Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi


O’smir sportchilarning ko’p yillik mashg’uloti asoslari



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/82
tarix24.12.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#193051
növüУчебник
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
O’smir sportchilarning ko’p yillik mashg’uloti asoslari 
O’smir sportchilarning ko’p yillik tayyorgarligi o’ziga to’rt bosqichni 
jamlaydi va ularning har biri ma’lum bir vazifa-larning echilishini talab etadi (M.Ya. 
Nabatnikova). Saralash tayyorgarlik bosqichi sport mashqlariga bo’lgan qiziqishni 
shakllantirish, sog’liqni mustahkamlash, turli tomonlama jismoniy tayyorgarlikka 
ega bo’lish masalalarini (vazifalarini) hal etadi. Tehnik tayyorgarlikda harakatli 
bilim va uquvlarning zaruriy zahirasini yaratish uchun turli sport turlaridan turli hil 


10 
mashqlarni o’zlashtirishga, yangi harakatlarning tezda o’zlashtirishni rivojlantirish 
sifatlariga muhim ahamiyat beryladi. Bu bosqichda keyingi mashqlarni bajarish 
uchun qaysidir bir sport turi tanlanadi. Bosqich kamida ikki yil davom etadi. 
Boshlang’ich sport ihtisosligi bosqichi turli tomonlama jismoniy 
tayyorgarlikni davom ettiradi, biroq mahsus jismoniy tayyorgarlik vositalari ham 
ishlatila boshlaydi. Bunda yosh sportchi tanlangan sport turining tehnikasi asoslarini 
o’zlashtirishi lozim. Taktik tayyorgarlik sport bellashuvini olib borishning oddiy, 
sodda usullarini o’zlashtirish bilan cheklanadi, musobaqa tajribasiga ega bo’lish 
boshlanadi. Bu bosqichda ko’riladigan muhim vazifalar sport sifatlarini 
mukammalroq 
aniqlash, 
zarur 
paytda 
sport 
ihtisosligini 
aniqlash 
hisoblanadi.Bosqich davomiyligi ikki—uch yilni tashkil etadi. 
Chuqurlashtirilgan mashg’ulot bosqichi tanlangan sport turida mashg’ulot va 
musobaqa yuklamalari hajmining ortishiga bog’liq. Turli hil jismoniy tayyorgarlik 
bilan bir qatorda mahsus jismoniy tayyorgarlikka ham katta e’tibor qaratiladi. 
Tehnik tayyorgarlikning yuqori talablariga javob beruvchi harakatli bilim va uquvlar 
shakllanadi. Taktik tayyorgarlik tanlangan sport turiga va sportchining ihtisosligiga 
moe kelishi lozim. Musobaqa tajribasiga ega bo’lish davom etadi. Bosqich ikki-uch 
yil davom etadi. 
Sportning mukammallashish bosqichi sportchining mahsus tayyorgarligini 
oshirishga qaratilgan. Mashg’ulot yuklamalarining hajmi va jadalligi sezilarli usadi, 
tehnika mukammallashishi davom etib, uning individuallashishi va har qanday 
musobaqa holatidagi samaradorligi oshadi. Taktik tayyorgarlikda sportchi 
musobaqa bellashuvini olib borishning barcha jihatlarini, sirlarini o’zlashtirishi 
kerak. Boshqa bosqichlardan farqli ravishda, bu bosqichda yosh sportchidan uning 
kelajakdagi yutuqlarini ishonchli bashorat qilishga yordam beradigan ancha yuqori 
natijalar kutiladi va talib etiladi. Bu bosqich ko’pincha tayyorgarlikning to’rt yillik 
Olimpiya stikliga ko’ra quriladi. 


11 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin