Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
 
 
 


57 
3- MAVZU. TUShUMLARNI HISOBGA OLUVChI 
STANDARTLARINING TAVSIFI 
 
3.1. BHXS (IAS) 11 “Qurilish shartnomalari” 
BHXS (IAS) 11 “Qurilish Shartnomalari” nomli standartning maqsadi qurilish 
shartnomalari bilan bog’liq daromadlar va harajatlarning buxgalteriya hisobini 
belgilashdan iboratdir. Qurilish shartnomalari asosida amalga oshiriladigan 
faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari tufayli shartnoma bo’yicha faoliyatning 
boshlanishi sanasi va tugashi sanasi odatda har xil hisobot davrlariga to’g’ri keladi. 
Shuning uchun, qurilish shartnomalarini hisobga olishning asosiy vazifasi shartnoma 
bo’yicha daromadlar va harajatlarni qurilish ishlari amalga oshiriladigan hisobot 
davrlarida to’g’ri taqsimlashdir. Qurilish shartnomasi bo’yicha daromadlar va 
harajatlar umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotda qachon tan olinishi 
kerakligini aniqlash uchun mazkur Standartda Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va 
taqdim etishning Kontseptual Asosi da belgilangan tan olish mezonlaridan 
foydalaniladi. Shuningdek, ushbu mezonlarning qo’llanishida amaliy yo’riqnomalar 
ham beriladi.
Ushbu Standartning talablari odatda har bir qurilish shartnomasiga alohida 
qo’llaniladi. Ammo, muayyan vaziyatlarda, ushbu Standartni shartnoma yoki 
shartnomalar guruhining mohiyatini aks ettirish maqsadida bitta shartnomaning 
alohida ajratiladigan qismlariga yoki shartnomalar guruhiga nisbatan qo’llash talab 
etiladi. 
Agar shartnoma bo’yicha bir qancha aktivlarning qo’rilishi ko’zda tutilsa, 
quyidagi hollarda har bir aktivning qurilishi alohida qurilish shartnomasi sifatida 
hisobga olinadi:
(a) 
har bir aktiv uchun alohida takliflar berilganida; 
(b) 
har bir aktivning qurilishi shartlari yuzasidan alohida muzokaralar olib 
borilgan, xamda pudratchi va buyurtmachi shartnomaning har bir aktivga tegishli 
bo’lgan qismini qabul qilish yoki rad etish imktniyatiga ega bo’lganida; va 
(v) 
har bir aktivga tegishli bo’lgan harajatlar va daromadlarni aniqlash 
mumkin bo’lganida. 
Shartnomalar guruhi, yagona buyurtmachi yoki bir qancha buyurtmachilar 
bilan tuzilganidan qat’iy nazar, quyidagi hollarda yagona shartnoma sifatida hisobga 
olinadi:
(a) 
shartnomalar guruhi yuzasidan yagona to’plam sifatida muzokaralar olib 
borilganida; 
(b) 
shartnomalar shunchalik bir biriga chambarchas bog’langan bo’lib, 
amalda ular umumiy foyda me’yoriga ega bo’lgan yagona loyihaning bir qismini 
tashkil qilganida; va 
(v) 
shartnomalar bir vaqtning o’zida yoki birin ketin amalga oshirilganida.
Shartnoma buyurtmachining istagiga ko’ra qo’shimcha aktivning 
qurilishini ko’zda tutishi mumkin, yoki qo’shimcha aktivning qurilishi uchun 
shartnomaga o’zgartirish kiritilishi mumkin. Qo’shimcha aktivning qurilishi quyidagi 
hollarda alohida qurilish shartnomasi sifatida hisobga olinishi kerak:


58 
(a) qo’shimcha aktiv dastlabki shartnomada ko’rsatilgan aktiv yoki aktivlardan 
o’zining loyihasi, texnologiyasi yoki vazifasi bilan jiddiy darajada farq qiladi; yoki 
(b) qo’shimcha aktivning narxi dastlabki shartnoma narxidan qat’iy nazar 
kelishiladi. 
Shartnoma bo’yicha daromadlar quyidagilardan tarkib topadi:
(a) shartnomada kelishilgan dastlabki summa; va 
(b) shartnomada ko’zda tutilgan ishlar o’zgarishidan olinadigan daromadlar, 
da’volar va rag’batlantirish summalari: 
- ular daromad olinishiga olib kelishi ehtimolligi bor darajada; va 
- ularni ishonchli baholash mumkin bo’lgan darajada. 
Shartnoma bo’yicha daromad, olingan yoki olinadigan tovonning haqqoniy 
qiymatida, baholanadi. Kelgusi hodisalarning natijasiga bog’liq bo’lgan turli 
noaniqliklar shartnoma bo’yicha daromadning baholanishiga ta’sir qiladi. Hodisalar 
ro’y berishi va noaniqliklar hal bo’lishi sari taxminiy baholashlar tez-tez qayta ko’rib 
chiqilishi talab etiladi. Shu bois ham, shartnoma bo’yicha daromadning summasi bir 
davrdan ikkinchi davrga o’tganda bir ko’payib bir kamayishi mumkin. Masalan:
(a) pudratchi va buyurtmachi shartnoma dastlabki tuzilganidan keyin keladigan 
davrda shartnoma bo’yicha daromadni ko’paytiradigan yoki kamaytiradigan 
o’zgarishlarni yoki da’volarni kelishib olishi mumkin; 
(b) narxi qat’iy belgilangan shartnomada kelishilgan daromadning summasi 
harajatlarning qayta ko’rib chiqilishi shartiga binoan ko’tarilishi mumkin; 
(v) shartnoma bo’yicha daromadning summasi shartnomani bajarish davomida 
pudratchining aybi bilan yo’l qo’yilgan kechiktirilishlar tufayli yuzaga kelgan 
jarimalar natijasida kamayishi mumkin; yoki 
(g) narxi qat’iy belgilangan shartnoma qurilish ishlarining birligi bo’yicha 
qat’iy belgilangan narxni ko’zda tutsa, shartnoma bo’yicha daromad ishlar 
birliklarining soni oshgani sari ko’payib boradi.
O’zgartirish - bu shartnoma bo’yicha bajariladigan ishlar ko’lamiga 
o’zgartirish kiritilishiga buyurtmachi tomonidan berilgan ko’rsatmadir. O’zgartirish
shartnoma bo’yicha daromadning o’sishi yoki kamayishiga olib kelishi mumkin. 
O’zgartirish misoli bo’lib shartnoma muddatini o’zgartirish yoki qurilish ob’ektiga 
qo’yiladigan texnik talablarni yoki uning loyihasini o’zgartirish xizmat qiladi.
O’zgartirish summasi quyidagi hollarda shartnoma bo’yicha daromadga kiritiladi:
(a) agar o’zgartirish va o’zgartirish natijasida yuzaga keluvchi daromad 
summasi buyurtmachi tomonidan tasdiqlanishi ehtimoli mavjud bo’lsa; va
(b) daromadning summasi ishonchli ravishda baholanishi mumkin bo’lsa. 
Da’volar bo’yicha daromadlar - bu shartnoma narxiga kiritilmagan 
xarajatlarning buyurtmachi yoki boshqa shaxs tomonidan qoplanishi sifatida 
pudratchi tomonidan olinishi kutilayotgan summa. Da’vo quyidagilar natijasida 
yuzaga kelishi mumkin: masalan, buyurtmachining aybi bilan yo’l qo’yilgan 
kechiktirishlar, qurilish ob’ektiga qo’yiladigan texnik talablardagi yoki uning 
loyihasidagi yo’l qo’yilgan xatolar, va shartnoma bo’yicha ishlarga tortishuvga sabab 
bo’ladigan o’zgartirishlarni kiritish. Da’volar natijasida yuzaga keluvchi daromad 
summasi yuqori darajadagi noaniqlik bilan baholanishi mumkin, va ko’pincha 


59 
muzokaralar natijasiga bog’liq. Shu bois, da’volar shartnomala bo’yicha 
daromadlarga faqat quyidagi hollarda kiritiladi:
(a) 
muzokaralar buyurtmachi tomonidan da’vo qabul qilinishini kutish 
mumkin darajasiga yetganida; va 
(b) 
buyurtmachi tomonidan qabul qilinishi mumkin bo’lgan summa 
ishonchli darajada baholanishi mumkin bo’lganda. 
Rag’batlantirish to’lovlari shartnomada belgilangan ishlarni bajarishning 
me’yoriy ko’rsatkichlariga erishilganda yoki oshirib bajarilganda pudratchiga 
to’lanadigan qo’shimcha summalardir. Masalan, pudratchiga shartnomani 
muddatidan oldin bajargani uchun rag’balantirish to’lovi amalga oshirilishi
shartnomada ko’zda tutilishi mumkin. Rag’batlantirish to’lovlari shartnoma bo’yicha 
daromadga quyidagi hollarda kiritiladi:
(a) shartnoma, unda belgilangan me’yoriy ko’rsatkichlarga erishilishi yoki 
ularning oshirib bajarilishini kutish mumkin bo’lgan, u bo’yicha ishlar tugallanishi 
darajasiga yetganida; va 
(b) rag’batlantirish to’lovi summasini ishonchli darajada baholash mumkin 
bo’lganda. 
Shartnoma bo’yicha xarajatlar quyidagilardan tarkib topadi:
(a) muayyan shartnoma bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlar; 
(b) shartnoma bo’yicha faoliyatga umuman taaluqli bo’lgan va shartnoma 
qiymatiga taqsimlanishi mumkin bo’lgan xarajatlar; va 
(v) shartnoma shartlari ostida buyurtmachi tomonidan alohida qoplanadigan 
kabi xarajatlar. 
Muayyan shartnoma bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlarga quyidagilar 
kiradi:
(a) qurilishga oid mexnat haqini to’lash bo’yicha xarajatlar, shu jumladan 
qurilish maydonini kuzatish xarajatlari; 
(b) qurilishda ishlatilgan xomashyo va materiallar; 
(v) shartnomani bajarishda foydalanilgan asosiy vositalarning eskirishi; 
(g) asosiy vositalarni va materiallarni qurilish maydoniga olib kelish va olib 
chiqish bo’yicha xarajatlar; 
(d) asosiy vositalarning ijarasi bo’yicha xarajatlar; 
(e) shartnoma bilan bevosita bog’liq bo’lgan konstruktorlik va texnik yordam 
bo’yicha xarajatlar; 
(j) kamchiliklarni yo’qotish va kafolatlangan ishlar hajmini bajarish bo’yicha 
taxminiy baholangan xarajatlar, shu jumladan kafolatlangan xizmat ko’rsatish 
bo’yicha kutilayotgan xarajatlar; va 
(z) uchinchi tomonlarning da’vo-e’tirozlari. 
Ushbu xarajatlar shartnoma bo’yicha daromadga kiritilmagan tasodifiy 
daromadlar olinishi natijasida kamayishi mumkin, masalan, ortiqcha materiallarni 
sotishdan olingan daromadlar yoki shartnoma muddati tugagach u bo’yicha 
foydalanilgan asosiy vositalarni sotishdan olingan daromadlar natijasida. 
Shartnoma bo’yicha faoliyatga umuman taaluqli bo’lgan va muayyan 
shartnoma qiymatiga taqsimlanishi mumkin bo’lgan xarajatlar quyidagilarni o’z 


60 
ichiga oladi:
(a) 
sug’urta xarajatlari; 
(b) 
muayyan shartnomaga bevosita tegishli bo’lmagan konstruktorlik va 
texnik yordam bo’yicha xarajatlar; va 
(v) 
qurilish bo’yicha ustama xarajatlari. 
Bunday xarajatlar sistematik va ratsional hamda o’xshash xususiyatlarga ega 
bo’lgan barcha xarajatlarga izchil ravishda qo’llaniladigan usullar yordamida 
taqsimlanadi. Xarajatlar qurilish ishlari bajarilishining normal sur’atlariga asoslangan 
holda taqsimlanadi. Qurilish bo’yicha ustama xarajatlari, masalan qurilish bo’yicha 
ishchilarga to’lanadigan ish haqini hisoblash va to’lov qaydnomalarini tayyorlashga 
oid xarajatlarni, o’z ichiga oladi. Shartnoma bo’yicha faoliyatga umuman taaluqli 
bo’lgan va muayyan shartnoma qiymatiga kiritilishi mumkin bo’lgan xarajatlar 
qarzlar bo’yicha xarajatlarni qamrab oladi. 
Shartnoma shartlari ostida buyurtmachi tomonidan alohida qoplanadigan 
xarajatlar shartnomada qoplanishi alohida belgilangan ba’zi umumiy ma’muriy 
xarajatlarni va tajriba-konstruktorlik xarajatlarini qamrab olishi mumkin. 
Shartnoma bo’yicha faoliyatga taaluqli bo’lmagan yoki muayyan shartnoma 
qiymatiga taqsimlab kiritib bo’lmaydigan xarajatlar qurilish shartnomasi bo’yicha 
xarajatlarga kiritilmaydi. Bunday xarajatlarni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
(a) qoplanishi shartnomada alohida belgilanmagan umumiy ma’muriy 
xarajatlar; 
(b) sotish bo’yicha xarajatlar; 
(v) qoplanishi shartnomada alohida belgilanmagan tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik xarajatlari; va 
(g) muayyan shartnomani bajarishda foydalanilmagan bekor turgan asosiy 
vosita. 
Shartnoma bo’yicha xarajatlar shartnoma tuzilishi kafolatlangan sanadan 
boshlab shartnomani to’liq bajarishgacha bo’lgan davrda shartnomaga tegishli 
bo’lgan xarajatlardan tarkib topadi. Biroq, shartnomaga bevosita bog’liq bo’lgan 
xarajatlar va shartnoma tuzilishini kafolatlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar ham 
shartnoma bo’yicha xarajatlarning bir qismi sifatida hisobga olinadi, agar ularni 
alohida ajratish va ishonchli darajada baholash mumkin bo’lsa hamda shartnoma 
tuzilishining ehtimoli mavjud bo’lsa. Shartnomani tuzish uchun amalga oshirilgan 
sarflar xarajatlar sifatida ular amalga oshirilgan davrda tan olinganida, ular keyingi 
davrda shartnoma tuzilganidan keyin shartnoma bo’yicha xarajatlarga kiritilmaydi. 
Qurilish shartnomasining natijasi ishonchli ravishda baholanishi mumkin 
bo’lganida, qurilish shartnomasi bilan bog’liq bo’lgan shartnoma daromadlari va 
xarajatlari hisobot davri oxiridagi shartnoma bo’yicha qurilish ishlarining tugallanishi 
darajasi (foizi)ga bog’liq ravishda daromadlar va xarajatlar sifatida tan olinishi kerak. 
Narxi qat’iy belgilangan qurilish shartnomasining natijasi quyidagi barcha 
shartlarga rioya etilganida ishonchli baholanishi mumkin:
(a) shartnoma 
bo’yicha jami daromad summasi ishonchli darajada 
baholanganida; 
(b) shartnoma bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan olinishi 


61 
ehtimoli mavjud bo’lganida; 
(v) shartnomani 
to’liq bajarish bo’yicha xarajatlarni va shartnoma 
bajarilishining hisobot davri oxiridagi darajasini ishonchli baholash mumkin bo’lsa; 
va 
(g) shartnomaga taaluqli bo’lgan xarajatlarni, shartnoma bo’yicha haqiqatda 
amalga oshirilgan xarajatlarni oldingi taxminiy baholashlar bilan taqqoslash mumkin 
bo’ladigan darajada, aniqlash va ishonchli baholash mumkin bo’lsa. 
“Xarajatlar plyus” shartnomasining natijasi quyidagi barcha shartlarga rioya 
etilganida ishonchli baholanishi mumkin:
(a) shartnoma bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan olinishi 
ehtimoli mavjud bo’lganida; va 
(b) shartnomaga taaluqli bo’lgan xarajatlarni, ular alohida qoplanishi yoki 
qoplanmasligidan qat’iy nazar, aniqlash va ishonchli baholash mumkin bo’lsa. 
Daromadlar va xarajatlarni shartnomaning tugallanishi darajasiga bog’liq 
ravishda tan olish tugallanish darajasi usuli deb yuritiladi. Bu usulga ko’ra shartnoma 
bo’yicha daromadlar shartnomaning ma’lum tugallanish darajasiga yetish uchun 
shartnoma bo’yicha amalga oshirilgan xarajatlar bilan solishtiriladi, buning 
natijasida qurilish ishlarining tugallangan qismiga tegishli bo’lishi mumkin bo’lgan 
daromadlar, xarajatlar va foyda mutanosib ravishda tan olinadi. Bu usul shartnoma 
bo’yicha qurilish ishlarining hajmi va faoliyat natijalari to’g’risida foydali ma’lumot 
ta’minlaydi. 
Tugallanish darajasi usuli qo’llanilganda shartnoma bo’yicha daromadlar 
qurilish ishlari bajarilgan hisobot davrlarida daromad sifatida foyda yoki zarar 
tarkibida tan olinadi. Shartnoma bo’yicha xarajatlar ular tegishli bo’lgan qurilish 
ishlari bajarilgan hisobot davrlarida xarajat sifatida foyda yoki zarar tarkibida, 
odatda, tan olinadi. 
Pudratchi tomonidan shartnoma bo’yicha kelgusi faoliyatga tegishli bo’lgan 
xarajatlar amalga oshirilgan bo’lshi mumkin. Bunday xarajatlar aktiv sifatida, agar 
ular qoplanishining ehtimoli mavjud bo’lsa, tan olinishi kerak. Bunday xarajatlar 
buyurtmachidan olinadigan summani ifoda qilib, ko’pincha tugallanmagan ishlab 
chiqarish (qurilish) sifatida tasniflanadi. 
Qurilish shartnomasining natijasi faqat shartnoma bilan bog’liq iqtisodiy naf 
tashkilot tomonidan olinishi ehtimoli mavjud bo’lganida ishonchli baholanishi 
mumkin. Biroq, shartnoma bo’yicha daromadga kiritilgan va foyda yoki zarar 
tarkibida tan olingan summaning olinishi shubha to’g’dirsa, olib bo’lmaydigan 
summa yoki olinishi ehtimoli bo’lmagan summa shartnoma bo’yicha daromadning 
tuzatilishi emas, balki xarajat sifatida tan olinishi kerak.
Tashkilot odatda shartnoma natijasini ishochli bahola oladi, agar u 
quyidagilarni aniq belgilaydigan shartnomaga kelishgan bo’lsa:
(a) 
qurilishi kerak bo’lgan aktiv (qurilish ob’ekti) bo’yicha har qaysi 
tomonning yuridik kuchga ega huquqlari; 
(b) 
qurilish ob’ekti evaziga olinadigan tovon; va 
(v) 
hisob-kitoblarning shakli va shartlari. 
Tashkilot uchun, shuningdek, samarali ichki moliyaviy rejalatirish va hisobot 


62 
tizimiga ega bo’lish muhimdir. Tashkilot, zarur bo’lganida, shartnoma bo’yicha 
baholangan daromadlar va xarajatlarni shartnoma bajarilishi sari qayta ko’rib chiqadi. 
Bunday qayta ko’rib chiqishlar zarurati mavjudligi shartnomaning natijasini ishonchli 
baholab bo’lmaydi degani emas. 
Shartnomaning tugallanishi darajasi bir nechta usullar bilan aniqlanishi 
mumkin. Tashkilot bajarilgan ishlarni ishonchli darajada baholaydigan usuldan 
foydalanadi. Shartnomaning xususiyatidan kelib chiqib, bu usullarga quyidagilar 
kiritilishi mumkin:
(a) shartnoma bo’yicha ma’lum sanagacha tugallangan ishlarga oid amalga 
oshirilgan xarajatlarning shartnoma bo’yicha jami baholangan xarajatlarga nisbatini 
aniqlash; 
(b) bajarilgan ishlarning nazorat o’lchovini o’tkazish; yoki
(v) shartnoma bo’yicha tugallangan ishlarning fizik ko’rsatkichlardagi 
tugallanish darajasini hisoblash. 
Buyurtmachilar tomonidan ishlar bajarilishi sari amalga oshiriladigan to’lovlar 
va olingan bo’naklar ko’pincha ish bajarilishi darajasini ko’rsatmaydi. 
Tugallanish darajasi ma’lum sanagacha amalga oshirilgan shartnoma 
xarajatlariga bog’liq ravishda aniqlanganida, shartnoma bo’yicha xarajatlarning 
tugallangan ishlarni aks ettiruvchi qismigina ushbu sanagacha amalga oshirilgan 
xarajatlarga kiritiladi. Ularga kiritilmaydigan xarajatlarning misollari quyidagicha:
(a) shartnoma bo’yicha kelgusi faoliyatga tegishli bo’lgan shartnoma 
xarajatlari, masalan qurilish maydoniga yetkazilgan yoki shartnoma bo’yicha 
foydalanish uchun olib qo’yilgan, lekin shartnomani bajarishda haligacha 
o’rnatilmagan, ishlatilmagan yoki foydalanilmagan materiallar bo’yicha xarajatlar, 
bundan shartnoma uchun maxsus tayyorlangan materiallar xarajatlari mustasno; va 
(b) ikkilamchi pudrat bo’yicha pudratchilarga ikkilamchi pudrat shartnomasi 
bo’yicha oldindan bajarilgan ishlar uchun amalga oshirilgan to’lovlar. 
Qurilish shartnomasining natijasini ishonchli darajada baholab bo’lmaganda:
(a) daromadlar, qoplanishi mumkin bo’lgan shartnoma xarajatlarining 
hajmidagina, tan olinishi kerak; va 
(b) shartnoma bo’yicha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrda xarajat sifatida 
tan olinishi kerak. 
Qurilish shartnomasi bo’yicha kutilayotgan zarar darhol xarajat sifatida tan 
olinishi kerak. 
Ko’pincha shartnoma bajarilishining ilk bosqichlarida shartnomaning natijasini 
ishonchli darajada baholab bo’lmaydi. Shunga qaramasdan, tashkilot shartnoma 
bo’yicha amalga oshiriladigan xarajatlarni qoplashi ehtimoli mavjud bo’lishi 
mumkin. Shuning uchun, shartnoma bo’yicha daromad qoplanishi kutilayotgan 
xarajatlarning qismidagina tan olinadi. Shartnomaning natijasini ishonchli darajada 
baholash mumkin bo’lmagani tufayli, foyda tan olinmaydi. Biroq, shartnomaning 
natijasini ishonchli baholash mumkin bo’lmasada, shartnoma bo’yicha jami xarajatlar 
shartnoma bo’yicha jami daromadlardan oshib ketishi ehtimoli mavjud bo’lishi 
mumkin. 
Qoplanishi ehtimoli bo’lmagan shartnoma xarajatlari darhol xarajatlari sifatida 


63 
tan olinishi kerak. Amalga oshirilgan shartnoma xarajatlarining qoplanishi ehtimoli 
bo’lmagan va bunday xarajatlar darhol xarajatlar sifatida tan olinishi kerak bo’lishi 
mumkin bo’lgan vaziyatlar misoliga quyidagi shartnomalar kiradi:
(a) ular to’liq yuridik kuchga ega emas, ya’ni ularning haqiqiyligi jiddiy 
shubha to’g’diradi; 
(b) ularning tugallanishi hal bo’lmagan sud ishi natijasiga yoki qonunchilikka 
bog’liq; 
(v) musodara yoki ekspropriatsiya qilinishi ehtimoli bor mulkka tegishli; 
(g) buyurtmachi o’z majburiyatlarini bajarishga qodir emas; yoki
(d) pudratchi sharnomani nihoyasiga yetkazish yoki shartnoma bo’yicha 
majburiyatlarni boshqacha qilib bajarishga qodir emas. 
Shartnoma bo’yicha jami xarajatlar shartnoma bo’yicha jami daromadlardan 
oshsa, kutilayotgan zarar darhol xarajat sifatida tan olinishi kerak. 
Bunday zararning summasi quyidagilardan qat’iy nazar aniqlanishi kerak:
(a) shartnoma bo’yicha ishlar boshlanganligi yoki boshlanmaganligi; 
(b) shartnoma bo’yicha ishlarning tugallanishi darajasi; yoki 
(v) qurilish shartnomasi sifatida hisobga olinmaydigan boshqa shartnomalar 
bo’yicha olinishi kutilayotgan foyda summasi. 
Tugallanish darajasi (foizi) usuli kumulyativ asosda shartnoma bo’yicha 
daromadlar va xarajatlarning joriy baholangan summalariga nisbatan har hisobot 
davrida qo’llaniladi. Shuning uchun, shartnoma bo’yicha daromadlar va 
xarajatlarning baholanishidagi o’zgarishlarning oqibatlari, yoki shartnoma natijasini 
baholashdagi o’zgarishning oqibati, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi 
o’zgarish kabi hisobga olinadi (BHXS 8 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin