379
Jamg‘arilgan eskirishni qayta hisoblash yoki
chegirib tashlashda yuzaga
keladigan tuzatish summasi balans qiymatining qo‘payishi
yoki kamayi-shining
bir qismini tashkil etadi hamda 39 va 40 bandlarga muvofiq hisobga olinadi.
5.2-masala.
2017 yilning 1 yanvarida Triiks kompaniyasi asosiy vosita sotib oldi.Uning
dastlabki
qiymati 100 sh.b., foydalanish muddati-5 yil. 31.12.2017 y
sanasiga asosiy vositaning
bozor qiymati professional baholovchining hisobotiga ko‘ra 90 sh.b. ga teng.
Foydali
xizmat kilish muddati qayta ko‘rib chiqilmadi.
Misolning yechimi
1.Proporsional usul
a) 31.12.2017 y sanasiga asosiy vositaga 20 sh.b. eskirish hisoblangan.
100 sh.b. : 5 yil q 20 sh.b.
b) qayta baholashgacha obektning qoldiq qiymati 80 sh.b. ( 100 – 20 )
v) qayta baholash koeffitsiyenti 1,125 ( 90 sh.b.:80 sh.b.) ga teng
Shunga ko‘ra
Asosiy vosita boshlang‘ich qiymatining qayta baholash koeffitsiyentiga tuzatilgan
summasi
100 sh.b. x 1,125 – 100 sh.b. q 12,5 sh.b.
Asosiy vosita eskirish qiymatining qayta baholash koeffitsiyentiga tuzatilgan summasi
20 sh.b. x 1,125 – 20 sh.b. q 2,5 sh.b.
Dt Asosiy vosita 12,5
Kt Asosiy vositaning eskirishi 2,5
Kt Asosiy vositani qayta baholash bo‘yicha rezerv 10,0
Asosiy vositani “yangi” dastlabki qiymati va eski foydalanish muddatidan kelib chiqqan
holda 2015 yildan xarajatga olib boriladigan yangi eskirish summasi
112,5 : 5 yil q 22,5 sh.b.
2. Jamg‘arilgan eskirish summasini asosiy vosita qiymatiga hisobdan chiqarish usuli
qayta baHolash sanasiga jamg‘arilgan eskirish summasi asosiy vosita qiy-matiga
hisobdan chiqariladi
Dt Asosiy vositaning jamg‘arilgan eskirishi 20 sh.b
Kt Asosiy vosita 20 sh.b.
qoldiq qiymat ( 80 sh.b.) bozor bahosi ( 90 sh.b.) ga qadar ko‘tariladi
Dt Asosiy vosita 10 sh.b.
Kt Asosiy vositani qayta baholash bo‘yicha rezerv 10,0
2015 yildan asosiy vositaga qolgan foydalanish muddati (5-1q 4 yil)
asosida
hisoblanadigan eskirish summasi aniqlanadi
90 sh.b. : 4 yil q 22,5 sh.b.
5.3-masala.
2014 yilning 31 dekabr holatiga kompaniya balans qiymati 1 mln sh.b. bo‘lgan binoga
ega. Uning dastlabki qiymati 3 mln sh.b. va jamg‘arilgan eskirish summasi 2 mln sh.b.