5
SO’Z BOShI
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro hisob tizimi taraqqiy
ettirilishida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) muhim o’rin tutadi.
BHXSlar mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni, jumladan
iqtisodiy munosabatlarni
rivojlantirish va mamlakatlarda investitsion muhitni yaxshilashda muhim vosita
sifatida xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham kun sayin xalqaro standartlarni e’tirof
etuvchi mamlakatlar soni oshib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi ham BHXSga
o’tishning o’ziga xos yo’lini tanladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli
“Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv
uslublarini joriy etish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan, 2015-2018 yillarda barcha
aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr
etishi va Xalqaro audit
standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni
o’tkazishi va aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yilning 1 iyuliga
qadar aktsiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini
xalqaro standartlarga
muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlanishi lozimligi belgilangan.
Bundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21
dekabrdagi PQ-2454-sonli “Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga asosan,
aktsiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitaliga 15 foizdan kam bo’lmagan
miqdorda
xorijiy investorlarning ulushi jalb qilinishi lozimligi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, aktsiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy
hisobotni tuzish va taqdim etish moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari asosida
tuzilishiga to’g’ri keladi. Chunki, undan xorijiy investorlar aktsiyadorlik
jamiyatlarining moliyaviyviy hisobotlarini to’g’ridan to’g’ri tushunishiga va ishonch
hosil qilish lozimligiga erishadi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXSlar) –
bu Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha Kengashi (MHXSK) tomonidan
chiqarilgan standartlar va sharhlardir. Ular quyidagilarni qamrab oladi:
(a) Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari;
(b) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari.
Dostları ilə paylaş: