25
a’zolar tizimlarning ham faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlar paydo bo‘lishi,
shubhasiz.
Xalq milliy o‘yinlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar xalqona an’analariga
sodiq holda yaxshi tarbiya ko‘radi, o‘rgangan narsalarini puxta eslab qoladi.
Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya,
tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) ning,
shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash,
umumlashtirish va hakozolar) ning, barchasi rivojlana boshlaydi. Milliy o‘yinlar
jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish
layoqatini bolalarda
tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o‘zlaridagi
ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik,
topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari
tufayli erishadilar. Bolalarda ijobiy hissiyotlarni, odamlar bilan samimiy va quvnoq
munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash, shuningdek, yuz bergan salbiy ruhiy
holatlarni tez bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish nihoyatda muhim
ahamiyatga ega. Buning zarurligi ijobiy hissiyotlar organizmdagi barcha a’zolarga
foydali ta’sir ko‘rsatishida, harakat malakalarining jadal va mustahkam
shakllanishini ta’minlashida ko‘rinadi.
Milliy xalq o‘yinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga
oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalq o‘yinlarini bajarish jarayonida estetik zavqni
idrok qilish va o‘ziga
singdirishni, go‘zallik, nafosat, ma’nodorlik, qad-qomat,
liboslar bejirimligi, o‘z atrofidagi barcha narsalarni tushunish, to‘g‘ri
qadrlashni
rivojlantirish, estetikaga va o‘z xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikka bo‘lgan
moillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va barcha hatti-harakatida qo‘rslik,
dag‘allikka aslo yo‘l qo‘yilmaslikni rivojlantirish lozim bo‘ladi. Milliy o‘yinlar
bilan shug‘ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Bolalarning
salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari shakllanadi,
mehnat faoliyati
uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalarni mehnatga tayyorlashda
jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy o‘yinlarining tutgan o‘rnini ularga
tushuntirish va bu tushunchani ularning ongida shakllantirish g‘oyat muhim
ahamiyatga ega.
26
O‘quvchilar jismoniy tarbiyasining vazifalari doimo, jumladan,
milliy xalq
o‘yinlarini o‘rganish va o‘rgatish jarayonida ham uyg‘un holda hal etiladi. Bu
vazifalar butun jismoniy madaniyat tizimining bolalarga ta’sir etishi tufayligina
muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin. buning uchun maktabning butun pedagogika
jamoasi birgalikda ahil xarakat qilishi, maktabda mashg‘ulotlarni tashkil etishning
turli shakl va usullaridan, ayniqsa, milliy xalq o‘yinlarida, barcha vositalari yaxlitligi
(kompleksi) dan foydalanish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: