Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik


-bob. Xalq ta’limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar



Yüklə 237,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix16.12.2022
ölçüsü237,18 Kb.
#75511
1   2   3   4   5
QDpUApFqIF71m7Q03jlEVESUROuVG96K4GziQ2YS

2-bob. Xalq ta’limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar 
3. Hozirgi vaqtda xalq ta’limi tizimi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari 
ta’limni o‘z ichiga oladi. 
4. Xalq ta’limi tizimida turli ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarga qaratilgan 
muassasalar — o‘qitish darajasi ta’lim standartlaridan yuqori bo‘lgan muassasalar 
(ixtisoslashtirilgan muassasalar) va imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim 
muassasalari faoliyat yuritadi. 
2019 -yil 1- aprel holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida 9 691 ta 
umumta’lim maktablari (jumladan, ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan 350 
ta davlat ixtisoslashtirilgan muassasalari) mavjud.
Umumta’lim maktablaridagi umumiy o‘quvchilar soni 5,8 millionni tashkil 
qiladi. Shuningdek, 86 ta nodavlat ta’lim muassasasida 13,8 ming nafarga yaqin 
o‘quvchi tahsil oladi. 
Bolalarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish imkoni yaratilgan 
maktabdan tashqari ta’lim muassasalari («Barkamol avlod» markazlari) faoliyati 
yo‘lga qo‘yilgan. 


«Barkamol avlod» markazlarida 5 540 ta to‘garak tashkil etilgan va ularga 
143 ming nafarga yaqin bolalar qamrab olingan.
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim tizimida boshlang’ich kasb-hunar 
ta’limi joriy etilgan bo‘lib, 51 turdagi ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar kollejlari 
hamda umumta’lim maktablarida 1 748 ta o‘quv-ishlab chiqarish majmualari 
tashkil etilgan. 
Xalq ta’limi tizimida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan 
bolalar uchun 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va 21 ta maktab-internat mavjud 
bo‘lib, ularda 20 610 nafar bola ta’lim olmoqda. 
Shuningdek, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan va uzoq 
muddatli davolanishga muhtoj 13 437 nafar bolalar uyda ta’lim olmoqda.
Alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalarning 
ta’limi 2 ta ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasida amalga oshirilmoqda. 
19 ta Mehribonlik uyi va 3 ta bolalar shaharchasida 2 577 nafar yetim 
hamda ota-ona qaramog’idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiyalanmoqda. 
5. Xalq ta’limi tizimiga oid qonunchilikda, institutsional rivojlanishda, 
maktab yoshidagi bolalarga zamon talablariga mos ravishda ta’lim-tarbiya berishda 
ayrim bo‘shliq va kamchiliklar mavjud, shu jumladan: 
a) umumiy o‘rta ta’limni boshqarish sohasida: 
- umumta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda ta’lim sifatini yuqori 
bosqichga ko‘tarish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish talab 
etilmoqda; 
- umumta’lim muassasalariga yuklatilgan vazifalarning deklarativ 
xarakterga 
egaligi, 
ularni 
amalga 
oshirish 
bo‘yicha 
tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlarning 
yetishmasligi 
amalga 
oshirilayotgan 
islohotlarning 
samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; 
- mahalliy davlat hokimiyati organlari umuta’lim muassasalari faoliyatini 
chuqur tahlil qilmasdan, faqatgina statistik va boshqa ma’lumotlarni to‘plash bilan 
chegaralanayotganligi joylardagi haqqoniy holatni aniqlashga to‘sqinlik qilmoqda; 


- davlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, umumta’lim muassasalarini 
boshqarish, ishlarni rejalashtirish va tashkil etish jarayonida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalanish 
darajasi 
pastligi 
qabul 
qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu jarayonni 
tezkor kuzatib borish imkonini bermayapti, shuningdek davlat boshqaruvini 
ortiqcha byurokratlashtirish va uning sarf-xarajatlari oshishiga olib kelmoqda; 
- xalq ta’limi tizimida ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning 
rivojlanmaganligi nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik sub’ektlarining 
ta’lim sohasidagi muammolarni hal etishdagi ishtirokini cheklamoqda; 
- xalq ta’limi tizimida boshqaruv vertikalini amalga oshirish 
mexanizmining yetarlicha rivojlanmaganligi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari 
rolining sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘lmoqda; 
- umumta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish, shuningdek o‘quv 
jarayonida turli shakldagi korruptsiya elementlariga barham berish bo‘yicha 
samarali mexanizmlarni joriy qilish talab etilmoqda; 
b) kadrlarni tayyorlash sohasida: 
- matematika, fizika, kimyo, informatika, ingliz tili va boshqa chet tillari 
kabi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda; 
- oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoniga uzoq hududlardagi 
talabalar uchun o‘qishga kirishda imtiyozlarning yo‘qligi sababli tog‘ va cho‘l 
hudud-laridagi maktablarda o‘qituvchilarga ehtiyoj yuqori darajada qolmoqda; 
- umumta’lim muassasalari o‘qituvchilarining 14 foizini o‘rta maxsus 
ma’lumotli mutaxassislar tashkil etmoqda; 
- pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga 
bo‘lajak pedagog uchun mazmuniy yuklama bermaydigan ayrim fanlar kiritilgan; 
- pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarning mazmunan eskirib 
qolganligi, shuningdek pedagogik amaliyotning yuzaki o‘tilishi bo‘lajak 
pedagogning kasbiy sifatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; 
- oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari umumiy sonining qariyb 25 foizini 
«Pedagogika» mutaxassisligi bitiruvchilari tashkil etishi va bu mutaxassislik eng 


ommaviylardan biri bo‘lishiga qaramasdan, uning jozibadorligi pastligi sababli 
pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o‘z kasbi 
bo‘yicha mehnat qilish motivatsiyasi past darajada qolmoqda;
- pedagog kadrlarni ishga qabul qilishda ularning malaka darajasini 
aniqlash uchun aniq talablarni ishlab chiqish lozim; 
- direktor va o‘qituvchilar bilishi va bajarishi kerak bo‘lgan aniq 
belgilangan milliy standartlarning mavjud emasligi, ularning salohiyati o‘sishiga 
hamda amaldagi muassasalar rahbarlarini tanlash va tayinlash tartibining 
samarasizligiga olib kelmoqda; 
- mavjud malaka oshirish tizimi o‘qituvchilar ehtiyojlariga mos emasligi, 
malaka oshirish kurslari mazmuni va qo‘llaniladigan usullar eskirganligi, 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo‘llash orqali 
o‘qituvchilarni masofadan qayta tayyorlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilmaganligi 
o‘qituvchilarning bilim va malakasini tizimli oshirib borish imkonini bermayapti; 
- ko‘p yillik mehnat stajiga ega yuqori malakali va tajribali pedagoglar 
ingliz tili yoki kompьyuter savodxonligi bo‘yicha yetarli bilimga ega emasligi 
sababli attestatsiyadan o‘ta olmaslik holatlari kuzatilmoqda;
- o‘quvchilar soni quvvatiga nisbatan kam bo‘lgan maktablarda kadrlar 
tarkibi salohiyati pastligi tufayli talab darajasidagi ta’lim sifati ta’minlanmayapti; 
v) o‘quv jarayonini tashkil etish sohasida: 
- o‘quvchilarda ta’lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish talab 
etilmoqda; 
- ayrim maktablarda o‘quvchilar soni sinfda o‘quv jarayoni sifatining 
keskin pasayishiga olib keladigan darajada oshib ketgan; 
- pedagoglarning metodik ta’minotini yaxshilash lozim; 
- darsliklarni yaratish tizimida xilma-xillikning yo ‘qligi ularni yaratish va 
nashr qilishni monopollashtirishga omil bo‘lib qolmoqda hamda ularning 
mazmuni, metodikasi va nashr sifatiga salbiy ta’sir etmoqda; 
- davlat ta’lim standartlari kompetentsiyaviy yondashuvga asoslanganligiga 
qaramasdan, o‘qitish va baholash metodlari, shuningdek darsliklar va boshqa o‘quv 


materiallarini asosan axborotni yodlash va bayon qilishga qaratilgan bo‘lib, 
tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari va boshqa 
malakalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda;

foydalanilayotgan 
darsliklar 
sifatini 
oshirish, 
xorijiy 
o‘quv 
qo‘llanmalarini qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv materiallari sifatida qo‘llash 
amaliyotini yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda; 
- xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘qitish 
jarayoni metodik yordamga muhtoj; 
- xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’lim dasturlari yetarli darajada 
rivojlanmagan, 
mamlakatimiz 
oliy 
ta’lim 
muassasalari 
dasturlarida 
o‘qituvchilarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus tayyorgarligini ta’minlash 
lozim; 
- maktablarda nizolarni hal qilish va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha 
samarali ichki tizim, shuningdek o‘quvchilarni xavf guruhidan chiqarish uchun 
maktab o‘qituvchilari va psixologlari malakasini oshirish yuzasidan maxsus 
dasturlar ishlab chiqish talab etilmoqda; 
g) maktablarning moddiy-texnik ta’minoti sohasida: 
- maktablarning sport zallari va maydonchalari kerakli inventarlar bilan 
jihozlanmaganligi, sinf xonalarida o‘quv mebelь jihozlari, laboratoriya uskunalari, 
kompьyuter texnikasining yetishmasligi, ularning o‘z vaqtida yangilanmasligi ota-
onalarning ta’lim tizimiga nisbatan e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda;
- maktablarning 28 foizida qo‘shimcha jihozlashga ehtiyoj mavjud, 
ishlatilayotgan jihozlarning 50 foizi ma’nan va jismonan eskirganligi uchun 
almashtirilishi kerak; 
- 3000 dan ortiq umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning sog‘lom 
ovqatlanishi uchun oshxonalar va bufetlar tashkil etish lozim; 
- elektr, ko‘mir, sovuq va issiq suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya bilan 
bog‘liq infratuzilma muammolarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati 
organlari tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti, ayniqsa uzoq aholi punktlari va 


qishloq joylardagi 1 726 umumta’lim maktabi qo‘lbola (burjuy) pechlar yordamida 
isitilmoqda; 
- umumta’lim muassasalarining binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish va 
kapital ta’mirlash bo‘yicha zamonaviy standartlarni joriy etish kerak; 
- 2 907 ta umumta’lim maktabi qurilish-ta’mirlash ishlariga muhtoj; 
- 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tilishi munosabati bilan qo‘shimcha o‘quvchi 
o‘rinlariga ehtiyoj mavjud. 
d) xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish sohasida: 
- xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishda mablag‘larni samarali va shaffof 
tizim asosida taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda;
- xalq ta’limi muassasalariga davlat byudjetidan ajratilgan xarajatlarning 
asosiy qismi ish haqiga sarflanib, o‘quv jihozlari va materiallarini yangilashga, 
maktab binolarini ta’mirlashga yetarli mablag’ yo‘naltirilmayapti.

Yüklə 237,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin