Sportva harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/82
tarix24.12.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#193051
növüУчебник
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82
O‘yinni taxlil qilish 


22 
O‘yinni natijalarini e’lon qilishda o‘yinni tushinib etish, o‘yin qatnashchilari 
tomonidan texnik usullar va texnikasida qo‘yilgan xatosini ko‘rsatib berish zarur. 
Kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘yinni syujetini taxlil qilishda o‘yinni syujetini 
rivojlantirishdagi ijobiy va salbiy tomonlarni, aloxida rollarni yaxshi bajargan o‘yin 
qatnashchilarini ko‘rsatib o‘tish juda foydali bo‘ladi. Ijobiy tashabbus ko‘rsatgan va 
o‘yin qoidalariga rioya qilgan o‘quvchilarni aloxida o‘rnak uchun ko‘rsatib o‘tish 
kerak. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ya’ni o‘yin jarayonini o‘tkazishini o‘zi juda 
murakkab: u nafaqat bolalarni yosh xususiyatlariga, ishlash sharoitiga, balki 
bolalarni jamoa bo‘lib o‘ynashga tayyorgarligiga, ularni kayfiyatiga, o‘yin rahbarini 
o‘zining maxoratiga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘yinni o‘tkazish pedagogik jarayon 
bo‘lib, uni xardoim ham oldindan aytib bo‘lmaydi. 
Bolalar bilan shug‘ullanishni amaliy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘yin jarayonida 
o‘ynovchilarni harakatini taxlil qilishni va tuzatishni bilish, to‘g‘ri taxlil qilishni va 
o‘yinni raxbari sifatida o‘zini xulqini baxolashni bilish o‘yinga raxbarlik qilish 
maxoratini takomillashtirishga yordam beradi. 
Jismoniy madaniyat 
tizimidagi barcha soha va bosqichlarning birdan-bir va 
yagona maqsadi-insonni to‘g‘ri yashashga tayyorlashdir. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari jismoniy tarbiyasining vazifalari bolalarning yoshiga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, lekin bunda jismoniy madaniyatning 
umumiy maqsadi ko‘zdan qochirilmaydi. 
Maktabda boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilari 
jismoniy 
tarbiyasida 
sog‘lomlashtirish, ta’lim berish va tarbiya berish vazifalarini amalga oshirish ko‘zda 
tutiladi. Xalq milliy o‘yinlari orqali bu vazifalarni yaxlit holda bajarish imkoniyatlari 
ko‘proq ko‘rinadi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin