Standartlari


 BHXS (IAS) 8 “Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

2.3. BHXS (IAS) 8 “Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi 
o’zgarishlar va xatolar”
BHXS (IAS) 8 “Hisob siyosatlari, buxgalteriya hisobi maqsadida 
baholashlardagi o’zgarishlar va xatolar” nomli standartning maqsadi hisob siyosatini 
tanlash va o’zgartirish uchun mezonlarni o’rnatish hamda hisob siyosatidagi 
o’zgarishlar, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashlardagi o’zgarishlar va xatolarni 
tuzatishni hisobga olish tartibini va ularga tegishli oshkor qilinadigan ma’lumotni 
belgilashdan iboratdir. Ushbu Standart xo’jalik sub’ektining moliyaviy hisobotlarida 
aks ettirilgan axborotning o’rinliligi va ishonchliligi hamda bu moliyaviy 
hisobotlarining davrlaro va boshqa xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy hisobotlari 
bilan qiyosiyligini oshirishga qaratilgan. 


44 
Mazkur Standart hisob siyosatini tanlashda va qo’llashda, shuningdek hisob 
siyosatidagi 
o’zgarishlarni, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashlardagi 
o’zgarishlarni va oldingi davr xatolarini tuzatishni hisobga olishda qo’llanilishi kerak. 
Oldingi davr xatolarini tuzatishning va hisob siyosatidagi o’zgarishlarni 
qo’llash uchun qilingan retrospektiv tuzatishlarning soliqlarga bo’lgan ta’siri MHXS 
12 “Daromad soliqlari”ga muvofiq hisobga olinadi va oshkor etiladi. 
Qandaydir MHXS operatsiyaga, boshqa hodisaga yoki sharoitga aniq tegishli 
bo’lganida, unga nisbatan qo’llaniladigan hisob siyosati yoki siyosatlari ushbu 
MHXSni qo’llash bilan aniqlanishi kerak. 
Operatsiya, boshqa hodisa yoki sharoitga aniq tegishli bo’lgan MHXS mavjud 
bo’lmaganida, xo’jalik sub’ektining rahbariyati qo’yidagi xususiyatlarga ega bo’lgan 
axborotni shakllantiradigan hisob siyosatini ishlab chiqish va qo’llashda o’z hukmini 
chiqarishi kerak:
(a) 
foydalanuvchilarning iqtisodiy qarorlarni qabul qilish bilan bog’liq 
talablari uchun o’rinli bo’lgan; va 
(b) 
moliyaviy hisobotlar quyidagilarni ta’minlagani tufayli ishonchli 
bo’lgan: 

xo’jalik sub’ektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul 
oqimlarini ishonchli ko’rsatadi; 

operatsiyalar, boshqa hodisalar va sharoitlarning nafaqat yuridik shakli, 
balki iqtisodiy mohiyatini aks ettiradi; 

betaraf, ya’ni xolis; 

ehtiyotkor; va 

hamma ahamiyatli tomondan to’liq. 
Yuqorida qayd qilinganidek hukm chiqarishda, rahbariyat quyidagi manbalarga 
qarashi va ularning qo’llanilishi mumkinligini pasayib boruvchi tartibda ko’rib 
chiqishi kerak:
(a) 
MHXSlarda shunga o’xshash yoki bog’liq masalalarga tegishli talablar; 
(b) Kontseptual asoc
 
keltirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlarning 
ta’riflari, tan olish mezonlari va baholash kontseptsiyalari.
Hukm chiqarishda, rahbariyat, shuningdek, standartlarni o’rnatadigan va 
buxgalteriya hisobi bo’yicha standartlarni ishlab chiqishda o’xshash kontseptual 
asosdan, boshqa buxgalterlik adabiyotlardan va ushbu sohada qabul qilingan 
amaliyotlardan foydalanadigan boshqa idoralar tomonidan eng so’nggi chiqarilgan 
standart tusidagi hujjatlarni e’tiborga olishi mumkin. 
Xo’jalik sub’ekti o’xshash operatsiyalar, boshqa hodisalar va sharoitlarga 
tegishli hisob siyosatlarini izchil ravishda tanlashi va qo’llashi kerak, agar qandaydir 
MHXS moddalarning har xil hisob siyosatlari to’g’ri kelishi mumkin bo’lgan 
toifalarga bo’linishini alohida talab etmasa yoki ruxsat etmasa. Agar qandaydir 
MHXS moddalarning bunday toifalarga bo’linishini talab etsa yoki ruxsat etsa, 
bunday har bir toifaga tegishli bo’lgan hisob siyosati izchil ravishda tanlanishi va 
qo’llanilishi kerak. 
Xo’jalik sub’ekti hisob siyosatini faqat qo’yidagi hollarda o’zgartirishi kerak:
(a) 
agar o’zgartirish MHXS tomonidan talab etilsa; yoki 


45 
(b) 
agar o’zgartirishning natijasida moliyaviy hisobotlarda xo’jalik 
sub’ektining moliyaviy holatiga, moliyaviy natijalariga yoki pul oqimlariga 
operatsiyalarning, boshqa hodisalarning va sharoitlarning ta’siri to’g’risida ishonchli 
va o’rinliroq ma’lumotlar aks ettirilsa. 
Quyidagilar hisob siyosatidagi o’zgarish bo’lib hisoblanmaydi:
(a) 
oldin sodir bo’lgan operatsiyalar, boshqa hodisalar yoki sharoitlardan 
mohiyati bo’yicha farqlanadigan operatsiyalar, boshqa hodisalar yoki sharoitlarga 
nisbatan qandaydir hisob siyosatini qo’llash; va 
(b) 
oldin sodir bo’lmagan yoki ahamiyatsiz darajadagi bo’lgan operatsiyalar, 
boshqa hodisalar yoki sharoitlarga nisbatan yangi hisob siyosatini qo’llash. 
MHXS 16 “Asosiy vositalar” yoki MHXS 38 “Nomoddiy aktivlar”ga muvofiq 
aktivlarni qayta baholash siyosatini birinchi marta qo’llash – mazkur standartga 
muvofiq emas, balki MHXS 16 yoki MHXS 38ga muvofiq qayta baholash sifatida 
qaraladigan hisob siyosatidagi o’zgarish bo’lib hisoblanadi.
Istisno holatlarini hisobga olgan holda:
(a) 
xo’jalik sub’ekti qandaydir MHXSni birinchi marta qo’llashi natijasida 
yuzaga keladigan hisob siyosatidagi o’zgarishni ushbu MHXSda belgilangan, agar 
belgilangan bo’lsa, maxsus o’tish qoidalariga muvofiq hisobga olishi kerak; va 
(b) 
agar qandaydir MHXSda qilinayotgan o’zgarishga tegishli bo’lgan 
maxsus o’tish qoidalari belgilanmagan bo’lib, xo’jalik sub’ekti ushbu MHXSni 
birinchi marta qo’llash paytida hisob siyosatini o’zgartirsa, yoki u hisob siyosatini 
ihtiyoriy ravishda o’zgartirsa, bunda ushbu xo’jalik sub’ekti hisob siyosatidagi 
o’zgarishlarni retrospektiv tarzda qo’llashi kerak.
Istisno holatlarini hisobga olgan holda, hisob siyosatidagi o’zgarish 
retrospektiv tarzda qo’llanilganida, xo’jalik sub’ekti taqdim qilingan oldingi 
davrlarning eng dastlabki davri uchun ushbu o’zgarish ta’sir qilgan kapitaldagi 
tarkibiy qismlarning boshlang’ich qoldiqlariga va har bitta taqdim qilingan oldingi 
davr uchun oshkor qilingan boshqa qiyosiy ma’lumotlarga, xuddi yangi hisob siyosati 
hamma vaqt qo’llanilganidek qilib, tuzatish kiritishi kerak.
Hisob siyosatidagi o’zgarish retrospektiv tarzda qo’llanilishi kerak, bundan 
o’zgarishning biror-bir davrga tegishli ta’sirini yoki yig’ilgan ta’sirini aniqlashni 
amaliy iloji yo’q bo’lgan holatlar istisno.
Hisob siyosatidagi o’zgarishning taqdim qilingan bir yoki undan ortiq oldingi 
davrlar uchun qiyosiy ma’lumotga nisbatan biror-bir davrga tegishli bo’lgan ta’sirini 
aniqlashni amaliy iloji yo’q bo’lganida, xo’jalik sub’ekti yangi hisob siyosatini 
retrospektiv qo’llashni amaliy iloji bo’lgan davrlardan eng birinchi davri, bu joriy 
davr ham bo’lishi mumkin, boshiga bo’lgan aktivlar va majburiyatlarning balans 
qiymatiga nisbatan qo’llashi kerak, hamda ushbu davrdagi kapitalning ta’sir qilingan 
har qanday tarkibiy qismining boshlang’ich qoldig’iga tegishli tuzatish kiritishi 
lozim. 
Joriy davrning boshida yangi hisob siyosatini hamma oldingi davrlarga 
nisbatan qo’llashning yig’ilgan ta’sirini aniqlashni amaliy iloji bo’lmasa, xo’jalik 
sub’ekti yangi hisob siyosatini qo’llashni amaliy iloji paydo bo’lgan eng dastlabki 
sanadan boshlab istiqbolli qo’llash maqsadida, qiyosiy ma’lumotlarga tuzatish 


46 
kiritishi kerak. 
Qandaydir MHXSni birinchi marta qo’llash joriy davrga va har qanday oldingi 
davrga ta’sir qilganida, yoki ushbu davrga ta’sir qilishi mumkin bo’lganida, yoki 
kelgusi davrlarga ta’sir qilishi mumkin bo’lganida, bundan tuzatish summasini 
aniqlashni amaliy iloji yo’q bo’lgan holatlar istisno, xo’jalik sub’ekti quyidagilarni 
oshkor etishi kerak:
(a) 
ushbu MHXSning nomi; 
(b) 
o’rinli bo’lsa, hisob siyosatidagi o’zgarish ushbu standartning o’tish 
qoidalariga muvofiq amalga oshirilganligi; 
(v) 
hisob siyosatidagi o’zgarishning xususiyati; 
(g) 
tegishli bo’lganda, o’tish qoidalarining tavsifi; 
(d) 
tegishli bo’lganda, kelgusi davrlarga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan o’tish 
qoidalari; 
(e) 
joriy davr va har bir taqdim etilgan oldingi davr uchun, iloji boricha, 
quyidagilar bo’yicha tuzatish summasi: 

moliyaviy hisobotning ta’sir ko’rsatilgan har qanday moddasi; va 

agar MHXS 33 “

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin