8-mavzu: Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikda yangicha
yondashuvlar
Reja:
1. “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanini o‘qitish konsepsiyasi
2. Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlikda yangicha yondashuvlarning
mazmun va mohiyati.
Tayanch iboralar: yondashuv, konsepsiya, xalqaro talablar, axborot-
komunikatsiya, zamonaviy usullar.
“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanini o‘qitish
konsepsiyasi
“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanini o‘qitish Konsepsiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 29- apreldagi PF-5712-sonli
Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan
ishlab chiqilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 -yil 23 -fevraldagi
“Yoshlarni harbiy-vatanpavarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi to‘g‘risida”gi
140-sonli Qarori asosida o‘quvchi yoshlarni tarbiyalash;
- “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanini Davlat ta’lim
standarti talablarini ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro
talablarga muvofiqligini ta’minlash;
- “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanini dastur va
darsliklarning mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek o‘qitish
metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tamoyillarini bosqichma-
bosqich tatbiq etish;
- “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” darslarida zamonaviy
axborot-komunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish va ulardan samarali foydalanish;
- Ta’lim muassasalarida darslardan tashqari harbiy-vatanparvarlik ruhidagi
to‘garaklarni joriy etish;
- O‘quv yili davomida “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik”
fanidan olgan nazariy-amaliy bilimlarini harbiy xizmatda qo‘llay bilish;
- Fan bo‘yicha davlat ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |