3-bob. Xalq ta’limi tizimining asosiy maqsad va rivojlanish yo‘nalishlari
6. Xalq ta’limi tizimining rivojlanishi mazkur Kontseptsiya
ilovasida
belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga asoslanadi.
7. Quyidagilar xalq ta’limi tizimining strategik maqsadlari hisoblanadi:
- umumta’lim tizimida iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, ilg’or
xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta’lim olish
imkoniyatlarini yaratish;
- inson kapitalini mehnat bozorida va umuman mamlakatda o‘quvchining
raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi asosiy omil sifatida rivojlantirish.
8. Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, xalq ta’limi
tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga asosan amalga oshiriladi:
a) ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek malakali
professional pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish:
- pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini ta’limning kredit
tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish, pedagogika, didaktika, amaliy pedagogik
psixologiya, metodika kabi fanlarga alohida e’tibor qaratgan holda, o‘quv
materiallarini va pedagogik baholashni ishlab chiqish orqali pedagog kadrlar
tayyorlash tizimini takomillashtirish;
- ta’lim berishning zamonaviy nazariyalarini o‘zlashtirishni, pedagogik
psixologiyani tushunish, ta’lim berishga kompetentlik hamda shaxsga
yo‘naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashni ko‘zda tutgan holda pedagoglarni
tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;
- bo‘lajak pedagoglar uchun pedagogik faoliyatga moyillik va ijodkorlik
qobiliyatlarini aniqlash va baholash imkoniyatini beruvchi metodlarni ishlab
chiqish;
- umumta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning sifat tarkibini, xususan
magistrlik darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar sonini bosqichma-bosqich oshirish;
- xalq ta’limi tizimi uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini, shu jumladan ta’lim sohasiga yosh
kadrlar kirib kelishini rag’batlantirishni qo‘llab-quvvatlash;
- avvalo chekka hududlarda joylashgan, o‘quvchilar soni kam bo‘lgan
umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga qo‘shimcha yangi ixtisosliklar va
malakalarni o‘zlashtirishga imkon beradigan ta’lim infratuzilmasini shakllantirish;
- uzluksiz ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimini shakllantirishga
ko‘maklashish va qo‘shimcha pedagogik ta’lim xizmatlari bozorida raqobatni
rivojlantirish;
-
xalq ta’limi sohasida rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha
standartlashtirilgan dastur ishlab chiqish hamda «Xalq ta’limi sohasida boshqaruv»
yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish va uni tugatib, imtihonlarni muvaffaqiyatli
topshirgan barcha tinglovchilarga ta’lim muassasalari rahbarlari lavozimlarini
egallash imkonini beruvchi uch yil muddatli maxsus sertifikat berish tizimini
yaratish;
- umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari lavozimiga nomzodlar
o‘rtasida tanlov asosida saralash amaliyotini joriy qilish va ularni rag’batlantirishni
kuchaytirish;
- pedagoglarning masofadan malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi
samaradorligini oshirish va qamrovini kengaytirish;
- malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish mazmuni va
metodlarini yangilash, baholash tizimini qayta ko‘rib chiqish;
- pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim
yo‘nalishlari uchun qabul kvotalarini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirligi tavsiyasi asosida pedagog xodimlarga ehtiyoji katta bo‘lgan
chekka tog’li va cho‘l hududlardagi abiturientlar uchun imtiyozli qabul kvotalarini
belgilash mexanizmini joriy etish;
- xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy
yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan PISA
(The Programme for International Student Assessment) umumta’lim maktablarida
ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish;
- pedagog xodimlarning malaka talablarini, shuningdek yangilangan ta’lim
standartlarini joriy etish uchun egallanadigan ko‘nikmalarni aniqlashning yangi
usullarini joriy etish;
- yosh o‘qituvchilarni, ularning xizmat mavqei o‘sishini hisobga olgan
holda, kasbiy qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikda ishlash mexanizmini
takomillashtirish;
b) iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan
ishlarni amalga oshirish tizimini yaratish:
- fan olimpiadalarini o‘tkazish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish va eng
qobiliyatli, bilimli o‘quvchilarni aniqlashda shaffoflikni ta’minlash, baholash
mezonlarini mos ravishda tegishli xalqaro olimpiada va tanlovlar mezonlariga
moslashtirish;
- oliy ta’lim muassasalarining tadqiqot va innovatsion faoliyati ko‘lamini
kengaytirish, ular negizida biznes-inkubator va texnoparklarni tashkil etgan holda
innovatsion infratuzilmani rivojlantirish hamda ularning ta’lim faoliyatini kasb-
hunar kollejlari va umumta’lim maktablarida tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish
majmualariga tatbiq etish;
- tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlikda mahalliylashtirish va import
o‘rnini bosish dasturiga alohida e’tibor qaratgan holda umumta’lim muassasalari
negizida kasbiy malaka o‘quv markazlari (resurs markazlari)ni tashkil qilish;
- oliy ta’lim muassasalari va ular qoshidagi akademik litseylar bilan
hamkorlikda xorijiy tillar, matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi muhim va
talab yuqori bo‘lgan fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashgan
umumta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish;
- 2019 — 2021 yillar davomida respublikaning har bir hududida
bosqichma-bosqich STEAM (fan, texnologiya, injiniring, san’at va matematika)
yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan «Prezident maktablarini» tashkil etish;
- oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatga ega pedagogik jamoasini
umumta’lim maktablarida iqtidorli bolalar bilan ishlashga va ta’lim sifatini
baholashga jalb qilish;
- nodavlat umumta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, zarur hollarda
iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarga manfaatdor jamoat tashkilotlari, tijorat
tashkilotlarining yordami va homiyligi orqali yakka tartibda grantlar ajratish yo‘li
bilan qo‘llab-quvvatlagan holda, ularning kelgusida ta’lim olishlariga imkoniyat
yaratish;
- yuqori natijalarga erishgan yuqori sinf (10-11-sinflar) o‘quvchilariga
rivojlangan xorijiy davlatlarda hamkorlik dasturlari orqali maqsadli ta’lim olish
tartibini joriy etish;
v)
o‘qitish usullarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish:
- kichik yoshdan o‘quvchilarda o‘qishga sog’lom, kuchli va ta’sirchan
motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o‘sishini mustaqil
rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish;
- zamonaviy darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar uchun axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda mulьtimedia ilovalarini
yaratish;
- kasb-hunarga o‘qitishni takomillashtirish va ishlab chiqarishning ko‘plab
jarayonlarini avtomatlashtirish tendentsiyalarining rivojlanayotganligini inobatga
olgan holda o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida foydalaniladigan kasb-hunar
ta’limining o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish;
- davlat ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan kompetentsiyalar va o‘quv
jarayonini interaktiv boshqarish mahorati tamoyillariga asoslangan pedagogik
faoliyatni baholash mezonlarini ishlab chiqish;
-
umumta’lim
maktab
kutubxonalarini
o‘quvchilar
mustaqil
tayyorlanadigan zamonaviy (smart) markazlarga aylantirish maqsadida ularning
foydali maydonlarini kengaytirish va moddiy-texnik jihozlash, yagona axborot
tizimiga birlashtirish, shuningdek O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron
resurslariga ulanish orqali ularning rolini oshirish;
- ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish
maqsadida yangi, shu jumladan muqobil yondashuvlarni o‘rganishga va ilmiy
asoslashga yo‘naltirilgan amaliy xarakterdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish;
- o‘quv muddatlarini o‘zgartirmagan holda o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirish kompetentligini kengaytirishni ta’minlovchi zamonaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish;
- zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga muvofiqlikni ta’minlash
maqsadida umumta’lim davlat ta’lim standartlari tizimini muntazam
takomillashtirib borish;
- bir-biri bilan uzviy bog’liq bo‘lmagan fanlar asosida tuzilgan o‘quv
dasturidan
bosqichma-bosqich
voz
kechish
va
o‘quv fanlari sonini
optimallashtirish;
- o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish maqsadida
hamda qiziqishlari va talablarini e’tiborga olgan holda yuqori sinflarda majburiy va
tanlov asosidagi fanlarni joriy qilish;
- 10-11-sinf o‘quvchilari uchun ixtisoslashtirilgan, shu jumladan
ijtimoiylashuvga,
iqtidor
va
kompetentligini
rivojlantirishga
qaratilgan
o‘quvchilarning kasbiy o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirgan holda ta’lim berishni
rivojlantirish;
- kasbiy ta’lim jarayonini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
sohasida hamda
xalqaro bozorda
talab
katta
bo‘lgan
mutaxassisliklar bo‘yicha yirik tijorat tashkilotlarini jalb qilish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kelajak kasblar uchun
zarur bo‘ladigan malakali bitiruvchilarni tayyorlashda ilg’or xorijiy tajribalarni
o‘rgangan holda umumta’lim muassasalarida informatika fanini o‘qitish dasturini
qayta ko‘rib chiqishga yo‘naltirilgan «IT-Nation» dasturini joriy etish;
- chet tillari, informatika, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini
chuqur o‘rganishga e’tibor qaratgan holda, ixtisoslashtirilgan sinf va maktablarni
yaratish amaliyotini kengaytirish usuli bilan maktablarda ta’lim sifatini tubdan
yaxshilash;
- ta’lim muassasalarining axborot ochiqligi asosida kasb-hunar ta’limi
sifatini baholash va doimiy jamoatchilik monitoringi mexanizmini joriy qilish,
hududlarda
sertifikatlashtirish
va
kasb-malaka
toifalarini
beruvchi
integrallashtirilgan markazlarni tashkil etish;
- umumta’lim muassasalarini boshqarish va ta’lim sifatini nazorat qilishda
jamoatchilik va yirik tijorat tashkilotlarining ishtirokini ta’minlash;
g) o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni ta’minlash, bolaning
jismonan sog’lom va baquvvat shakllanishi:
- umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun sog’lom ovqatlanish tamoyillarini
ommalashtirish;
- umumta’lim muassasalarida sport to‘garaklarini tashkil qilish;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tarbiyasida
muammolari bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlarini olib
borish;
- rivojlangan mamlakatlarning ilg’or tajribasini o‘rgangan holda
umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida zo‘ravonlik (buling)ning oldini
olishga qaratilgan dasturlarni joriy etish;
d) imkoniyati cheklangan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari
sifatini yaxshilash:
- imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari
binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
- imkoniyati cheklangan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur
adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun bo‘ladigan
uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini
tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi,
pandus, tutqich, boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (pedagog-defektolog,
bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash;
- jamoatchilik o‘rtasida imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olish
huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib
borish;
- ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini
keng joriy etish;
- o‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim
muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda maxsus maktab-
internatlarni optimallashtirish;
- imkoniyati cheklangan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun
maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash;
- imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olishiga bo‘lgan
huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
e) innovatsion iqtisodiyot sharoitida yoshlarni tarbiyalash hamda ularning
bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy metodlari va
yo‘nalishlarini keng joriy etish:
- maktabdan tashqari ta’lim muassasasi rahbarlarini o‘qitish maqsadida oliy
ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- maktablarni tashqi xavflardan himoyalash hamda bolalar o‘rtasida
jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha umumta’lim muassasalari bilan huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning hamkorligini kuchaytirish;
- sanoat korxonalari, ilmiy muassasalar, tashkilotlar hamda xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan hamkorlik
tizimini yaratish;
j)
xalq
ta’limi
sohasiga
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish:
- barcha umumta’lim maktablarini yagona ma’lumotlarni uzatish
tarmog’iga birlashtirish hamda foydalanish uchun ruxsat etilgan internet tarmog’i
resurslarini avtomatik filьtrlash orqali «xavfsiz maktab interneti» kontseptsiyasini
ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
- ichki lokal tarmoqlarni yaratish, o‘quv sinflarini, o‘qituvchilar hamda
maktab ma’muriyatini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
vositalari, xususan kompьyuter texnikasi, interaktiv doska, planshet va boshqa
jihozlar bilan ta’minlash;
- davlat-xususiy sheriklik asosida ta’lim jarayonini avtomatlashtirish
bo‘yicha axborot tizimini joriy etish, barcha darslik va metodik materiallarning
elektron shakllarini eduportal.uz portalida joylashtirish va muntazam yangilab
borish;
- davlat-xususiy sheriklik asosida sog’lom qadriyatlarga asoslangan ta’lim
tizimining milliy kontentini ishlab chiqish;
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy
bo‘linmalari faoliyatining boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, hudud va
umuman mamlakat miqyosidagi yuz beradigan xavf-xatarlar va muammolarga o‘z
vaqtida munosib ravishda e’tibor qaratish uchun axborot almashinuvining samarali
tizimini shakllantirish;
- mavjud darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni elektron ko‘rinishga
o‘tkazish;
- umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarning davomati monitoringini
ta’minlovchi biometrik tizimni joriy etish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy
tendentsiyalarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonida kompьyuterlashtirish
darajasini ko‘tarish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangi avlod
darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarini tayyorlash va chop etishni tashkillashtirish;
- ta’limda mulьtimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash
jarayonini tizimli tashkil etish choralarini ko‘rish;
- elektron kitoblarni mobil uskunalarga yuklab va ko‘chirib olish
maqsadida bolalar kutubxonalarida QR-kod yordamida elektron kitoblar haqidagi
axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;
z) xalq ta’limi tizimida korruptsiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan
mexanizmini yaratish:
- xalq ta’limi tizimi davlat xizmatchilarining professional korpusini
yaratish maqsadida davlat xizmatini tashkil etish, shu jumladan davlat
xizmatchilarining huquqiy maqomi, klassifikatsiyasi, xizmatga qabul qilishning
shaffof mexanizmlari (tanlov asosida), kadrlar zahirasini shakllantirish, odob-axloq
normalariga rioya etilishini ta’minlash masalalarini tartibga soluvchi normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
- xalq ta’limi tizimida davlat xizmatining jozibadorligini oshirish,
korruptsiyaning yuzaga kelish xavfi va mansab suiiste’molchiligini kamaytirish
imkonini beradigan davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy
ta’minotining zamonaviy tizimini yaratish;
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va uning xududiy
bo‘linmalari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik
shaxslarga axborot taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish orqali
jamiyat va biznes bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ortiqcha ma’muriy sarf-
xarajatlarga barham berish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini
yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi,
samarali mexanizm va uslublarini joriy etish;
- ish vaqti va moddiy ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlarini keng joriy etish hisobiga xalq
ta’limi tizimi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish;
i) xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va
ularni byudjetdan moliyalashtirish samaradorligini oshirish:
- xalqaro ilg’or tajribani hisobga olgan holda bosqichma-bosqich qurilish,
rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarida ilg’or texnologiyalar va
muhandis yechimlariga tayanish;
- «Zamonaviy maktab» davlat dasturi doirasida umumta’lim maktablari
uchun xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda yangi turdagi maktablarni barpo
etish va muqaddam qurilgan yangi binolarni zamonaviy maktab namunasiga
moslashtirishni ta’minlash;
- umumta’lim maktablarining o‘quv xonalari va laboratoriyalarini
zamonaviy mebel, jihozlar, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia
texnikalari, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashni ta’minlash;
- ta’lim muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish
maqsadida bir nafar o‘quvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib
chiqqan holda «mablag’ o‘quvchi ortidan» tamoyili asosida (vaucher tizimi)
bosqichma-bosqich moliyalashtirish tizimiga o‘tish. Bunda har bir hududning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini inobatga olish;
- umumta’lim muassasalarida pullik xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek
homiylik va xayriya mablag’lari orqali byudjetdan tashqari jamg’armalarni
shakllantirish amaliyotini joriy etish;
k) xalq ta’limini boshqarishda strategik rejalashtirishning zamonaviy
shakllarini yaratish, innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar, sohada
xalqaro tajribadan kelib chiqib ilg’or yutuqlardan foydalanish amaliyotini
kengaytirish:
- xalq ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirishning kelajak modelini
shakllantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini ko‘tarishga
yordam beruvchi uzoq muddatli stsenariy asosida strategik rejalashtirish tizimini
yaratish;
- konferentsiya, ko‘rgazma va boshqa tadbirlar yordamida mamlakatning
xalq ta’limi sohasidagi yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, xalqaro
aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash;
- xalq ta’limi boshqaruvi sohasiga ilmiy-tadqiqot va innovatsion
faoliyatning zamonaviy yutuqlarini joriy etishning samarali mexanizmlarini
yaratish;
- byudjetdan tashqari manbalardan, homiylardan mablag’lar tushishi va
taqsimlanishini nazorat qilish maqsadida raqamli onlayn-platformalarni yaratish;
- zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda virtual
ta’lim metodlarini joriy etish;
- ma’muriy va ta’lim jarayonlarini optimallashtirish uchun zamonaviy
blokcheyn texnologiyalarini joriy etish;
l) davlat-xususiy sheriklik asosida umumta’lim tarmog’ini rivojlantirish
hisobiga xalq ta’limi tizimida raqobat muhitini kengaytirish:
- nodavlat umumta’lim maktablariga davlat subsidiyalarini berish
mexanizmini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklikning yangi turlarini joriy
etish;
m) yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni
amaliyotga tatbiq etish:
- yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish;
- yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish;
- yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali
foydalanish;
- yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng
targ’ib qilish;
- o‘quvchi-qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: |