Eskirish hisoblanadigan qiymat - bu aktivning tugatish qiymati
chegirilgandagi tannnarxi yoki tannarx o’rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatdir.
Eskirish hisoblanadigan qiymat – bu aktivning tugatish qiymati
chegirilgandagi tannnarxi yoki tannarx o’rniga aks ettiriladigan boshqa qiymatdir.
Investitsion mulk – bu ijaradan daromad olish maqsadida yoki kapitalning
qiymati qimmatlashishi uchun yoki ikkalasi uchun (mulk egasi yoki moliyaviy ijara
shartnomasi asosida ijara oluvchi tomonidan) egalik qilinayotgan mulk.
Kapital xarajatlar – bu sifatini yuksaltirish (improve quality) (betterments or
improvements); aktivlarning xizmat qilish muddatini uzaytirishga olib keladigan
(extent the life) sarflarga aytiladi.
Ma’lum talablarga javob beradigan aktiv - bu ko’zlangan foydalanish yoki
sotuv uchun tayyor bo’lishiga juda uzoq davrni zaruriy talab etadigan aktivdir.
Monetar aktivlar - bu egalikdagi pul mablag’lari va qat’iy belgilangan yoki
aniqlanadigan pul miqdorlarida olinadigan aktivlardir.
Mulk-mulk-egasi-egallagan mulk – bu (mulk egasi yoki moliyaviy ijara
shartnomasi asosida ijara oluvchi tomonidan) ishlab chiqarishda yoki tovarlar
yetkazib berish yoki xizmatlar ko’rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda
foydalaniladigan egalikdagi mulk.
Narxi qat’iy belgilangan shartnoma - qat’iy belgilangan narxga yoki qurilish
ishlarining birligiga qat’iy belgilangan stavkaga (bu stavka ba’zi hollarda xarajatlar
o’zgarishi sababli qayta ko’rib chiqiladi) pudratchi rozi bo’lgan qurilish
shartnomasidir.
Nomoddiy aktiv - bu moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan
aniqlanadigan nomonetar aktiv.
Nomoddiy aktivning tugatish qiymati - bu aktivning chiqib ketishi bo’yicha
293
baholangan harajatlar chegirilgan holda, tadbirkorlik sub’ekti ayni paytda xuddi aktiv
foydali xizmat muddati oxirida kutilgan muddati va holatida bo’lganidek aktivning
chiqib ketishidan oladigan baholangan qiymatidir.