Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
Kontseptual asos
da keltirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlarning 
ta’riflariga va tan olish mezonlariga muvofiq haqqoniy taqdim etishni talab etadi. 
MHXSlarni, zarur bo’lganda qo’shimcha ma’lumotlarni oshkor etish bilan birga, 
qo’llash haqqoniy taqdim etishni ta’minlaydigan moliyaviy hisobotlarga olib keladi 
deb ko’zda tutiladi. 
Moliyaviy hisobotlari MHXSlarga muvofiq bo’lgan xo’jalik sub’ekti izohlarda 
bunday muvofiqlikni aniq va shartsiz ta’kidlashi lozim. Moliyaviy hisobotlar 
MHXSlarning barcha talablariga muvofiq bo’lmaguncha, xo’jalik sub’ekti ularni 
MHXSlarga muvofiq deb ta’kidlamasligi lozim. 
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash paytida, rahbariyat xo’jalik sub’ekti 
faoliyatini uzluksiz davom etishi qobiliyatini baholashi lozim. Qachonki rahbariyat 
xo’jalik sub’ektining faoliyatini tugatishni yoki savdoni to’xtatishni mo’ljallayotgan 
bo’lmasa yoki bunday choralarni amalga oshirishdan boshqa amaliy muqobil choralar 
mavjud bo’lmagan holat yuzaga kelmasa, xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni 
faoliyatning uzluksizligi asosida tayyorlashi lozim. Agar rahbariyat, baholashni 
amalga oshirayotganda, xo’jalik sub’ekti faoliyatini uzluksiz davom etishi qobiliyati 
to’g’risida ahamiyatli shubha to’g’dirishi mumkin bo’lgan hodisalar yoki 
sharoitlarga tegishli ahamiyatli noaniqliklardan xabardor bo’lsa, xo’jalik sub’ekti 
ushbu noaniqliklarni oshkor etishi lozim. Agar xo’jalik sub’ekti moliyaviy 
hisobotlarni faoliyatning uzluksizligi asosida tayyorlamasa, u ushbu faktni, moliyaviy 
hisobotlar qaysi asosda tayyorlanganligini hamda xo’jalik sub’ekti faoliyatning 
uzluksizligini ta’minlay olmaydi deb hisoblanishining sababi bilan birga, oshkor 
etishi lozim.
Xo’jalik sub’ekti o’zining, pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlaridan tashqari, 
moliyaviy hisobotlarini buxgalteriya hisobining hisoblash usuli asosida tayyorlashi 
lozim.
Buxgalteriya hisobining hisoblash usuli qo’llanilganda, xo’jalik sub’ekti 
moddalarni aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlar (moliyaviy 
hisobotlar elementlarini) sifatida tan oladi, qachonki ular Kontseptual asosda 
keltirilgan ushbu elementlarning ta’riflariga va tan olish mezonlariga to’g’ri kelsa.
Xo’jalik sub’ekti o’xshash moddalarning har bir ahamiyatli turkumini alohida 
taqdim etishi lozim. Bir biridan farq qiladiganli xususiyatga yoki vazifaga ega 
bo’lgan moddalarni, ular ahamiyatsiz bo’lmasa, xo’jalik sub’ekti alohida taqdim 
etishi lozim. 
6
M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. 
p.167-168.


31 
Moliyaviy hisobotlar o’z xususiyatiga yoki funktsiyasiga ko’ra turkumlarga 
birlashtiriladigan katta hajmdagi operatsiyalar yoki boshqa hodisalarni qayta ishlash 
natijasida yuzaga keladi. Birlashtirish va tasniflash jarayonining oxirgi bosqichi 
yig’ilgan va tasniflangan ma’lumotlarni taqdim etish hisoblanib, u moliyaviy 
hisobotlarning satrlarida aks ettiriladigan moddalarini shakllantiradi. Agar satrdagi 
modda alohida olinganda ahamiyatli bo’lmasa, u ushbu hisobotlarda yoki izohlarda 
boshqa moddalar bilan birlashtiriladi. Ushbu hisobotlarda alohida satrda aks ettirish 
uchun yetarli darajada ahamiyatli bo’lmagan modda, izohlarda alohida aks ettirilishi 
muhim bo’lishi mumkin. 
MHXS da talab etilmaguncha yoki ruxsat etilmaguncha, xo’jalik sub’ekti 
aktivlar bilan majburiyatlarni yoki daromadlar bilan xarajatlarni o’zaro hisob-kitob 
qilmasligi lozim. 
Xo’jalik sub’ekti aktivlar bilan majburiyatlarni ham daromadlar bilan 
xarajatlarni ham alohida aks ettiradi. O’zaro hisob-kitob qilish operatsiyaning yoki 
boshqa hodisaning mohiyatini aks ettiradigan holatdan tashqari, foyda yoki zarar va 
boshqa 
umumlashtirilgan 
daromadlar 
yoki 
moliyaviy 
holat 
to’g’risidagi 
hisobot(lar)da o’zaro hisob-kitob qilish foydalanuvchilarning sodir bo’lgan 
operatsiyalar, boshqa hodisalar va sharoitlarni tushunish hamda xo’jalik sub’ektining 
kelgusi pul oqimlarini baholash qobiliyatini susaytiradi.
Xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarning (jumladan qiyosiy ma’lumotni) 
to’liq to’plamini kamida yillik asosda taqdim etishi lozim. 
Odatda, xo’jalik sub’ekti bir me’yorda bir yillik davr uchun moliyaviy 
hisobotlarni tayyorlaydi. Biroq, amaliy sabablar tufayli, ayrim xo’jalik sub’ektlari, 
masalan, 52-haftalik davr uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etishni afzal 
ko’radilar. Mazkur Standart ushbu amaliyotni taqiqlamaydi. 
Xo’jalik sub’ekti bir davrdan keyingi davrga moliyaviy hisobotlardagi 
moddalarni aks ettirishni yoki tasniflashni o’zgartirmasdan qoldirishi lozim, bunda: 
(a) 
xo’jalik sub’ekti faoliyati xususiyatining ahamiyatli o’zgarishi yoki 
uning moliyaviy hisobotlarini qayta ko’rib chiqish natijasida, MHXS 8 dagi hisob 
siyosatlarini tanlash va qo’llash uchun mezonlarni inobatga olgan holda boshqa 
taqdimot yoki tasniflash o’rinliroq bo’lishi mumkinligi ochiq namoyon 
bo’lmaguncha; yoki 
(b) 
MHXS taqdimotda o’zgarishni talab etmaguncha. 
Xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni aniq belgilashi va aynan bir xil chop 
etilgan hujjatdagi boshqa ma’lumotlardan farqlashi lozim. 
MHXSlar faqatgina moliyaviy hisobotlarga nisbatan qo’llanilib, yillik 
hisobotda taqdim etilgan boshqa ma’lumotlarga, me’yoriy ma’lumotlarga, yoki 
boshqa hujjatga nisbatan zaruriy tarzda qo’llanilmaydi. Shu tufayli, foydalanuvchilar 
MHXSlarga asosan tayyorlanadigan ma’lumotlarni foydalanuvchilar uchun foydali 
bo’lishi mumkin bo’lgan ammo ushbu talablar ostida bo’lmagan boshqa 
ma’lumotlardan farqlay olishi muhimdir. 
Xo’jalik sub’ekti har bir moliyaviy hisobotni va izohlarni aniq belgilashi lozim. 
Shu bilan birga, xo’jalik sub’ekti quyidagi ma’lumotlarni aniq ajratib ko’rsatishi va 
ularni taqdim etilgan ma’lumotlar tushunarli bo’lishi uchun zarur bo’lganda 


32 
takrorlashi lozim: 
(a) Hisobot beradigan xo’jalik sub’ektining nomi yoki aniqlashning boshqa 
usullari va oldin keladigan hisobot davri oxiridan boshlab ushbu ma’lumotdagi har 
qanday o’zgarish; 
(b) moliyaviy hisobotlar alohida xo’jalik sub’ektiga yoki xo’jalik sub’ektlari 
guruhiga tegishliligi; 
(v) hisobot davri oxirining sanasi yoki moliyaviy hisobotlar to’plami yoki 
izohlar qamrab olgan davr; 
(g) MHXS 21 da ta’riflanganidek taqdimot valyutasi;
(d) moliyaviy hisobotlarda miqdorlarni taqdim etishda foydalanilgan 
yaxlitlash darajasi. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin