- xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va
byudjetdan mablag’ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;
- yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan
tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;
- davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida
raqobat muhitini kengaytirish;
- yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq
etish;
- xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish
maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash,
moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich
oshirib borish.
Dostları ilə paylaş: