51
BHXS 1 quyidagi holatlarda oshkor etilishi talab qilinadigan ma’lumotlarni
belgilaydi:
(a)
moliyaviy hisobotlar faoliyat uzluksizligi asosida tayyorlanmagan
bo’lganida; yoki
(b)
xo’jalik sub’ektining rahbariyati faoliyat uzluksizligi
faraziga jiddiy
shubha uyg’otishi mumkin bo’lgan hodisalar yoki vaziyatlarga aloqador bo’lgan
ahamiyatli noaniqliklardan xabardor bo’lganida. Oshkor etilishini talab etuvchi
hodisalar yoki vaziyatlar hisobot davridan keyin yuzaga kelishi mumkin.
Xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasini
hamda bu kim tomonidan tasdiqlanganligi haqida ma’lumotni oshkor qilishi
kerak.Agar xo’jalik sub’ektining mulk egalari yoki boshqa tomonlar moliyaviy
hisobotlar e’lon qilinganidan keyin ularga o’zgartirishlar kiritish vakolatlariga ega
bo’lsa, xo’jalik sub’ekti bu faktni oshkor etishi kerak.
Hisobot davri oxiridagi shart-sharoitlar to’g’risidagi
oshkor qilinadigan
ma’lumotlarni yangilash
Agar xo’jalik sub’ekti hisobot davri tugaganidan keyin hisobot davri oxirida
mavjud bo’lgan shart-sharoitlar to’g’risidagi ma’lumotni qo’lga kiritsa, u ushbu
shart-sharoitlarga tegishli oshkor qilingan ma’lumotlarni yangi ma’lumotga tayangan
holda o’zgartirishi kerak.
Agar tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hisobot davridan keyingi
hodisalar ahamiyatli bo’lsa, ular to’g’risida ma’lumotlarni oshkor etmaslik
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotlar asosida
qabul qilinadigan iqtisodiy
qarorlariga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun ham, xo’jalik sub’ekti
tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hisobot davridan keyingi hodisalarning har
bir ahamiyatli toifasi bo’yicha quyidagilarni oshkor etishi kerak:
(a)
hodisaning tabiati; va
(b)
uning moliyaviy ta’sirini tahminan baholash , yoki bunday tahminiy
baholashning imkoni yo’qligini ta’kidlash.
Quyida oshkor etilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar
taqdim etilishiga sabab
bo’luvchi tuzatishlar kiritilishi talab etilmaydigan hisobot davridan keyingi
hodisalarga misollar keltirilgan:
(a)
Hisobot davridan keyin amalga oshgan yirik biznes birlashuvi (MHXS 3
“
Biznes birlashuvlari”
bunday holatlarda muayyan ma’lumotlar oshkor etilishini
talab etadi) yoki yirik sho’’ba xo’jalik sub’ektining chiqib ketishi;
(b)
faoliyatni to’xtatish rejasini e’lon qilish;
(v)
aktivlarni katta summada sotib olish, MHXS 5 “
Sotish uchun
mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va to’xtatilgan faoliyat”
ga muvofiq sotish
uchun mo’ljallangan
aktivlarning tasniflanishi, aktivlarning boshqacha yo’llar bilan
chiqib ketishi yoki davlat tomonidan yirik aktivlarning musodara qilinishi;
(g)
hisobot davridan keyin yirik ishlab chiqarish zavodining yong’in
natijasida vayron bo’lishi;
(d)
yirik restrukturizatsiya rejasini e’lon qilish yoki uni amalga oshirishni
boshlash (BHXS 37 ga qarang);
(e)
Hisobot davridan keyin oddiy va potentsial oddiy aktsiyalar bilan
52
amalaga oshirilgan yirik operatsiyalar (BHXS 33 «
Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan
foyda»
xo’jalik sub’ektidan bunday operatsiyalarning tavsifini oshkor etishni talab
etadi, lekin bunday operatsiyalarga BHXS 33 ga muvofiq tuzatishlar kiritilishi
kerak
bo’lgan kapitalizatsiya yoki aktsiyalarni imtiyozli shartlarda chiqarish, aktsiyalar
bo’linishi yoki aktsiyalarni yaxlitlashni o’z ichiga oladigan operatsiyalar
kiritilmaydi);
(j) hisobot davridan keyin aktivlar narxlari yoki valyuta ayriboshlash
kurslaridagi g’ayrioddiy darajada katta o’zgarishlar;
(z)
joriy va muddati kechiktirilgan soliq aktivlari
va majburiyatlariga katta
ta’sir qiladigan, hisobot davridan keyin soliq stavkasi yoki amaldagi soliq
qonunchiligidagi o’zgarishlar (MHXS 12 «
Daromad soliqlari»
ga qarang);
(i) Katta majburiyatlar yoki shartli majburiyatlarni olish, masalan, katta
summadagi kafolat xatlarini chiqarish orqali; va
(k)
Faqat hisobot davridan keyingi hodisalardan
kelib chiqqan yirik sud
jarayonining boshlanishi.
Dostları ilə paylaş: