Standartlari


 Moliyaviy hisobotni transformatsiya bo’yicha tartibga solish



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
9.2. Moliyaviy hisobotni transformatsiya bo’yicha tartibga solish 
Xalqaro moliyaviy hisobotni taqdim qilish masalalari bevosita 1-son BHXS, 8-son 
BHXS va 7-son BHXSlarda ko’zda tutilgan. Bundan tashqari, 2.4-jadvalda 
ko’rsatilganidek, moliyaviy hisobotning alohida komponentlari va ayrim ob’ektlar 
to’g’risidagi axborotlarni tavsiflash masalalari 10, 30, 14, 26, 29, 34, 35, 15, 21, 24, 
33-sonli BHXSlarida ham yoritilgan.
1-son BHXS “Moliyaviy hisobotni taqdim qilish” standartida moliyaviy 
hisobotni taqdim qilishning umumiy qoidalari, hisobotlarning tarkibi va mazmuniga 
qo’yiladigan minimal talablar keltirilgan.
Ushbu standartning maqsadi korxonaning o’z moliyaviy hisobotining o’tgan 
davrlardagi moliyaviy hisobotiga hamda boshqa korxonalarning moliyaviy 
hisobotlariga taqqoslanuvchanligiga erishish uchun umumiy maqsadlardagi 
moliyaviy hisobotni taqdim qilishning negizini ta’min etish bo’lib hisoblanadi. 
Kompaniya rahbariyati har bir qo’llaniladigan BHXS va Interpritatsiya bo’yicha 
Doimiy Qo’mitaning interpritatsiyalari talablariga to’liq muvofiq holda hisob 
siyosatini ishlab chiqishi kerak.
BHXSlarida aniqlashlar bo’lmagan
 
va Interpritatsiyalar berilmagan hollarda 
rahbariyat hisob siyosatini ishlab chiqishda moliyaviy hisob foydalanuvchilari 
uchun foydali axborotlarni ta’min etishda o’zlarining mushohadalaridan kelib 
chiqadi. Ushbu mushohadalarni tayyorlashda korxona rahbariyati quyidagilardan 
kelib chiqadi: 
faoliyatning uzluksizligi; jamg’arilish; taqdim qilishning ketma-
ketligi; salmoqlilik; o’zaro qoplash va axborotlarning taqqoslanishligi kiritilgan. 
Moliyaviy hisobotning har bir komponenti aniq belgilanishi lozim

Moliyaviy 
hisobotning barcha shakllarida taqdim qilinayotgan axborotlarning etarli darajada 
tushunilishini ta’min etish maqsadida (5, 95-bet):
a) hisobot berayotgan kompaniyaning nomi yoki uning boshqa e’tirof etish 
belgilari; 
b) moliyaviy hisobot alohida mustaqil kompaniyani qamrab oladimi yoki 
kompaniyalar guruhini; 


252 
s) hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotning taalluqli komponentiga muvofiq 
kelishiga bog’liq holda moliyaviy hisobot qamrab olgan hisobot davri; 
d) hisobot davri; 
e) moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan raqamlarning aniqlik darajasi. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin