Ssenariynavislik va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish fanining


-mavzu:Inssenirovka tushunchasi, inssenirovka qilish usullari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə2/29
tarix06.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#141723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
сенрий 3 курс (2)

1-mavzu:Inssenirovka tushunchasi, inssenirovka qilish usullari.
Режа:
1.Inssenirovka tushunchasi. Inssenirovka turlari.
2.Badiiy asarlarni sahna uchun qayta ishlash usullari.
3.Madaniy tadbirlarda inssenirovkalardan foydalanish xususiyatlari. 4.Inssenirovkalarni tadbir g‘oyasiga bo‘ysundirish usullari.

Keyingi paytlardagi ommaviy teatrlashtirilgan tadbirlarni shartli ikkita guruhga ajratish mumkin. Ularni "jimjimador dekorativ tomoshalar" va "syujetli va obrazli spektakllar" deb nomlasak bo‘ladi. Birinchi yunalishdagilarga xos, yarqiragan ranglar, boy liboslar, murakkab katta saflanishlar, maydon yoki sahnadagi nakshlarning tez-tez o‘zgarishi, umuman, bir so‘z bilan aytganda, "shou"ga tenglasa bo‘ladi. Bunday bayramona kungilochar tomoshalardagi o‘zgarishlarning aniqligi, xarakatning sinxronliligi, rang, nur va tovushlarning monandligi ko‘z va quloqni erkalab, tomoshabinlarda nurli xayotbaxsh tuyg‘u, ko‘tarinkilik, tantanavorlikni uyg‘otadi. Bunday yunalishning boshini sportga oid bayramlardan izlash kerak.


Bunday yo’nalishga, albatta, tegishli baxomizni bildiramiz. Le­kin bizni ko‘proq ikkinchi yunalish - "obrazli - syujetli tadbir" qiziqtiradi. Ikkinchi yo‘nalishning mohiyati, tub ma'nosi ommaviy teatr vositalari orqali publitsistik tashviqot va bevosita xis-tuyg‘uga to‘la spektakl yaratishdir. Ehtimol, bu yerda sahnaviy kuchli taassurot, nur va rangning uyini kamroq bo‘lar, liboslar ham unchalik yarqiramas, jimjimador qayta saflanishlar unchalik bulmas, lekin bu yerda fikr, syujet, qarama-qarshilik, kuchlar to‘qnashuvi, xayajon, eng asosiysi, badiiy obrazlar bor.
Badiiy obraz topish rejissyorning butun ishini qamrab oladi, qolaversa, rassom bilan ishlash ham xuddi shunday. Rejissyorda bo‘lgusi tadbirning dastlabki rejasi paydo bo‘lishi bilanoq rassom bilan ish boshlaydi. Ssenariy baravar yoki undan keyin yoziladi.
Tomoshaviy badiiy obraz yaratish imtiyozi faqat ommaviy tadbirlarga taalluqli emas, bu tomoshaviy san'atning barcha turining vazifasiga kiradi. Ommaviy tadbir rivojlanishiga yordamlashuvchi an'ana­viy teatrda obrazli yechimga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masa­lan, V. Shekspirning "Hamlet" spektaklidagi bahaybat "darvoza" (rej. N. P. Oxlopkov, ras. V. F. Rindin) yoki I. M. Tumanov va B. G. Knoblok tomonidan saxnalashtirilgan mavzuli konsertdagi - "yer shari" ommaviy tadbirini olaylik. Ixcham sahnaviy, zinapoyalar konstruksiyasini o‘ylasak-da, uni asta- sekin amalga oshirsak, bu konstruksiyadan birida "Anxor"dagi zinapoya, yo metro eskalatori, yoki yer tagidan o‘tish zinadari, yo teatr oldidagi zinapoyalar yaratish mumkin. Bunday uzgarishlarga dekoratsiyalarning "jonli" elementlari — raqqosalar yordam berishlari mumkin. Ular­ning qo‘llariga rekvizitning xar hil bo‘laklarini berish (shahar soati, kucha chirokqari, telefon-avtomat, xar xil belgilar) mumkin. Oqibatda chiroyli, quvnoq Toshkent shaxrining obrazini yaratsa bo‘la­di. Demak, bu misolda rejissyor va rassom bezakning aniq topilgan bo‘laklari orqali butun tadbirning obrazini yaratish mumkinligini nazarda tutadi.
Keyingi paytlarda ommaviy tadbir uchun harakat joyini bezash ishlari atrof-muhitni yaratish deb nomlana boshlandi. "Atrof-muhit" degan ibora bizga ekologiyadan kirib keldi. Makonni tashkil etish usulini topish, sahnaviy atmosferani yaratish, maxsus sahnaviy may­don loyihasini tuzish, tomoshabin uchun joy tashkil qilishni o‘ylash, tomoshabin va ishtirokchilarning chiqish va ketish yo‘llarini izlash, jamoalarning to‘planish, kiyinish joylarini belgilash va boshqalarni fikrlash zarur. Bu xolatda teatr rassomining vazifasi dizayner, bezovchi-dekorator, muxandis-konstruktor vazifasi bilan qo‘shilib ketadi.
Ochiq maydon va noan'anaviy saxnalarda ommaviy teatrlashtiril­gan tadbir sahnalashtirayotgan rejissyor va rassomning asosiy vazifasi – maydonni tashkil etishdir. Tanlangan joy o‘sha tadbirga yordam berishi uchun, ya'ni mavzu va oliy maksadga to‘g‘ri kelishi, rejissyor fanta­ziyasi turtkilashi, sahnaviy maydon yechimini rassomning esiga solishi mumkin yoki aksincha, g‘oyani amalga oshirishda rejissyor va rassomga xalaqit berishi xam mumkin. Bunday xolatda o‘zgartirib bo‘lmaydigan fillar kabi, sahnaviy maydonning kamchiliklarini "yashirmasdan". aksincha, ularni yaxshi tomonga burish zarur.
"Atrofdagi muhit"ni yaratishda butun harakat joyining umumiy bezagi ham mo‘ljallab qo‘yiladi, xatto harakat joyiga olib keladigan barcha yo‘llar xam. Bularning hammasi o‘sha tadbirning zarur atmosferasiga tomoshabinlarni chulg‘ab tashlash maqsadida amalga oshiriladi. Yuqoridagi maqsadni amalga oshirishda nurli va tovushli bezak o‘ta muhimdir. Sahnaviy maydon atrofini o‘rab turgan maydon, makon, bezaklar bilan qanchalik ko‘p o‘ralsa, shuncha yaxshi.
Yukorida aytganimizdek, an'anaviy teatrdagi zalning me'moriy tuzilishi, intereri va boshqalar oddiy bayramlar tomoshasi atmosferasini yaratadi. Ochiq maydonda amalga oshirilayotgan ommaviy tadbir sharoitida ushbu bayram atmosferasini faqat rejissyor va rassom yaratadi.
Ba'zida imkon boricha oddiy, lekin original usulda, oddiy qilib aytganda, bir zarb bilan bayram atmosferasini yaratishga muvaffaq bo‘lish mumkin. Masalan, Grenoblda kishki olimpiada ochilishiga ba­g‘ishlangan tadbirni uyingohda sahnalashtirgan mashxur kinorejissyor K.YuD Lelush kizikarli va oson usulni topgan. Qor bilan qoplangan uyingox tribunalarida po‘stin va qalpoqda o‘tirgan tomoshabin ustiga vertolyotlardan jonli atirgulning xushbuy xidi anqib turgan millionlab turli rangdagi gulbarglari irg‘itilgan.
Tadbirga tug‘ri keladigan atmosferaga tomoshabinni ko‘mib yuborish, qoidadagidek, maxsus taklifnomadan, harakat joyiga olib ke­ladigan yo‘llarni bezash, teatrlashtirishdan va xokazolardan boshlana­di.
"Atrofdagi muhit"ni yaratishga yana bitta vazifa, ya'ni ommaviy tadbir uchun maxsus saxnaviy maydonlar loyihasini tuzish ham kiradi.
An'anaviy teatr binosida sahna va zalning mutanosibligi, odamning ko‘rish maydoni xisobga olinib, me'morlar tomonidan o‘ylab qo‘yil­gan. Shu bilan birga sahnada ruy berayotgan voqyeani va sahnaning barcha joyini tomoshabin yaxshi ko‘ra oladi.
Ommaviy teatrlashtirilgan tadbir sahnalashtirish kengligi va insoniy gavda mutanosibligini bog‘lash totganda maydon qurish burchagini chegaralab, uning dikqatini maydondagi tomoshabinlarga burish va boshqalar zarur.
Bulardan tashqari, teatrcha texnik imkoniyatlarga (aylanuvchi sax­na, plunjerli sistemaga asoslangan ko‘tariluvchi shtanketlar, parda va boshqalar) ega bo‘lgan teatr binosida rejissyor va rassom o‘sha sharoitga moslashadilar. Va bor bo‘lgan vositalarni ishlatadidar. Ommaviy tadbir sahpalashtirilayotganda esa uning turiga va harakat joyiga qarab sah­naviy makonni turli usullarda yechish mumkin. Harakat joyini bir joydan boshka joyga kuchirish maqsadida juda ko‘p katta va kichik maydondan iborat maxsus sahnalar kurish mumkin. Xdgto simultan dekoratsiya usuliga xos, bir-biridan ma'lum uzoqlikda joylashtirilgan bir nechta sahnalar qurish mumkin. Bu o‘rinda tomoshabinlar u joy­dan bu joyga o‘tib yurishadi; joyida turgan (yoki o‘tirgan) tomoshabin oldidan o‘tadigan, harakatlanuvchi sahna - platformalardan foydala­nish mumkin.
Ommaviy tadbirga ketadigan katta xarajatlarni va sarflangan mablag‘larni qoplay olmasligini nazarda tutib (chunki bunday tadbirlar bir marta namoyish etiladi, tadbirga chiptalar sotilmaydi, balki tarqatiladi), saxna bezagi iloji boricha arzon va ixcham bulishi kerak. Lekin, baribir u bir tomondan kizikdrli mizanssenalar yaratish imkonini beradigan konstruktiv bulishi, ikkinchi tomondan, yuqorila aytganimizdek, rejissyorga mavzuni ochishga, tomoshabinga tezrok tushunishga yordam beradigan, simvolik va obrazli (ifodali) bo‘lishi kerak.
Madaniy tadbirda maydonni loyihalashtirayotgan rassom sahnaga tushadi. Saxnaviy dinamik yukni xam nazarda tutishi zarur. Qadam tashlayotgan yoki raqs tushayotgan bir necha ming terilgan temiryul kuprigini ham qimirlatib, qulatib yuboradi. Odamlar bezakning vertikal bulaklariga shamolning ta'sirini, himoya qilish va boshka narsalarni nazarda tutish lozim.
Rassom sahna planshetining (yuzi) axvolini ham uylashlari, o‘yingoh maydoni bo‘lsa, o‘sib chiqqan o‘t-o‘lanlarning barchasini yulib tashlashlikning oldini olish; mabodo maydon asfalt yoki matodan iborat bulsa, raqsga tushish imkoniyatini yaratish, umuman, "ommaviy tadbirning texnik xavfsizligini ta'minlash katta axamiyatga egadir.
Agar xarakat ochiq maydonda bo‘laetgan bo‘lsa, nurli, proeksion va
ovozni kuchaytiruvchi apparaturalarga energiya manbalarini qaerdan olish kerak? Bunday xolatda kuchli tok kabeli tortish (qaerdan, masofa qancha?), maxsus mashinalardan (lixtvagen, tonvagenlar) foydalanish, kuchma di­zel elektr stansiyalarini ishlatish kerak, ya'ni bularning hammasini rejissyor va rassom oldindan o‘ylab kurishi zarur. Projektor, kinoappa­rat, dinamiklarni qanday qilib joylashtirish va o‘rnatish mumkin?
Ommaviy tadbirning yana bitta uziga xos -bezakni imkon boricha arzonlashtirish xususiyati mavjud. Ochiq paradoks, tadbir yorqin, ulug‘­vor, ifodali va shu bilan birga qimmat bo‘lmasligi zarur. Shuning uchun rassom keyinchalik ishlatish mumkin bo‘lgan bezakning tayyor bulaklaridan imkon boricha foydalanishi zarur, ya'ni tayyor teatr stanoklari, shirmalar, zinapoyalar, yuk avtomashinasi pritseplari va xokazolardan foydalanadi. Turli xil sahnaviy maydonlarni, badiiy fon devorlarini, yoritish minoralarini loyihalashtirishda xamma biladigan va effektli material — bu oddiy taxta - yog‘ochdir. Yogoch -taxta elemenglaridan, xuddi bolalarning konstruktor o‘yinchog‘i kabi amal­da istagan shaklni yig‘ish mumkin.
Ba'zida, tayyor detallardan xar xil kurinishda joylashtirilgan, parallel xatti-xarakatga imkoniyat yaratib beruvchi, kurama (kombina- siyalangan) katta saxnani loyixalashtirish mumkin.
Saxnaviy maydonni loyixalashtirayotgan rassom va rejissyor kup sonli ishtirokchilarning tez paydo bulish va chiqib ketish imkoniya­tini, shuningdek, nomerlar almashinuvining yengil va dinamikligi xisobga olishi zarur. Ko‘p hollarda bizga tanish sahna, ya'ni parda, kulislar ishlatiladi. Bular yengil xarakatlanuv- kulislar, shirmalar (V. E. Meyerxold uylab topgan) yoki bir xil kiyimdagi ishtirokchilar, ramka oldidan olib o‘tiladigan katta bayroqlar bo‘lishi mumkin. Yana nurli, suvli o‘rinli pardalardan ham foydalanish mumkin. Bularning xammasi almashtirishni sezdirmaslik uchun ishlatiladi.
" Atrofdagi muhit"ni yaratishda tomoshabinni joylashtirish muammosini ham oldindan o‘ylab qo‘yish zarur. Tomoshabinni qanday joylash, ular turishadimi, o‘tirishadimi yoki ko‘chib yurishadimi: tiqilinchsiz, ur-yiqitsiz ularni qanday qilib xarakat joyiga tez olib kirib, tez olib chiqib ketish kerak? Xarakatlanish trassasi (yo‘li)ni uylab chiqish, maxsus belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish - bularning hammasi ommaviy tadbir rejissyori va rassomi xamkorligining o‘ziga xos xususiyatidir. Tadbir atmosferasiga aralashuvining boshlanishi xisoblangan, taklifnomadan boshlab harakatlanish jadvalini va trans port to‘xtash joyini muvofiklashtirishgacha ommaviy tadbir rejissyori va rassomining vazifasiga kiradi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin