Standartlari


 MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1.5. MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini 
birinchi marta qo’llash” 
MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta 
qo’llash” nomli standartning maqsadi tadbirkorlik sub’ektining MHXSlar bo’yicha 
birinchi moliyaviy hisobotlari va ushbu hisobotlar qamrab olgan davrning bir qismi 
uchun oraliq moliyaviy hisobotlari: 
(a) 
foydalanuvchilar uchun shaffof va taqdim qilingan barcha davrlar uchun 
qiyoslanuvchan; 
(b) 
buxgalteriya 
hisobini 
moliyaviy 
hisobotning 
xalqaro 
standartlariga(MHXSlarga) muvofiq yuritish uchun munosib tayanch nuqtasi bo’lib 
xizmat qiladigan;
(v) 
undan olinadigan nafdan oshmaydigan xarajatlar sarflanib tayyorlanishi 
mumkin bo’lgan yuqori sifatli ma’lumotlarni o’z ichiga olishini ta’minlashdan 
iboratdir. 
Tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXSni:
(a) 
o’zining MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida; va 
(b) 
u tomonidan MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab 
olgan davrning bir qismi uchun MHXS 34 
“Oraliq moliyaviy hisobotlar” 
ga muvofiq 
taqdim qilinadigan hamma oraliq moliyaviy hisobotlariga nisbatan, agar shunday 
hisobotlari bo’lsa, qo’llashi kerak. 
Tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi 


22 
boshlang’ich hisobotida va uning MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari 
qamrab olgan hamma davrlarda bir xil hisob siyosatlarini qo’llashi kerak. 
Tadbirkorlik sub’ekti MHXSlarning oldinroq amalda bo’lgan boshqa tahrirlarini 
qo’llamasligi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti qo’llanilishi hali shart bo’lmagan yangi 
MHXSni ushbu MHXSni muddatidan oldin qo’llash ruxsat etilganida qo’llashi 
mumkin.
Boshqa belgilangan holatlardan tashqari hollarda, tadbirkorlik sub’ekti o’zining 
MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida:
(a) 
MHXSlar bo’yicha tan olinishi talab qilingan barcha aktivlar va 
majburiyatlarni tan olishi kerak; 
(b) 
MHXSlar tan olinishiga yo’l qo’ymadigan aktivlar va majburiyatlarni 
tan olmasligi kerak; 
(v) 
oldingi BHUTga ko’ra aktiv, majburiyat yoki kapitalning bitta turi 
sifatida tan olingan, lekin MHXSlarga muvofiq aktiv, majburiyat yoki kapitalning 
boshqa turi sifatida tan olingan moddalarni qayta tasniflamasligi kerak; va 
(g) 
barcha tan olingan aktivlar va majburiyatlarni baholashda MHXSlarni 
qo’llashi kerak. 
Tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi 
boshlang’ich hisobotida qo’llaydigan hisob siyosatlari u oldingi BHUT bo’yicha 
xuddi shu sanaga qo’llagan hisob siyosatlaridan farq qilishi mumkin. Buning 
natijasida yuzaga keladigan tuzatishlar MHXSlarga o’tish sanadan oldin ro’y 
beradigan operatsiya va hodisalar natijasida paydo bo’ladi. Shu bois, tadbirkorlik 
sub’ekti ushbu tuzatishlarni MHXSlarga o’tish sanasida to’g’ridan-to’g’ri 
taqsimlanmagan foydada (yoki, o’rinli bo’lsa, kapitalning boshqa toifasida) tan olishi 
kerak. 
Mazkur MHXS boshqa MHXSlarning ba’zi jihatlarini retrospektiv qo’llashni 
taqiqlaydi.
1- ta’qiq. Tadbirkorlik sub’ekti quyidagi istisnolarni qo’llashi kerak: 
(a) moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni hisobdan chiqarish; 
(b) xejni hisobga olish; 
(v) nazorat kuchiga ega bo’lmagan ulushlar; 
(g) moliyaviy aktivlarning taniflanishi va baholanishi; 
(d) singdirilgan derivativlar; va 
(e) davlat zayomlari. 
2- ta’qiq. MHXS ning bir qancha talablaridan ozod bo’lish. Tadbirkorlik 
sub’ekti bir yoki bir qancha ozod bo’lishni tanlashi mumkin.
(a) Biznes birlashuvlari bo’yicha istisno holatlar
Tadbirkorlik sub’ekti quyidagi bir yoki undan ortiq istisnolardan foydalanishga 
qaror qilishi mumkin:
(a) aktsiyaga asoslangan to’lovlar bo’yicha operatsiyalar; 
(b) sug’urta shartnomalari; 
(v) shartli tannarx; 
(g) ijara; 
(e) hisobotni bir valyutadan boshqasiga o’tkazish bo’yicha yig’ilgan farqlar;



23 
Misol: MHXSlarning eng oxirgi tahririni izchil ravishda qo’llash bo’yicha 
dastlabki ma’lumotlar:
“A” tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha birinchi hisobot davrining oxiri 
2015 y 31 dekabrga to’g’ri keladi. “A” tadbirkorlik sub’ekti ushbu moliyaviy 
hisobotlaridagi qiyoslanadigan ma’lumotlarni faqat bir yil uchun taqdim qilishga 
qaror qildi. Shuning uchun, uning MHXSlarga o’tish sanasi 2014 y 1 yanvarda ish 
kuni boshiga (yoki, ekvivalent ravishda, 2013 y 31 dekabrda ish kuni oxiriga) to’g’ri 
keladi. “A” tadbirkorlik sub’ekti o’zining moliyaviy hisobotlarini 31 dekabrda 
yakunlanadigan va 2014 y 31 dekabrgacha bo’lgan (shu jumladan 2014 y 31 dekabrni 
ham o’z ichiga olgan) har yili uchun uning oldingi Buxgalteriya hisobining 
umumqabul qilingan Talablarni qo’llash A” tadbirkorlik sub’ekti 2015 y 31 dekabrda 
tugaydigan davrlar uchun amalda bo’lgan (kuchga kirgan) MHXSlarni quyidagilarga 
nisbatan qo’llashi lozim: 
(a) 
2014 y 1 yanvar holatiga MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi 
boshlang’ich hisobotni tayyorlashda va taqdim qilishda; va 
(b) 
2015 y 31 dekabr holatiga moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotni 
(shuningdek 2014 y uchun qiyoslanadigan ma’lumotlarni), 2015 y 31 dekabrda 
yakunlangan yil uchun umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotni, kapitaldagi 
o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotni va pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni
(shuningdek 2014 y uchun qiyoslanadigan ma’lumotlarni) hamda ochib beriladigan 
ma’lumotlarni (shuningdek 2014 y uchun qiyoslanadigan ma’lumotlarni) 
tayyorlashda va taqdim qilishda. 
Agar yangi MHXSning qo’llanishi shart bo’lmasa, lekin muddatidan oldin 
qo’llanishiga ruxsat etilsa, “A” tadbirkorlik sub’ektiga ushbu MHXSni uning MHXS 
bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida qo’llash ruxsat etiladi, lekin talab 
qilinmaydi.tamoyillariga (BHUTga) muvofiq taqdim qilgan. 
(j) sho’ba tadbirkorlik sub’ekti, qaram tadbirkorlik sub’ekti va qo’shma 
korxonalarga investitsiyalar; 
(z) sho’ba tadbirkorlik sub’ektlari, qaram tadbirkorlik sub’ektlari va qo’shma 
korxonalarning aktivlari va majburiyatlari; 
(i) murakkab moliyaviy instrumentlar; 
(y) oldin tan olingan moliyaviy instrumentlarni belgilash; 
(k) moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlarni dastlab tan olishda 
ularning haqqoniy qiymatlari bo’yicha baholash; 
(l) ob’ektlarni foydalanishdan chiqarishga tegishli bo’lgan va asosiy 
vositalarning tannarxiga kiritilgan majburiyatlar; 
(m) MHXSShQ 12 “Xizmat ko’rsatish bo’yicha kontsession shartnomalar” ga 
ko’ra hisobga olingan moliyaviy aktivlar yoki nomoddiy aktivlar; 
(n) qarzlar bo’yicha xarajatlar; 
(o) xaridorlardan aktivlarni o’tkazish; 
(p) moliyaviy majburiyatlarni ularning o’rniga ulushli instrumentlarni berish 
orqali so’ndirish; 
(r) kuchli giperinflyatsiya; 
(s) birgalikdagi faoliyat bo’yicha kelishuvlar; va 


24 
(t) konni ochiq usulda qazish bosqichidagi tozalash xarajatlari. 
Tadbirkorlik sub’ekti ushbu istisnolarni o’xshashlik asosida boshqa 
moddalarga nisbatan qo’llamasligi kerak. 
(a) MHXS 9 bo’yicha qiyosiy ma’lumotlarni qayta hisoblash talabidan istisno;
(b) moliyaviy instrumentlar to’g’risida ochib beriladigan ma’lumotlar;
(v) xodimlarning daromadlari ; 
(g) investitsion tadbirkorlik sub’ektlari. 
Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan MHXSlarga o’tish sanasida MHXSlarga 
muvofiq qilingan taxminiy baholashlari ushbu sanada oldingi BHUTlarga muvofiq 
qilingan taxminiy baholashlariga (hisob siyosatlaridagi farqlarni aks ettirish uchun 
tuzatishlar kiritilganidan keyin) mos kelishi kerak, agar bu taxminiy baholashlar 
noto’g’ri ekanligiga ob’ektiv dalil bo’lmasa. 
Tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari 
kamida uchta moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotni, ikkita foyda yoki zarar va 
boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotni, ikkita alohida foyda yoki zarar 
to’g’risidagi hisobotni (agar taqdim qilinadigan bo’lsa), ikkita pul oqimlari 
to’g’risidagi hisobotni va ikkita kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotni 
hamda tegishli izohlarni, shu jumladan hamma taqdim qilinadigan hisobotlarga 
qiyoslanadigan ma’lumotlarni, o’z ichiga olishi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti oldingi BHUTlardan MHXSlarga o’tish uning hisobotida 
ko’rsatilgan moliyaviy holati, faoliyatining moliyaviy natijalari va pul oqimlariga 
qanday ta’sir o’tkazganini tushuntirishi kerak. 
MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari quyidagilarni o’z ichiga olishi 
kerak:
(a) quyidagi sanalarning ikkalasi uchun ham hisobotlarda oldingi BHUTlarga 
mos ravishda aks ettirilgan kapital bilan MHXSlar talablariga muvofiq bo’lgan 
kapital o’rtasidagi solishtirmani: 

MHXSlarga o’tish sanasi; va 

tadbirkorlik sub’ektining oldingi BHUTlarga mos bo’lgan oxirgi yillik 
moliyaviy hisoboti taqdim qilingan eng so’nggi davrning oxiri. 
(b) tadbirkorlik sub’ektining oxirgi yillik moliyaviy hisobotlari qamrab olgan 
eng so’nggi davr uchun MHXSlarga muvofiq bo’lgan jami umumlashgan 
daromadning solishtirmasi. Bunday solishtirma aynan o’sha davr uchun oldingi 
BHUTlarga muvofiq shakllangan jami umumlashgan daromaddan, yoki, tadbirkorlik 
sub’ekti bunday jami umumlashgan daromadni oldin hisobotlarda ko’rsatmagan 
bo’lsa, oldingi BHUTlarga muvofiq shakllangan foyda yoki zarardan boshlanishi 
kerak. 
(v) agar tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha moliyaviy holat 
to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida qadrsizlanishdan olingan zarar birinchi marta 
tan olingan yoki qayta tiklangan bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti tomonidan MHXSlarga 
o’tish sanasidan boshlanadigan davrda ushbu qadrsizlanishdan olingan zarar tan 
olingan yoki qayta tiklanganida MHXS 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” bilan ochib 
berilishi talab qilingan ma’lumotlarni. 
Agar tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha moliyaviy holat 


25 
to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida asosiy vositalar, investitsion mulk yoki 
nomoddiy aktivning haqqoniy qiymatini ularning 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin