Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik


-bob. Kontseptsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar



Yüklə 237,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix16.12.2022
ölçüsü237,18 Kb.
#75511
1   2   3   4   5
QDpUApFqIF71m7Q03jlEVESUROuVG96K4GziQ2YS

4-bob. Kontseptsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar 
9. Kontseptsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali 
O‘zbekiston Respublikasining xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishda 
quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi: 
- STEAM fanlarni va tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil 
qilish kompetentsiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urg’u berishni 
hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob 
beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlari joriy etiladi;
- xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim 
sifatini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va izlanishlar (PISA, TIMSS, PIRLS 
va boshqalar)da O‘zbekiston Respublikasining doimiy ishtiroki ta’minlanadi;
- ta’lim dasturlari va muassasalarini akkreditatsiya qilish uchun 
O‘zbekiston Respu-blikasining yetakchi xalqaro birlashmalarga kirishi 
ta’minlanadi; 
- xorijiy til, informatika, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini 
chuqur o‘rganishga mo‘ljallangan didaktik materiallar va mulьtimedia 
mahsulotlarining yangi avlodlari tayyorlanadi;
- muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan umumta’lim muassasalari negizida 
tarmoq maktablari yaratiladi va ushbu tarmoqqa o‘quvchilarni qamrab olish 
koeffitsienti past bo‘lgan boshqa maktablar ham kiritiladi; 
- Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan 
Prezident maktablari tashkil etiladi; 
- 4 860 umumta’lim muassasasi tasdiqlangan baholash mezonlariga 
muvofiq «Zamonaviy maktablar»ga aylantiriladi; 


- davr talabidan kelib chiqib, pedagog kadrlar malakasini oshirish 
kurslarining o‘quv dasturiga asosan o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish 
maqsadida elektron resurslar yaratiladi; 
- maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish va bolalarni maktabdan 
tashqari ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish o‘quvchilar umumiy soniga nisbatan 
50 foizga yetkaziladi; 
- oliy ta’lim muassasalarida «Xalq ta’limi sohasida boshqaruv» yo‘nalishi 
bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi; 
- umumta’lim fanlari bo‘yicha 3 mingga yaqin pedagog ixtisosligi 
bo‘lmagan kadrlar pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qitiladi; 
- xalq ta’limi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarining elektr energiyasi, 
tabiiy gaz, ko‘mir, ichimlik suvi va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz 
ta’minlanishi tashkil etiladi; 
- barcha ta’lim muassasalarining internet tarmog’iga to‘liq ulanishi 
ta’minlanadi; 
- barcha umumta’lim maktablarida o‘zlashtirish jurnallari va kundalik 
yozuvlarning elektron shakllaridan foydalanish, davomatni masofadan monitoring 
qilish, o‘quvchilarning kelish va ketish vaqtlari nazorati bilan bog’liq bo‘lgan 
o‘quv jarayonini avtomatlashtirish tizimi joriy etiladi; 
- barcha umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarni qabul qilish va boshqa 
ta’lim muassasalariga o‘tkazish uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmi 
joriy etiladi; 
- barcha umumta’lim maktablarida o‘quvchining identifikatsiya kartalari 
(ID-karta, NFC belgisi va boshqalar) joriy etiladi.
Nazorat savollari: 
1. “Yoshlarni harbiy-vatanpavarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi to‘g‘risida”gi 
140-sonli Qarori qachon qabul qilingan? 
2. Xalq ta’limi tizimining asosiy maqsad va rivojlanish yo‘nalishlari nimalardan 
iborat? 


3. Kontseptsiyani amalga oshirishda nimalar ko‘zda tutilgan?


Yüklə 237,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin