Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda”
ushbu xo’jalik 
sub’ektiga tegishli bo’lsa, bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan bazaviy va kamaytirilgan 
foyda; 
(j) 
iloji boricha, taqdim qilingan davrlardan oldingi davrlarga tegishli 
bo’lgan tuzatish summasi.
Keyingi davrlarning moliyaviy hisobotlarida yuqorida qayd etilgan 
ma’lumotlarni qaytadan oshkor etish shart emas. 
Hisob siyosatiga ixtiyoriy ravishda o’zgartirish kiritish joriy davrga yoki har 
qanday oldingi davrga ta’sir qilganida, ushbu davrga ta’sir qilishi mumkin 
bo’lganida, bundan tuzatish summasini aniqlashni amaliy iloji yo’q bo’lgan holatlar 
istisno, yoki kelgusi davrlarga ta’sir qilishi mumkin bo’lganida, xo’jalik sub’ekti 
quyidagilarni oshkor etishi kerak:
(a) 
hisob siyosatidagi o’zgarishning xususiyati; 
(b) 
yangi hisob siyosatini qo’llash natijasida ishonchli va o’rinliroq axborot 
ta’minlanishining sabablari; 
(v) 
iloji boricha, joriy davr va taqdim qilingan har qanday oldingi davr 
uchun quyidagilar bo’yicha tuzatish summasi: 

moliyaviy hisobotning ta’sir ko’rsatilgan har qanday moddasi; va 

agar MHXS 33 “
Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda”
ushbu xo’jalik 
sub’ektiga tegishli bo’lsa, bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan bazaviy va kamaytirilgan 
foyda; 
(g) 
iloji boricha, taqdim qilingan davrlardan oldingi davrlarga tegishli 
bo’lgan tuzatish summasi; va 
(d) 
agar retrospektiv qo’llashni biror oldingi davr uchun yoki taqdim 
qilingan davrlardan oldingi davrlar uchun amalga oshirishni amaliy iloji bo’lmasa, 
bunday vaziyat bo’lishiga olib kelgan sharoitlar va hisob siyosatidagi o’zgarish 
qachondan boshlab va qanday qilib qo’llanilganligining tavsifi. 
Keyingi davrlarning moliyaviy hisobotlarida yuqorida qayd etilgan 


47 
ma’lumotlarni qaytadan oshkor etish shart emas. 
Xo’jalik sub’ekti yangi chiqarilgan, ammo haligacha kuchga kirmagan 
MHXSni qo’llamagan bo’lsa, xo’jalik sub’ekti quyidagilarni oshkor etishi lozim:
(a) 
ushbu faktni o’zini; va 
(b) 
ushbu yangi MHXSni birinchi marta qo’llashning xo’jalik sub’ektining 
moliyaviy hisobotlariga mumkin bo’lgan ta’sirini baholash uchun ma’lum bo’lgan 
yoki oqilona ravishda baholanishi mumkin bo’lgan o’rinli ma’lumotlar.
Tadbirkorlik faoliyatiga xos bo’lgan noaniqliklar mavjud bo’lishi natijasida, 
moliyaviy hisobotlardagi ko’pgina moddalar aniq baholana olmaydi va faqat 
taxminiy baholanishi mumkin. Taxminiy baholashlar eng so’nggi ishonchli axborotga 
tayangan holda hukm chiqarishni qamrab oladi. Masalan, quyidagilarni taxminiy 
baholash zarur bo’lishi mumkin:
(a) 
umidsiz qarzlar; 
(b) 
tovar-moddiy zaxiralarning qadrsizlanishi; 
(v) 
moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlarning haqqoniy qiymati; 
(g) 
eskiradigan 
aktivlarning 
foydali 
xizmat 
muddati 
yoki 
ularda 
mujassamlangan kelgusi iqtisodiy naf qay tarzda olinishi; va 
(d) 
kafolat majburiyatlari. 
Buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi o’zgarishning ta’siri, bunda
 
uni 
quyidagi davr foydasi yoki zararida aks ettirish orqali istiqbolli ravishda tan olinishi 
kerak: 
(a) 
o’zgarish ro’y bergan davr, agar o’zgarish faqat ushbu davrga ta’sir 
qilsa; yoki 
(b) 
o’zgarish ro’y bergan davr va kelgusi davrlar, agar o’zgarish ikkalasiga 
ham ta’sir qiladigan bo’lsa. 
Buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi o’zgarish qay darajada aktivlar va 
majburiyatlarning o’zgarishini keltirib chiqarsa, yoki kapitalning qandaydir 
moddasiga tegishli bo’lsa, u tegishli bo’lgan aktivlarning, majburiyatlarning yoki 
kapital moddasining balans qiymatini tuzatish yo’li bilan o’zgarish ro’y bergan 
davrda tan olinishi kerak.
Xo’jalik sub’ekti joriy davrga ta’sir qiladigan yoki kelgusi davrlarga ta’sir 
qilishi kutilayotgan buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi o’zgarishning 
xususiyatini va summasini oshkor etishi kerak, bundan kelgusi davrlarga bo’lgan 
ta’sirini, ushbu ta’sirni baholashni amaliy iloji yo’q bo’lganida, oshkor etish istisno.
Agar kelgusi davrlarga bo’lgan ta’sir summasi, ushbu ta’sirni baholashni 
amaliy iloji yo’q bo’lgani tufayli, oshkor etilmasa, xo’jalik sub’ekti ushbu faktni 
oshkor etishi lozim. 
Xo’jalik sub’ekti oldingi davrlardagi ahamiyatli xatolarni, ular topilganidan 
keyin chiqarilishi ruxsat etilgan moliyaviy hisobotlarning birinchi to’plamida, 
retrospektiv tarzda quyidagicha tuzatishi lozim:
(a) 
xato paydo bo’lgan, taqdim etilgan oldingi davr(lar) uchun qiyosiy 
ma’lumotlarni qayta hisoblash yo’li bilan;
(b) 
agar xato taqdim etilgan oldingi davrlarning eng daslabki davridan oldin 
yuzaga kelgan bo’lsa, oldingi taqdim etilgan davrlarning eng daslabki davridagi 


48 
aktivlar, majburiyatlar va kapitalning boshlang’ich qoldiqlarini qayta hisoblash yo’li 
bilan. 
Oldingi davr xatosi retrospektiv qayta hisoblash yo’li bilan tuzatilishi kerak, 
bundan xatoning biror-bir davrga tegishli ta’sirini yoki yig’ilgan ta’sirini aniqlashni 
amaliy iloji yo’q bo’lgan holatlar istisno. 
Xatoning taqdim qilingan bir yoki undan ortiq oldingi davrlar uchun qiyosiy 
ma’lumotga nisbatan biror-bir davrga tegishli bo’lgan ta’sirini aniqlashni amaliy iloji 
bo’lmaganida, xo’jalik sub’ekti retrospektiv qayta hisoblashni amaliy iloji bo’lgan 
davrlardan eng birinchi davridagi (bu joriy davr ham bo’lishi mumkin) aktivlarning, 
majburiyatlarning va kapitalning boshlang’ich qoldiqlarini qayta hisoblashi lozim. 
Joriy davrning boshida xatoning hamma oldingi davrlarga bo’lgan yig’ilgan 
ta’sirini aniqlashni amaliy iloji bo’lmaganida, xo’jalik sub’ekti qayta hisoblashni 
amaliy iloji paydo bo’lgan eng dastlabki sanadan boshlab xatoni istiqbolli ravishda 
tuzatish maqsadida qiyosiy ma’lumotlarni qayta hisoblashi kerak. 
Xo’jalik sub’ekti quyidagilarni oshkor etadi:
(a) 
oldingi davrdagi xatoning xususiyati; 
(b) 
taqdim qilingan har bir oldingi davr uchun, amaliy iloji boricha, 
tuzatishning quyidagilar bo’yicha summasi: 

moliyaviy hisobotning ta’sir ko’rsatilgan har qanday moddasi; va 

agar MHXS 33 “
Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda”
ushbu xo’jalik 
sub’ektiga tegishli bo’lsa, bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan bazaviy va kamaytirilgan 
foyda; 
(v) 
taqdim qilingan oldingi davrlardan eng dastlabki davr boshiga 
tuzatishning summasi; va 
(g) 
agar retrospektiv qayta hisoblashni biror oldingi davr uchun amalga 
oshirishni amaliy iloji bo’lmasa, bunday vaziyat bo’lishiga olib kelgan sharoitlar va 
xato qachondan boshlab va qanday qilib tuzatilganligining tavsifi. 
Keyingi davrlarning moliyaviy hisobotlarida yuqorida qayd etilgan 
ma’lumotlarni qaytadan oshkor etish shart emas. 
Ba’zi vaziyatlarda, joriy davr bilan qiyosiylikka erishish uchun bir yoki undan 
ortiq davrlar uchun qiyosiy ma’lumotni tuzatishni amaliy iloji bo’lmaydi. Masalan, 
yangi hisob siyosatini retrospektiv qo’llash yoki oldingi davr xatosini tuzatish uchun 
retrospektiv qayta hisoblash imkoniyatini yaratadigan tarzda ma’lumotlar oldingi 
davrlarda yig’ilmagan bo’lishi mumkin, va bunday ma’lumotlarni qaytadan paydo 
qilishni amaliy iloji yo’q bo’lishi mumkin. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin