Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi


Sog‘lomlashtirish vazifalari



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/82
tarix24.12.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#193051
növüУчебник
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82
1.Sog‘lomlashtirish vazifalari. 
7-8 yoshli ya’ni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 
jismoniy tarbiyasining eng asosiy vazifasi bola hayotini muhofaza qilish va uning 
sog‘ligini mustahkamlash, uning organizmini chiniqtirish yo‘li bilan o‘zini himoya 
qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirish, tashqi muhitning 
noqulay sharoitlariga bardosh berishga o‘rgatishdan iborat. Bulardan tashqari 


23 
bolalarda har qanday ishga layoqatlilik xususiyatini oshirish juda muhim ahmiyatga 
ega. Bola organizmining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgani sababli, 
uning vazifalariancha aniqroq shaklda ifodalanadi: bola suyagining behato va o‘z 
vaqtida qotishiga, orqa umurtqadagi egik joylarning shakllanishiga, tovon 
yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay bo‘g‘in aparatlarini pishitishga yordam 
ko‘rsataliladi (o‘yinlar); gavda qisimlarining o‘zaro to‘g‘ri rivojlanishiga imkon 
yaratiladi (o‘yinlar); barcha mushak guruhlari rivojlantiradi. 
Shuningdek, yurak qon tomir tizimi faoliyatini takomillashtirishga imkon 
yaratish lozim: qonning yurakka qarab oqishini kuchaytirish, yurakning bir 
me’yorda ishlashini yaxshilash va uning kutilmaganda o‘zgargan yuklamaga 
moslashish layoqatini rivojlantirish; ko‘krak qafasi harakatchanligini kuchaytirish, 
chuqur-chuqur nafas olish va bu faoliyatining uzoq vaqt turg‘un bo‘lishini 
ta’minlash, o‘pkaning hayotiy sig‘imini kegaytirish, burun bilan nafas olishni 
yaxshilash, ichki a’zolarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash, markaziy asab tizimini 
takomillashtirish; hayojonlanish va tormizlanish holatlarining harakatchanligini bir 
me’yorda bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, harakatlantiruvchi analizatorni va his 
tuyg‘u organlarni kamolotga etkazish lozim. 
2.Ta’lim berish vazifalari. 
7-8 yoshli o‘quvchilar bilan milliy xalq o‘yinlarini 
o‘tkazish jarayonida ta’lim berish vazifalarini bajarish ham muhim ahamiyatga ega. 
Bu vazifalar: harakat malakalari va layoqatlarini shakllantirish, jismoniy fazilatlar 
(chaqqonlik, tezlik, qayishqoqlik, muvozanatni saqlash, epchillik, baquvvatlik, 
chidamlilik) ni rivojlantirish, gavdani to‘g‘ri tutishni, jismoniy tarbiya haqidagi 
bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat. Asab tizimining qayishqoqligi tufayli bolalarda 
harakat malakalari kattalarga nisbatan osonroq shakllanadi. Bu malakalarning 
ko‘pchiligi (yurish, yugurish, sakrash) dan bolalar kundalik hayotda harakatlanuvchi 
vositalar sifatida foydalanadilar. Harakat malakalari bolaning atrof-muxit bilan 
muloqot qilishini engillashtiradi va uni idrok qilishiga ko‘maklashadi. 
Tanlab olingan xalq milliy o‘yinlarini to‘g‘ri bajarish bola mushaklari, paylari, 
bo‘g‘imlari, suyuk tizimining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Puxta 


24 
shakllantirilgan harakat malakalarini amalda qo‘llash bilan, o‘yinlarni bajarish 
chog‘ida bola kuchini tejashda va uning etiborini o‘yin faoliyati paytida tasodifan 
sodir bo‘luvchi turli-tuman vazifalarni idrok qilishga imkon yaratadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga jismoniy madaniyat bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lgan bilimlar (o‘yinlarning foydali tomoni, jismoniy mashg‘ulotlarning 
axamiyati va texnikaviy ijrosi, ularni bajarish usullari, xalq milliy o‘yinlarning 
qoidalari va boshqalar) xaqida ma’lumot berish katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar 
olgan bilim qancha chuqur bo‘lsa, ular xalq o‘yinlaridan shuncha oqilona 
foydalanishlari, o‘yinlar bilan shuncha samarali shug‘ullanishlari hamda maktab va 
oila muhitida jismoniy madaniyat qurollarini mustaqil ishlata bilishlari mumkin. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin