyumlarni tanish 
shaklini (kub, doira, kvadrat shaklini) eslab qolish bilan bog‘liq bo‘lgan topshiriqlar 
ranglarni ajratish tovushlarni farq qilish kabi topshiriqlar bera boshlash kerak. 
Ko‘pchilik harakatli o‘yinlar mazmunini kengaytirish va shartli vazifalar qo‘yish 
lozim. Bu yoshda harakatlarni rivojlantirish uchun qo‘yiladigan o‘yin shartlari bilan 
bolalarning idrok etishida fikr bo‘ladi. Asta-sekin bolalarning vazifani bajarishga 
munosabati o‘zgaradi Masalan 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalar o‘yinda ko‘pincha 
ma’suliyat sezmagan bo‘lsalar (masalan, bo‘ri bitta quyonni tutadi, uni tutib 
olganidan keyin u bilan birga yugurib, o‘ynab ketadi, boshqa quyonlarga esa e’tibor 


15 
bermaydi), endi bolalar o‘zlariga yuklatilgan vazifani tushunadigan bo‘ladilar (endi 
bo‘ri quyonni tutib olgandan keyin uni to‘xtatadi, uyiga olib keladi, egundan keyin 
boshqa quyonlarni tuta boshlaydi). O‘yinda ko‘pincha tarbiyachi boshlovchi bo‘ladi. 
O‘yindagi harakatlarning mazmuni tushunarli va qiziqarli bo‘lishi juda muxim. 
Bu ularning faoliyatini oshiradi, harakatlarga xis-xayajon va jo‘shqinlik 
bag‘ishlaydi. 
To‘rt yoshga qadam qo‘ygan bolalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda harakatlarni 
ancha murakkablashtirish (kubiklar ustiga chiqish, ustida cho‘qqayib o‘tirish, undan 
tushish, stul tagiga emaklab kirish va xokazo) xamda xar xil harakatlarni bir-biriga 
qo‘shib qilish kerak bo‘ladi (koptokni tutish uchun irgishlab sakrash va xokazolar). 
Bunday murakab harakatli o‘yinlarda ishtirok etgan bolalar bir-birlaridan o‘zishga 
harakat qiladilar. 
Bu xildagi harakatli o‘yinlar xamisha xam birgalikda o‘ynaydigan o‘yinlar 
xisoblanmaydi. Bu o‘yin- mashqlarda ayniqsa ko‘proq namoyon bo‘ladi. Ko‘pchilik 
bo‘lib ashula aytib o‘ynaladigan o‘yinlar va qofiyali so‘zlar jo‘rligida o‘ynaladigan 
o‘yinlar keng qo‘llanadi. Bunday o‘yinlarda bolalarni xamjixatlikka va harakatlarni 
birgalashib bajarishga erisha borish mumkin. 
5 yashar bolalarning harakatli o‘yinlari mazmuni rang-barang, atrof tevarakda, 
xayotda uchraydigan voqealar to‘g‘risida ularning tasavvuri va bilimi oshib borishi 
bilan bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning o‘yin vaqtida faol harakat qilishi ko‘p jixatdan 
ularning malakasi va ko‘nikmasiga, tevarak -atrofni yaxshi bilishiga, harakatlarni 
saboq, chaqqkonlik idrok va xamkorlikda bajarishga bog‘lik bo‘ladi. Aksariyat 
o‘yinlarda boshlovchi bo‘ladi, lekin ba’zan bu vazifani o‘yinchilarning 2-3 tasi 
bajarishi mumkin. O‘rta gruppa uchun mo‘ljallangan harakatli o‘yinlarning ba’zilari 
mazmuniga va bajariladigan vazifa tasviriga ega bo‘lmaydi. Bunday o‘yinlarga 
musobaqa tusini kiritish xam mumkin. Ko‘pincha qofiyali so‘zlar o‘yin mazmunini 
ochib beradi va uni to‘ldiradi, harakat uchun ishora xizmatini o‘taydi. So‘zlar 
ko‘pchilik bo‘lib aytilsa, yana xam yaxshi bo‘ladi. 
6 yashar bolalar bilim doirasi tobora kengayib boradi binobarin, harakatli 
o‘yinlarning mazmuni xam murakkablashadi. 


16 
O‘yin koidalari xam murakblashib borishi tufayli ularni bajarishda aniqlik 
dikkat-e’tibor, sabr-toqat, signaldan tez ta’sirlanishga o‘rtanish, ortiqcha 
harakatlarni cheklash (aniq bir yo‘nalishda yugurish, tutilganlarning chetga chiqishi 
va xokazo) talab etiladi. O‘yin qoidasi intizomning tarkib topishiga yordam beradi. 
Ma’lumki, harakatli o‘yinlarda ishtirok etish uchun bolalarni guruxlarga bo‘lish 
kerak bo‘ladi, bunda ko‘pincha kuchli o‘g‘il bolalar bilan qizlar, faqat qizlar bilan 
guruxlashishga intiladilar. Bu o‘yinning borishiga va natijasiga ta’sir etadi. SHuning 
uchun tarbiyachi kuchliroq bolalarni nimjonroq bolalar bilan, o‘g‘il bolalarni qizlar 
bilan gurux-gurux qiladi. 
Bunda o‘g‘il va qiz bolalarning odob-axloqni bo‘lishi, yaxshi tarbiya topishi katta 
axamiyatga ega bo‘ladi. Bundan tashqari o‘g‘il bolalar qizlardan qolishmaslik uchun 
ancha tashabbuskor bo‘ladi, qizlarni xurmat qilishga o‘rganadi. 
7-10 yashar bolalar uchun harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya darsining asosi 
hisoblanadi. SHuning uchun ham maktab programmasida boshqa materiallarga 
nisbatan o‘yinlarga ko‘proq o‘rin ajratiladi. Buning sababi shundaki dasto‘rga 
kiritilgan turli xil jismoniy mashqlarni bolalar xilma-xil o‘yinlar vositasida osongina 
idrok qiladilar va o‘zlashtiradilar. 
O‘yinlarda yugurish, sakrash va uloqtirish yoki irg‘itish mashqlariga aloxida 
e’tibor berish lozim. Bu yoshdagi bolalar bilan oddiy va o‘rtacha murakkab 
o‘yinlarni o‘tkazish bilan birga, agar bolalar etarli darajada tayyorlangan bo‘lsa, 
ancha murakkabroq ya’ni komandalarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarni xam 
o‘tkazish mumkin. Bolalar bu o‘yinlarda "Bir qishi hamma uchun, hamma bir qishi 
uchun" degan prinsip asosida birga o‘ynashga o‘rganadilar. SHunda ularda o‘zlari 
bilan birga o‘ynayotgan o‘rtoqlari uchun javobgarlik xissi uyg‘onadi. Komanda 
o‘yinlari etarli darajada chaqqon, xozirjavob, farosatli va baquvvat bo‘lishni talab 
etadi. Jismoniy tarbiya darslari ko‘pincha turli o‘yinlardan tarkib topadi va bundan 
tashqari darsga basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi va futbol kiritiladi. 9-10 yashar 
bolalarning o‘yinlari birmuncha murakkablashtiriladi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin