43
tasniflanishi lozim.
Daromad soliqlari natijasida kelib chiqadigan pul oqimlari alohida ko’rsatilishi
va operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlari sifatida tasniflanishi lozim,
agar ular
moliyaviy va investitsion faoliyatlariga mahsus bog’liq bo’lmasa.
Qaram xo’jalik jamiyati, qo’shma korxonasi yoki shu’balarga qilingan
investitsiyalar hisobi ulush bo’yicha hisobga olish usuli yoki tannarx bo’yicha
hisobga olish usulini qo’llagan holda olib borilsa, investor pul oqimlari to’g’risidagi
hisobotda faqat uning o’zi va investitsiya ob’ekti o’rtasidagi pul oqimlarini,
masalan
dividendlar va bo’naklarni, ko’rsatishi bilan chegaralanadi.
Xo’jalik sub’ekti, hisobot davri davomida, umumiy summada, shu’ba xo’jalik
sub’ektlari yoki boshqa korxonalarda nazoratni qo’lga kiritish hamda yo’qotish
bo’yicha quyidagilarning har birini oshkor etishi lozim:
(a)
investitsiya uchun umumiy to’langan yoki olingan tovon;
(b)
ushbu tovonning pul mablag’lari va pul ekvivalentlaridan tashkil topgan
qismi;
(v)
nazorati qo’lga kiritilgan yoki yo’qotilgan shu’ba xo’jalik sub’ektlari
yoki boshqa korxonalaridagi pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari summasi; va
(g)
nazorati qo’lga kiritilgan yoki yo’qotilgan shu’ba xo’jalik sub’ektlari
yoki boshqa korxonalaridagi pul mablag’lari va ularning ekvivalentlaridan tashqari
aktivlar va majburitlar summasi, asosiy toifalari bo’yicha jamlangan holda.
Pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlaridan foydalanishni taqozo
etmaydigan investitsion va moliyaviy operatsiyalar pul oqimlari to’g’risidagi
hisobotda aks ettirilmaydi. Bunday operatsiyalar moliyaviy
hisobotlarning boshqa
joyida ushbu investitsion va moliyaviy faoliyatlar to’g’risida barcha tegishli
ma’lumotlarni aks ettiradigan tarzda oshkor etilishi lozim.
Xo’jalik sub’ekti pul va pul ekvivalentlarining tarkibiy qismlarini oshkor etishi
va pul oqimlari to’g’risidagi hisobotidagi summalarning moliyaviy holat to’g’risidagi
hisobotda aks ettirilgan ekvivalent moddalari bilan solishtirmasini taqdim etishi
lozim.
Xo’jalik sub’ekti rahbariyat
izohlari bilan birgalikda, xo’jalik sub’ektida
mavjud bo’lgan, ammo guruh tomonidan foydalanish imkoni bo’lmagan katta
miqdordagi pul mablag’lari va pul ekvivalentlari summasini oshkor etishi lozim.
Dostları ilə paylaş: