VASKETBOL Оtа keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘yiab favqulodli
vaziyatlarda va zich raqobat ostida kechayotgan zamonaviy basketbol
musobaqalarida goh hujum, goh himoyada o‘ynash samaradorligini
ta’minlash hamda yuksak natijalarga erisbisb zaruriyati jismoniy,
psixofunksional va texnik taktik imkoniyatlar zahiralarini izlash,
mashg‘ulotlarni iimiy ijodiy va ilg‘or texnologiyalar asosida tashki!
qilishga da’vad etmoqda. Ushbu choralarni amalga oshirish uchun
bugungi baske tbo I da yuzaga kelayotgan dolzarb muamolarni o‘rganish
v a ularni hal etish muhimligi isbot talab qilmaydi.
Darhaqiqat, so‘nggi 30—40-yil davomida basketbol okz mohiyati,
mazmuni va yo‘nalishi jihatlaridan tubdan o‘zgargan. Jumladan,
texnik-taktik usullar, taktik kombinatsiyalar, to‘psiz va to‘p bilan
ijro etilagan harakat «fintlari» (chalg‘ituvchi harakatlar) hajmi ortgan
ijrochilik sanatining serqirralik (ko‘pyoqlamalik) doirasi kengaygan.
Bugungi basketbol hujum va himoya harakatlarining ko‘p martalab
keskin almashinuvi bilan farqlanadi. Basketbolchilarning jismoniy va
psixofunksional imkoniyatlari nihoyatda kuchaygan. Lekin bunday
ijobiy progressiv o‘zgarishlar bilan bir qatorda musobaqa qoidalarining
yangilanib turishi va raqobatning keskinlasha borishi o‘yinchilarning
texnik nazariy va psixolik tayyorgarligi mashg'ulotoldi va
musobaqaoldi razminkasi, hujum harakatlaridan himoya harakatlariga
va aksincha, himoya harakatlaridan hujum harakatlariga o‘tish
taktikasi bilan bog‘l;k muammolami yaratmoqda va ularni hal qilish
zarurligiga e’tibor qaratmoqda.
Basketbol olamida mashhur, ko‘plab professional basketbol
jamoalarini yetishtirgan Amerikalik Nik Sortel (2005) eng nufuzli
halqaro musoboqalarda ishtirok etuvchi yyetakchi basketbolchilar
ham «noqulay» qo‘l bilan to‘pni urib, raqibni chalg‘itib o4ish, to‘pni
uzatish va savatga tashlash kabi texnik usullami mahorat bilan ijro eta
olmaydilar deb takidlaydi. Ushbu mutaxassisning fikriga qaraganda,
buning yagona sababi basketbolga dastlabki o‘rgatish bosqichidan
boshlab, ko‘p-yillik sport trenirovkasining barcha bosqichlarida
o‘tkaziladigan rnashg‘ulotlarga «noqulay» (zaif) qo‘l bilan texnik-
taktik ko‘nikmalarni shakllantirish «noqulay» tomonlarga joydan
va sakrab burilish-aylanish masbqlarini alohida qo‘llanmasligida
ekan, Nik Sortel basketbolda «o‘naqay» va «chapaqay» harakat
funksiyalarini erta yoshdan boshlab simmetrik tartibda muntazam
shakllantira borish ijrochilik mahoratini boyitadi, uning doirasini
kengayishiga imkon yaratadi, deb filer bildiradi.
Sportchilar tayyorlash amalyotiga bunday prinsipda yondashish
zarurligi va afzalligi yana bir qator mutaxassis olimlar tomonidan
tavsiya etilgan (И.Тучашвили, В.Янчук. 1998; А.Погребной ва б.,
2007).
Yuqorida qayd etilgan оЧа dolzarb va muhim amaliy ahamiyatga
ega muarnmolar mamlakatimizda malakali basketbolchilar tayyorlash
amaliyotiga xam to‘g‘ridan-to‘g‘ri taaluqlidir. Bu borada yechilishi
zarur boigan yana bir tashkiliy-uslubiy muammo kun tartibida
9«ko‘ndalang» bo‘lib turibdi. Gap shundaki, Respublikamizda
yuqori malakali, raqobatbardosh basketboichilarni tayyorlash va
mamlakatimiz terma jamoalariga iste’ dodli sport zahiralarini yyetkazib
berish ustuvor jihatdan bolalar basketbolini maqsadli tashkil qilish,
jumladan ko‘p-yiliik sport trenirovkasining barcha bosqichlarini
(boshlang‘ich, o‘quv-mashg‘ulot, takomillashtiruv, oliy sport
mahorati)izchilligivamutanosibligimta’mmlash,o‘rgatish-pedagogik
texnalogiyalarini joriy etish va albatta, o‘quv mashg‘ulotlarini ilmiy
asosda tashkil qilish zarurligiga bog‘liqdir. Afsuski, ushbu masalada
bir qator jumboqlar, kamchiliklar yo‘q emas. Chunonchi, barcha
turdagi ta’lim muassasalarida, ayniqsa, umumta’lim maktablarida
o‘tkazi!adigan akademik darslarda va sinfdan yoki maktabdan tashqari
vaqtlarda olib boriladigan sport mashg‘ulotlarida muayyan sportturiga
mehr (qiziqish) uyg‘otish, o‘quvchilarda sport bilan shug‘ullanish
salomatlik, ruhiy va jismoniy barkamollik uchun o'ta foydali ekan-
ligi haqida motivasiya hosil qilish, ularda muayyan basketbol
(yoki boshqa sport turi) bilan shug‘ullanishi ehtiyojini tug‘dirish
ishlariga yetarli e’tibor qaratilmaydi. BO‘SMlar, Oliy sport mahorati
maktablari, sport kulublari va terma jamoalar o‘rtasida iste’dodli
basketboichilarni tayyorlashga qaratilgan yagona «konveyr» tizim
mavjud emas. Vaholangki, halqaro pog‘onaga mos yuqori malakali,
raqobatbardosh basketboichilarni tarbiyalash aynan shunday tizim,
shunday yondoshuv asosida amalga oshirilishi mumkiniigi jahon
sport amaliyoti tajribasidan ma’lumdir. Ushbu o‘ta dolzarb masalani
yo‘lga qo:yish, ommaviy va professional sportni shu jumladan
o‘zbek basketbolini yanada rivojlantirish borasida I.A.Karimov va
hukumatimiz tomonidan ulkan ishlar, beqiyos islohotlar amalga
oshirilgan. Davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida rivoj
topib borayotgan jismoniy tarbiya va sport tamomila yangicha tus
olib, samarali yo‘lda shakllanib bormoqda. Mamlakatimizning
barcha mintaqalarida, hatto uzoq-uzoq qishloq hududlarida ham
minglab jahon standartlariga mos sport inshoatlari barpo etildi va
ular millionlab farzandlarimiz, sportchilarimiz hamda turli qatlamga
mansub aholimizga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Respublikamizda
borgan sari o‘ta nufuzli musobaqalar Osiyo va jahon chempionatlari,
10halqaro tumirlami muntazam tashkil etilishi odat tusiga kirib
bormokda. 2000-yildan boshlab kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga
«hamohang» bo'lgan ko'p bosqichli «Umid nihollari», «Barkamol
avlod» va «Universiada» kabi ommaviy sport musobaqalarining
joriy etilishi va muntazam o'tkaziiib borilishi shubhasiz, jismoniy
tarbiya va sportni xalqimiz, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarimiz ongiga
singib, ulaming kundalik ehtiyojiga aylanib bormoqda. Albatta,
ommaviy sport salohiyatini oshirish va professional sportni, shu
jumladan basketbolni ham jahon maydoniga olib chiqish o‘qituvchi-
murabbiy kadrlarga bogiiqdir. Bu borada ham davlatimiz tomonidan
taxsinga sazovor ishlar amalga oshirilayotgani isbot talab qilmaydi.
Shunday bo‘lsada, hali ushbu masalada muammo va kamchiliklarimiz
yo‘q deb bo‘lmaydi. Ishonch bilan takidlash mumkinki, 2010-yil
23 sentabrda 0 ‘z.bekiston Respublikasi V azirlar Mahkamasi tomonidan
qabul qilingan «Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari
trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini
yanada takomillashtirish to 'g ‘risida»gi 211-sonli qarori, 2012-yil
13 iyundagi «O'zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan trenerlar
faoliyatini tartibga solish choralari to'grisida»gi 214-sonli qarori
va shu masala bo‘yicha O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va
sport ishlari vazirligi tomonidan e’lon qilingan. 2247-sonli buyruq
yuqorida qayd etilgan qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish
imkoniyatini yaratadi hamda yaqin kelajakda mutaxassis kadrlar
salohiyatini ko‘tarish va professional sportni, shu jumladan o‘zbek
basketbolini ham jahon maydoniga olib chiqishga turtki beradi.
Zamonaviy basketbolga xos o‘yin usullariga o'rgaUsh ularni
takomillashtirish va jamoa o‘yinchilarining musobaqa faolligini
oshirishda yuqori malakali basketbolchilar uchun belgilangan model
ko‘rsatkichlarga moMjal qilish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
U shbu model ko‘rsatkichlar 1- va 2-jadvallarda keltirilgan.
Holatlar texnikasi. Basketbolga xos holatlar - bu o‘yinchining
savatini ishg‘ol qilish bilan bog‘lik bo‘lgan harakatni tezkor va
samarali ijro etishni ta’minlashga qaratilgan dastiabki holatlardir (7-
rasm - a, b, v): a - jangovor tayyorlik holati; b - to'pni egallagan
o‘yinchi holati; v - raqibni yengib o‘tishga va savatni ishg‘ol qilishga
hozirlangan o‘yinchi holati.
Ushbu holatiarni texnik jihatdan to‘g‘ri qabul qilish muvozanatini
saqlash va zudlik bilan to‘psiz yoki to‘p bilan harakatlanishi
imkoniyatini yaratadi.
Jangovor tayyorgarlik holatida basketbolchi oyoqlarini yelka
kengligida parallel yoki (yoki chap) oyog‘ini biroz oldinga qo‘yib
joylashtiradi. Tizzalar qisman (150 - 155°) burilgan boMadi, tana
1 D.Brown. Handbook o f Basketball Fundamentals and Drills. wiSj. Д, -2 0 1 0
6-7 b.va/.ni ikki oyoqqa barobar taqsimlanadi, gavda xiyol oldinga egiladi,
nazar oldinga qaratilgan bo'ladi, o‘yinchi turg‘un holatni qabul qiladi.
qo'llar yarim bukilgan, ko‘krak balandligida joylashadi.
To‘p uzatishlar savatni misol qilish bilan yakunlanadigan barcha
kombinatsiyalarning asosi hisoblanadi. 0 ‘z ahamiyatigako'raular faqat
to‘p tashlashlardan keyingi o‘rinda turadi. Biroq aksariyat o'yinchilar
lo‘p uzatishlardan ko‘ra to'p tashiashlarni takomilashtirishga
ko‘proq vaqt sarf qiiadilar. Shuning uchun mashg1 ulotlar davomida
murabbiy to'p uzatishlarga e’tiborini qaratgan holda mashg‘ulotni
muvozanatlashi lozim.
0 ‘yinchi uchun asosiy tamoyillar
- sherikni his etish
- periferik ko‘rish
- odindan qaytish
- hisob-kitob
I. Sherikni his etish mohirlik bilan to'pni uzatayotgan o'yinchi
maydondagi har bir sherigining pozisiyalarini hamda jismoniy va
psixik qobiliyatlarini doimo his qilib turishi kerak. Ya’ni har bir
o‘yinchining tezligi to'pga egalik qila olishi malakasi, tajovuzkorligi
(ham hujumda, ham himoyada) fintlarga nisbatan reaksiyasi shchit
tagida o‘ynay olishi va to‘p tashiashlarni bajara olishi nazarda
tutilmoqda.
IT. Periferik ko'rish. To‘p uzatayotgan o‘yinchining har doim
ham bir xil potensial to‘p qabul qiluvchi o‘yinchiga va har bir
himoyachiga to‘g‘ri qarab turishi ilojisi, hatto hojati yo'qligi sababli
u periferik ko‘rish qobiiiyatini shu darajada rivojlantirishi kerakki
o‘z oidida 180° atrofida sodir bo'layotgan barcha hodisalami ko‘ra
olishi lozim. Mashg1 ulotlar tufayli to‘p uzatuvchi o‘yinchi boshini
oddiy 90 gradusga o'ngga va chapga burib, 360 gradus atrofida sodir
bo‘layotganlami ko'rish orqali qamray olishi mumkin.
III. Oldindan qaytish yaxshi o'yinchi hatto to'pni qabul qilib olgunga
qadar o‘yinni rivojlantirishning eng yaxshi variantlarini oldindan his
qilishi mumkin. Sheriklarining hamda ularning himoyachilarining
harakatlarini oldindan payqab to'pni o‘z vaqtida kerakli zonaga
etkazib berishi mumkin.
IV. Hisob-kitob. Bu persentiv sifat ya’ni sezgi orqali idrok etish
bo‘lib, uning kerak yoki yo‘qligini qachon yuqoridan havolatib to'p
18uzatish poldan sapchitib yoki to‘g‘ridan to;p uzatish lozimiigini to‘pni
qabul qilib oluvchi o‘yinchi hujum uchun qulay vaziyatda turgan yoki
turmaganligini, kimga noqulay vaziyatga to‘p uzatib bo‘lmasligini
raqiblardan qaysi biri himoyada kuchliroq o‘ynayotganligini
aniqlashga imkon beradi. U yana to‘pni qabul qilib oluvchi har bir
o‘yinchi uchun «Unga tez emas, unga sekin emas» «Unga baland emas,
unga past emas» iboralari nimani anglatishni, shuningdek har bir to‘p
uzatishni o‘z vqtida kerakli miqdorda ayyorlik hamda aldashlar bilan
bajarish zarurlgini aniqlashga yordam beradP.
To‘pni egallagan basketbolchining holati To‘pni
egallagan basketbolchining holati to‘psiz basketbolchining holatiga,
o‘xshash bo‘ladi, lekin to‘p ko‘krak oldida va ko‘krakdan
uzoqlashgan holatda bo'ladi. og‘irlik markazi oldinga
ko'chiriladi, to‘p barmoqlar va kaft “yostiqchasiga” joylashtiriladi
Ikki qo‘lda ko‘krakdan to‘p uzatish. Raqibning toliq ta’qib
qilish - yo‘q bolgan vaziyatlarda yaqin yoki o‘rta masofadan turib
sherigiga tez va aniq to-p yo‘naltirishga imkon beruvchi asosiy usuldir.
Tayyorlov darajasi: to‘p qol panjalarining yuqoridan oldinga va
pastga keyin tana bo‘ylab yuqoriga ilmoqsimon harakat bilan ko‘krakka
olib kelinadi, qol panjalari o‘zi tomonga (maksimai yoziladi): «olinadi»
tana oglrligi tizzadan bukilgan va oldinda turgan oyoqqa ko‘chiriladi;
orqada turgan oyoq kaftning oldingi qismida tayanchni saqlab qolgan
holda tekislanadi tana vertikal holatda ushlab turiladi.
Asosiy faza: oldinda turgan oyoqni tekislash bilan bir vaqtda
qolning yelka va tirsak bo‘g‘imlaridan maydonga nisbatan parallel
holda izchil yozuvchi harakatlari boshlanadi tana esa yuqoriga-
oldinga uzatiladi; oxirgi bolib q o l panjalari ishga tushadi. Ular to‘pni
bosh barmoq orqali kerakli yo‘nalishda unga teskari aylanma harakat
bergan holda itarib yuboradilar («siqib otadilar») tana oglrli oldinda
turgan oyoqqa ko‘chiriladi.
Yakunlovchi faza to‘p qoldan chiqib ketayotgan vaqtda qol
panjalari bilak bo‘gimidan toliq bukilgan va shunday biriktirilgan
boladiki, bosh barmoq pastga tushirgan kaftning ichki tomonlari bir-
biriga qaratilgan tekislangan qollar bo‘shashtirilgan holda turadi.
20Keyin o‘yinchi bir oz bukilgan ovoqlarda tayyor holatga keladi, tana
o‘girligi oyoq kaftlarining oldingi qismiga taqsimlanadi.
Ikki qo‘lda pastdan to'p uzatish tuzulishi va maqsadiga ko‘ra bir
qo‘lda to‘p uzatish mashqidan farq qilmaydi. Farqi shundaki to‘p
orqaga olinadi va doimo ikki qo‘l bilan nazorat qilinadi, o‘rta va
jimjiloqning kuchi bilan qo‘l panjalaridan to‘pni kuchli «siqish» orqali
to‘pga kerakli yo‘na!ish da kuchlanish beriladi. Yakunlovchi lahzada
qo‘l kaftlari oldinga yuqoriga o‘girilgan bo‘ladi.
Ta’kidlab o‘tilganidek keskin raqobat oyinda shunday vaziyatlar
yuzaga keladiki, faqat yashirincha to‘p uzatishlar evaziga to‘pni
sherigiga etkazib berishi mumkin bo‘ladi. Zamonaviy basketbolda
qo‘l ostidan elka ustidan va orqadan oshirib yashirincha to‘p uzatishlar
tez-tez yollaniladi, ular faqat bir qo‘lda maksimal tez va raqib uchun
kutilmganda bajariiadi. Hujumchi to‘p uzatishning tayyorlov darajasi
vaqtini minimumgacha qisqartirishiga va harakatlar amplitudasini
kamaytirishga harakat qiladi. To‘p uzatayotgan o‘yinchi faqat
periferik ko‘rishi hisobiga sherigini ko‘radi va tayyorlanayotgan to‘p
uzatishning asl yo'nalishini oxirgi pallagacha yashiradi.
Yelkadan (boshdan) bir qo‘lda to‘p uzatish ham yaqin, ham uzoq
masofadagi sherigiga to‘pni aniq etkazib berishga imkon beradi. D.H.
To‘pni egallab turgan о‘yinchining tik turishi to‘p uzatish bajariladigan
qolda oyoq oldinda. Uzoq masofaga to‘p uzatishda to‘p ushlab turgan
qo' Iga nisbatan teskari tomondagi oyoq oldinga chiqariadi.
Tayyorlov fazasida qo‘llarni bukish hisobiga to‘p elkaga (boshga)
yaqinlashtiriladi. To‘pning holati uzatayotgan o‘yinchi orqa yuzasida
joylashgan qo‘l panjasi tomonidan nazorat qilinadi, u maksimal
darajada orqaga uzatilgan.
Bosh barmoq va ishlovchi qo‘l tirsagi oldinga chiqarilgan oyoq
bilan bir vertikal chiziqda turadi; boshqa qo‘l to‘pni yon tomondan
ushlab turadi; tana og‘irligi orqada turgan yoqqa ko‘chiriladi. Uzoq
masofaga to‘p uzatishda to‘p tomonga qo‘lni siltanish bilan bir
vaqtda tana buriladi (sherikkacha bo‘lgan masofa qancha ko‘p bo‘lsa,
tananing qayrilishi shuncha ko‘p bo‘ladi).
Asosiy fazada harakat qo‘ilar va oyoqlarning tezda yozilishi
bilan boshlanadi, u tana og‘irligining oldinda turgan oyoqqa ketma-
kel ko'chirilishi bilan amaiga oshiriladi. To‘p uzatadigan qoT to‘liq
21tekislangandan so'ng qo‘l panjasining savalagandek harakati bilan
to'pga tekkislanish beriladi, to'p bosh barmoqdan chiqib ketadi, bu
o‘yinchi teskari aylanma harakat beradi, to‘pni ushlab turgan qo‘l yon
tomonga uzatiladi. To‘pni uzoq masofaga uzatib berishda tezlanish
oidida tananing teskari bo‘lishidan faol foydalanadi. To‘p uzatish
jarayoni aynan shu harakatlardan boshlanadi.
Yakunlovchi faza to‘p uzatayotgan qo‘l to'liq tekislangandan so‘ng
va qoi panjalari to‘pni chiqarib yuborgandan keyin o'yinchi qo'llarini
bo‘shashtiradi va tayyor turish holatiga qaytadi4.
Harakatlanish texnikasi. Harakatlanishlar yurish, yugurish,
sakrash, to‘xtash, burilish va aylanishlardan iborat bo‘ladi. To‘psiz
yoki to'pni urib yurish ayrim holatlarda qoilaniladi. Lekin “to‘pni
urib yurish” tushunchasi o‘z ichiga turli o‘zgaruvchan yo‘nalishlarda
raqibga nisbattan to‘g‘ri yonlanma yoki orqa bilan yugurish usullarini
ham kiritadi.
Sakrash. Basketbolda sakrash ko‘nikmalari real vaziyat, raqibning
qarshilik ko‘rsatish zichligi, navbatdagi harakatning maqsadi va
boshqa sharoitlarga qarab turlicha usulda ijro etiladi. Masaian, joydan.
harakat davomida yoki harakat yakunida sakrab to‘g‘ri, o‘ng yoki
chap tomonlarga burilib (aylanib) to'p uzatish, ilish, savatga tashlash,
to'p yo'nalishini qo‘l bilan to'sish va shchitdan sapchigan to‘pni
takror savatga tashlash usullarini ijro etish ko‘nikmala.ri o‘ziga xos
xususiyatlar bilan faqlanadi.
Joyda turib va harakat davomida o‘ng yoki chap tomonga burilish
(aylanish) elementlari ham raqibni chalg‘itish uchun ustuvor ahamiyat
kasb etadi (9-a, b va 10-a, b rasmlar).
To‘xtashlar. To‘xtashlar hujumda muhim taktik ahamiyat kasb
etadi. Turli yo‘nalishli harakatlardan so'ng keskin to‘xtash, to'xtab
o‘ng yoki chap tomonga burilish-aylanish navbatdagi harakatni
maqsadga muvofiq ijro etishga imkon yaratadi.
To‘pni urib harakatlanish (olib yurish yoki yugurish). To‘pni
urib harakatlanish tug"ri va keskin o‘zgaruvchan yo'nalishiarda yurish
\a asosan yugurish asosida ijro etiladi.
Bunday harakatlanishlar to‘pni o‘ng yoki chap qoi bilan urib
to'g‘ri yo‘nalishida va yonlanma (o'ng yoki chap yonlanma) holatda
oddiy yugurish, siljib yugurish orqali ijro etiladi.
24-rasm. Harakatda elkadan bir qo ‘llab to ‘p uzatish
3 D.Brown. Handbook of Basketball Fundamentals and Drills. U.S.A. — 2010.
31To‘pni urib harakatlanish o‘yin vaziyati va ehtiyojiga qarab
quyidagi holatlarda qo‘llanilishi mumkin.
-keskin shiddatda qayta hujum uyushtirishda;
- raqiblaming zich qarshiligini yorib o‘tishda;
- himoyachini “aldab-chalg‘itib” o‘tib to‘pni “ochilgan'’ (qulay
joyda turgan) sherigiga uzatish yoki savatga tashlash uchun harakat-
lanishda;
- raqibni “o‘z oldiga chaqirish”, raqiblar va o‘z 0‘yinchilarining
joylashish yoki raqiblar harakatini tahlil qilishda va hisobni saqlash
uchun o‘yinni cho‘zish holatlarda qoMlaniladi.
FUTBOL Futbol eng qadimiy o’yinlardan biridir. Inglizlaming e’tirof
etishlaricha, oyoq bilan to’p o’ynash Britan orollarida IX asrdayoq juda
mashhur bo’lgan.
1863 yil 26 oktabrda Londonda Angliya futbol uyushmasining
tashkil etilishi paytida bu o’yinning 13 moddadan iborat bo’lgan ilk
rasmiy qoidalari tasdiqlangan. Keyinchalik bu qoidalar boshqa barcha
milliy uyushmalar uchun futbol o’yinining asosi bo’lib qoldi.
Futbol o’yinining ilk qoidalarida belgilanishicha, maydon uzunligi
200 yard (183 metr) dan, kengligi 100 yard (91 metr) dan oshiq
bo’lmasligi kerak.
Darvozalar ikki ustundan iborat blib, ular orasida to’sin
bo’lmagan va ustunlar orasidagi masofa 8 yard (7,32 m) bo’lgan. 1866
yilda balandlikni cheklash uchun ustunlar orasiga arqon tortib qo’yilgan.
Yana 10 yil o’tib, bu arqonni yog’och to’singa almashtirishgan.
Darvozabonning qo’l bilan o’ynashga haqqi yo’q edi. 1871 yilda
o’ng qo’l bilan ynashga ruxsat berilgan, u ham bo’lsa faqat darvoza
maydoni ichida. Darvozabonning jarima maydoni ichida ham qo’l bilan
o’ynash huquqini qo’lga kiritishi uchun 30 yildan ko’proq vaqt kerak
bo’ldi (1902).
Uzoq vaqt mobaynida na jarima to’pi, na 11 metrlik zarba blgan.
Qoidabuzarlik uchun erkin zarbalar bilan chegaralanib qolinaverardi.
Nihoyat, 1891 yil eng qat’iy jazolardan biri - 11 metrlik zarba kiritildi,
uni inglizcha so’zbilan "penalti" deb ataydilar.
Futbol shakllanayotgan davrlarda jamoa sardorlari o’yin qoidalariga
rioya qilinishini kuzatib turardilar. Futbol maydonida hakam 1880 yilda
paydo bo’ldi, 1 yildan so’ng esa hakam ikkita yordamchisi bilan
maydonga chiqa boshladi. Hushtak 1878 yilda kiritildi, bunga qadar
hakam to’xtatish yoki o’yinni qayta boshlash uchun ovozdan yoki qo’l
harakatlaridan foydalanardi. 0 ’sha yillarda barcha milliy futbol
uyushmalari uchun qoidalar bir xil yoki majburiy bo’lmagan. Har bir
uyushma o’z xohishiga ko’ra bu qoidalarga turli o’zgartirishlar kiritishi
mumkin edi. Bu vaziyat xalqaro uchrashuvlar o’tkazish yoki xalqaro
musoba-qalar tashkil etishda qiyinchiliklar tug’dirardi.
1882 yili to’p mustaqil futbol ittifoqlari, ya’ni Angliya, Shotlandiya,
Uels va Irlandiya ittifoqlarining birlashuvi bo’lib tdi. Bunda yagona
qoidalar qabul qilindi va futbol qoidalarida u yoki bu o’zgarishlami
amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan xalqaro Kengash tasdiqlandi.