Monetar moddalar - bu egalik qilinayotgan valyuta birliklari hamda valyuta
birliklarining o’zgarmas yoki aniqlanadigan summasida olinadigan yoki to’lanadigan
aktivlar va majburiyatlardir.
Muddati kechiktirilgan moliyaviy daromad – bu quyidagilar orasidagi farq:
ijaraga yalpi investitsiya va ijaraga sof investitsiya.
Operativ ijara – moliyaviy ijaradan tashqari boshqa hamma ijara kelishuvlari.
Oxirgi kurs - bu hisobot davri oxiridagi spot valyuta kursidir.
Shartli ijara – bu ijara to’lovlarining qat’iy belgilanmagan qismi bo’lib, u vaqt
o’tishi bilan emas, balki boshqa sabablarga ko’ra o’zgaradigan omilning kelgusi
summasiga bog’liq bo’ladi (masalan, kelgusi sotuvlarning foizi, kelgusi foydalanish
summasi, kelgusi narxlar indeksi, kelgusidagi bozor foiz stavkalari).
Soliqqa tortiladigan foyda – bu soliq organlari tomonidan belgilangan
qoidalarga muvofiq aniqlanadigan hisobot davri foydasi bo’lib, ushbu summaga
nisbatan foyda solig’ini to’lash amalga oshiriladi.
Spot valyuta kursi - bu tezda yetkazib berish bo’yicha valyuta kursidir.
Taqdim qilish valyutasi - bu moliyaviy hisobotlar taqdim etiladigan valyutadir.
Valyuta kursi - bu ikki valyuta uchun ayirboshlash koeffitsientidir.
Voz kechiladigan kreditlar - bu shunday kreditlarki, bunda kreditor ma’lum
belgilangan shartlar ostida ular bo’yicha to’lovni bekor qiladi.
Xorijdagi bo’linmaga sof investitsiya - bu hisobot beruvchi tashkilotning ushbu
faoliyatning sof aktivlaridagi ulushining summasidir.
Xorijiy valyuta - bu tashkilotning funktsional valyutasidan tashqari bo’lgan
valyutadir.
Dividendlar — ulushli investitsiyalarning egalariga ularning ayrim turdagi
kapitaldagi ulushiga mutanosib ravishda foydaning taqsimlanishi.
Royalti — Tashkilotga qarashli bo’lgan uzoq muddatli aktivlar, masalan
patentlar, savdo belgilari, avtorlik huquqlari va dasturiy ta’minotlardan foydalanilgani
uchun olinadigan haq; va